Tabiiy va iqtisodiy fanlar tavsifi


Download 329.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana11.01.2023
Hajmi329.73 Kb.
#1088234
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Fizika 7-sinf dastur 05.04.2022 63768

Masalalar yechish. Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga va fanlararo 
bog‘liqlikka doir masalalar yechish.
Suyuqlik va gazlarda bosimning uzatilishi. Paskal qonuni va uning 
qo‘llanilishi. Gidravlik press. 
Tinch holatdagi suyuqlik bosimi. Gidrostatik bosim. Tutash idishlar. Tutash 
idishlar va ularning amaliyotda qo‘llanilishi. Manometr. 
Masalalar yechish. Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga va fanlararo 
bog‘liqlikka doir masalalar yechish. 
 Atmosfera bosimi. Atmosferaning turli gazlardan tashkil topganligi. 
Atmosfera bosimi. Torrichelli tajribasi. Normal atmosfera bosimi. Aneroid-
barometr. Turli balandliklarda atmosfera bosimi.
Mexanik ish. Mexanik ish va uning birligi haqida tushuncha. 
Mexanik energiyaning turlari. Kinetik va potensial energiya haqida 
tushuncha. Energiyaning birligi. Energiya va ish. Energiyani saqlanish qonuni. 
Masalalar yechish. Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga va fanlararo 
bog‘liqlikka doir masalalar yechish. 
Mexanik quvvat va uning birligi. Quvvat va uning birligi haqida. 
Mexanizmlarning foydali ish koeffitsiyenti. 
Masalalar yechish. Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga va fanlararo 
bog‘liqlikka doir masalalar yechish. 
O‘quv loyiha ishi: Energiya – bu hayot manbayi. 
Namoyish tajribalari: 
1. Dinamometr bilan kuchni o‘lchash. 
2. Suyuqlik va gazlarda bosimning uzatilishini Paskal shari yordamida 


13 
kuzatish. 
3. Aneroid-barometr yordamida (sinfda) atmosfera bosimini o‘lchash. 
4. Suyuqlik ichidagi turli joylarda bosimning turlicha ekanligini kuzatish. 
Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar: 
Masshtabli chizg‘ich. O‘quv-laboratoriya tarozisi. Tutash idishlar. Menzurka, 
Bir xil hajmda va bir xil vazndagi yog‘och brusoklar to‘plami. Massasi aniq 
bo‘lgan yuklar to‘plami. Dinamometr. Suyuqlik ichidagi bosimni namoyish qilish 
asbobi. Aneroid-barometr. AR (AUGMENTED REALITY) texnologiyasidan va 
elektron ta’lim resurslaridan foydalanish.


Download 329.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling