Oqsillarning tarkibi,tuzilishi va biologik ahamiyati. Yuqorida ko`rsatganimizdek oqsillar tarkibiga uglerod, vodorod, kislorod, azot bo`lishi shart bo`lgan elementlardan tashqari oltingugurt, fosfor, temir, mis, rux va boshqa elementlar ham uchraydi. Oqsil molekulasidagi aminokislota qoldiqlarining soni 102-105 gacha bo`ladi. Oqsillarning nisbiy molekulyar massasi juda katta, yani; Mr=104-107 ga javob beradi. Masalan: tovuq tuxumi tarkibiga kiruvchi oqsilning nisbiy molekulyar massasi 36000 ga teng. Go`shtdan ajratilgan bir oqsilning nisbiy massasi 150000 ga, ba`zi oqsillarning nisbiy molyar massasi 300000 va undan ham yuqori bo‟ladi. Oqsillarning gidrolizi natijasida 20 dan ortiq aminokislota hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |