65
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
V bob. DUNYONING GEOSIYOSIY TIZIMI VA GLOBAL MUAMMOLAR
(3 soat)
Dunyoning geosiyosiy tizimi va uning shakllanishi.
“Geosiyosat”
tushunchasining mohiyati va mazmuni. Davlatlarning
o‘zaro
geosiyosiy
munosabatlari haqida. Dunyo geosiyosiy tizimining shakllanish bosqichlari:
Vestfal davri, Vena davri, Versal davri, Potsdam davri va Belovej davri.
Jahondagi
zamonaviy
geosiyosiy
vaziyat.
Davlatlarning
integratsion uyushmalari. Dunyoning yetakchi geosiyosiy markazlari.
G‘arbiy va Sharqiy Yevropadagi geosiyosiy jarayonlar. Geosiyosiy
munosabatlarda
AQSH ning tutgan
o‘rni. Rossiyaning geosiyosiy
manfaatlari. Xitoyning geostrategik siyosati.
Yaqin Sharq davlatlarida
geosiyosiy vaziyat. Davlatlarning integratsion uyushmalari. Yevropa Ittifoqi.
Mustaqil davlatlar
hamdo‘stligi. Shanxay hamkorlik tashkiloti.
Loyiha darsi. Insoniyatning global muammolari. Insoniyatning
global muammolarining mohiyati va uning turlari haqida munozara. Tinchlik
va qurolsizlanish, yangi jahon urushining
oldini olish muammosi, eng sust
rivojlangan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy
qoloqligi va qashshoqlik
muammosi, oziq-ovqat muammosi,
energetika muammosi haqida
o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan taqdimotlarni tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: