Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tushunchasi va belgilari


Download 174.5 Kb.
bet10/16
Sana05.02.2023
Hajmi174.5 Kb.
#1168467
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
2. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari

To‘liq shirkat ishtirokchilari javobgarligining solidar xususiyati shundan iboratki, bunda shirkatning kreditori mulkiy talabni shirkat ishtirokchilarining barchasiga yoki bo‘lmasa ularning istalgan biriga qo‘yishi mumkin.
To‘liq shirkatning ishlarini boshqarish barcha ishtirokchilarning o‘zaro kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Shirkatning ta’sis shartnomasida boshqa qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, shirkat faoliyati bilan bog‘liq masalalarni hal etishda har bir ishtirokchi bitta ovozga ega bo‘ladi, ya’ni ishtirokchilar ustav kapitaliga qancha hissa qo‘shganligidan qati’y nazar ular boshqaruvda tengdirlar.
S hirkatning ishtirokchisi undan o‘z erki bilan chiqib ketishi mumkin.
Cheklanmagan muddatga ta’sis etilgan to‘liq shirkatdan uning ishtirokchilarini o‘z xohishi bilan chiqib ketishini qonun man etmaydi. Ishtirokchi shirkatdan chiqib ketganligi to‘g‘risida hech kimga hisobot berishi shart emas, biroq u uch oy oldin bu haqida shirkatni xabardor qilishi lozim bo‘ladi. Agarda to‘liq shirkat muayyan muddatga tuzilgan bo‘lsa, ishtirokchini undan muddatidan avval chiqib ketishiga uzrli sabab bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi. Uzrli sabablar ro‘yxati esa ta’sis shartnomasida belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
To‘liq shirkatning ishtirokchilari yetarli asoslar mavjud bo‘lganda o‘z majburiyatlarini jiddiy ravishda buzayotgan hamda shirkat faoliyatida yetarli darajada ishtirok etmayotgan sheriklarni sud orqali uning tarkibidan chiqarib yuborishlari mumkin.
To‘liq shirkatning huquqiy holatining asosiy xususiyatlaridan biri shuki, undan chiqib ketayotgan ishtirokchilar chiqib ketayotgan yil uchun hisobot tasdiqlangan vaqtdan boshlab ikki yil ichida shirkatning majburiyatlari bo‘yicha boshqa ishtirokchilar bilan bir qatorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘lishadi.
Ulushni o‘tkazish yoki merosni qabul qilish tufayli to‘liq shirkatga qabul qilingan ishtirokchilar uning avvalgi majburiyatlari bo‘yicha boshqa ishtirokchilar bilan bir qatorda javobgar bo‘ladilar. To‘liq shirkat ta’sis etilganidan so‘ng unga a’zo bo‘lgan ishtirokchi faqatgina u sherik bo‘lib kirgan vaqtdan boshlab vujudga kelgan majburiyatlar uchun javobgar bo‘ladi.

Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling