Tabiiy gazni qayta ishlashga tayyorlash jarayonlari tasnifi


Download 0.64 Mb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1022784
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-ma\'ruza(2)


Tabiiy gazni qayta ishlashga tayyorlash jarayonlari tasnifi
Reja:
  • Uglevodorod xomashyosini qayta ishlashga tayyorlash jarayonlarining asoslari.
  • Uglevodorod xomashyosini qayta ishlashga tayyorlash uskunalarining sinflanishi.
  • Uglevodorod xomashyosini qayta ishlashga tayyorlash jarayoni texnologik bayoni.
  • Past haroratda ajiratish jarayoni.
  • Past haroratda ajiratish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy omillar.


Tabiiy va yo’ldosh gazlarning tarkibi, metandan tashqari, uglevodorod birikmalarining butun majmuasini o'z ichiga oladi: etan, propan, butanlar, pentanlar va og'irroq uglevodorodlar.
Etan qimmatbaho gazkimyo xomashyosi hisoblanadi: uning katta qismi etilen ishlab chiqarish uchun pirolizga uchraydi, keyinchalik polietilen ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Propan va butanlar, shuningdek, piroliz jarayonida xom ashyo bo'lib, maishiy maqsadlarda, ichki yonuv dvigatellarida va neftgaz-kimyoni qayta ishlash uchun xom ashyo sifatida ham ishlatiladi.
Pentanlar motor yoqilg'isi va neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyoning ajralmas qismidir.
Ushbu uglevodorod komponentlarini tabiiy va yo’ldosh gazlardan olish uchun past haroratda ajiratish (benzinsizlantirish) texnologiyalari qo'llaniladi.
Benzinsizlantirish qurilmalarining mahsulotlari tozalangan quruq gaz (metan yoki metan + etan), yoqilg'i gazi (metan + etan + propan), detanizatsiyalangan beqaror gaz kondensati, yengil uglevodorodlarning YUKF (uglevodorod fraksiyasi C3+) yoki demetanizatsiyalangan beqaror gaz kondensati (uglevodorod fraksiyasi C2+).
Gazni benzinsizlantirish uchun to'rtta usul qo'llaniladi:
- uglevodorod komponentlarini past haroratda ajratish (PHS);
-uglevodorod komponentlarining past haroratli (PHK) kondensatsiyalash yoki past haroratli kondensatsiya va rektifikatsiyasi (PHKR);
- gazlarni absorbsion benzinsizlantirish jumladan, PHA;
- gazlarni adsorbsion benzinsizlantirish .
Uglevodorodlarni past haroratda ajratib olish
Past haroratli ajratish (PHA) -10 dan -25 ° C gacha bo'lgan haroratlarda gazni bir marta kondensatsiya qilish va hosil bo'lgan muvozanatli gaz va suyuqlik fazalarini ajratish jarayoni.
Xomashyo gazning tarkibida bir vaqtning o'zida barcha komponentlari mavjud bo’lib, ular suyuq faza asosan C3+ uglevodorodlardan, gaz fazasi esa metan va etandan iborat.
Past haroratda ajiratish qurilmasining texnologik sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Sxema bo'yicha xomashyo gaz (I) kirish separatori 1 ga kiradi, bu yerda gidratatsiya ingibitori birgalikda qatlam suvlari (VII) va kondensatsiyalangan gaz kondensati (VII) ajiratib olinadi.
Bundan tashqari, qisman ajratilgan gaz (VIII) regenerativ issiqlik almashtirgichlarda 2 va 3 sovutiladi va gaz drossel vinteli 4 orqali past haroratli separatorga 5 yuboriladi.
Gidrat hosil bo'lishining oldini olish uchun gaz oqimiga issiqlik almashtirgichlar (2 va 3) va drossel vinteli 4 larga kirishdan oldin glikol (monetilen glikol yoki DEG) yoki metanol (III) beriladi. Gaz drossel vinteli 4 dagi bosim farqi tufayli gaz harorati pasayadi. Drossel vinteli 4 o'rniga detander agregatidan foydalanish mumkin (gaz energiyasi bilan ishlaydigan mashina, gaz yuqori bosimda kelib detanderda bosim va haroratni pasayishi hisobiga harorati pasayadi).
Xomashyo gazining boshlang'ich bosimi past bo'lsa, issiqlik almashinuvchilaridan sovutilib keyin sovutish mashinalariga kiradi.
4-qurilmada sovutilgandan so'ng, gaz past haroratli separatorga 5 kiradi, bu yerda kondensatsiyalangan suyuq uglevodorodlar va gidrat hosil bo'lishi ingibitorining suvli eritmasi gaz oqimidan ajratiladi. Separator 5 da chiqqan kondensatsizlantrilgan gaz issiqlik almashinish uskunasi 2 ga sovuqligini berib, (II) magistral gaz quvuriga beriladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling