Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tushunchasi va belgilari


X o‘jalik shirkatlari (to‘liq va kommandit shirkatlar)


Download 174.5 Kb.
bet9/16
Sana05.02.2023
Hajmi174.5 Kb.
#1168467
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
2. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari

X o‘jalik shirkatlari (to‘liq va kommandit shirkatlar)
A vvalambor, xo‘jalik shirkatining ustav kapitali xo‘jalik jamiyatining ustav kapitalidan iqtisodiy hamda huquqiy jihatlari bilan farqlanadi. Xo‘jalik shirkatida ustav kapitali uning ish faoliyatini boshlash uchun zarur bo‘lsa, xo‘jalik jamiyatida ustav kapitali uning kreditorlari oldidagi javobgarligining kafolatidir. Xo‘jalik shirkatining ustav kapitali uning ta’sis hujjatlari ro‘yxatga olish uchun berilgan vaqtda eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bo‘lmasligi zarur.
Qonun xo‘jalik shirkatining ustav fondini uning asosiy aktivlari bilan bevosita bog‘lab qo‘ygan. Agar shirkatning zarar ko‘rishi natijasida uning asosiy aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan kamayib ketsa, shirkat tomonidan olingan daromad uning a’zolari o‘rtasida taqsimlanmaydi. Asosiy aktivlarning qiymati ustav kapitali miqdoridan oshgandagina daromadlar uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin. Shirkat kreditorlari manfaatlarining asosiy kafolati uning ishtirokchilarining o‘zlariga tegishli bo‘lgan butun mol-mulklari bilan bo‘lgan javobgarligidir.
Xo‘jalik shirkati to‘liq shirkat bo‘lish uchun, uning ishtirokchilari o‘z o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari hamda uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli butun mol-mulki bilan javob berishlari lozim. To‘liq shirkatning holati ishtirokchilarning soni uncha ko‘p bo‘lmagan tijorat tashkilotlariga ko‘proq mos keladi. To‘liq shirkatda uning ishtirokchilarining soni cheklanmagan, biroq uni ta’sis etish uchun kamida ikki ishtirokchi bo‘lishi shart. Agarda qandaydir sabablar tufayli to‘liq shirkat faqatgina yagona ishtirokchidan iborat bo‘lib qolsa, mazkur holat yuz bergan vaqtdan boshlab olti oy muddat ichida mazkur to‘liq shirkatga yangi to‘liq sheriklar qabul qilinib, u saqlab qolinishi yoki unga hissa qo‘shuvchi a’zo topilib, u kommandit shirkatga aylantirilishi yoxud tugatilishi lozim. Mazkur holatda to‘liq shirkat yagona ishtirokchi bilan xo‘jalik jamiyatiga aylantirilishi mumkin. To‘liq shirkatni ta’sis etish xo‘jalik jamiyatini ta’sis etishdan ko‘ra birmuncha osonroqdir, ammo to‘liq shirkatning o‘ziga xos “kamchiligi” mavjud. Bu shirkat ishtirokchilarini shirkat majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli bo‘lgan butun mol-mulklari bilan solidar tarzda, subsidiar tarzda javobgar bo‘lishidir. Demak, to‘liq shirkatning qarzini qoplash uchun mol-mulki yetarli bo‘lmasa, undiruv shirkat ishtirokchilarining mulkiga qaratilishi mumkin. Xo‘jalik jamiyatlarida esa ishtirokchilar uning majburiyatlari bo‘yicha faqatgina ustav kapitaliga qo‘shgan hissalari qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.

Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling