Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tushunchasi va belgilari


Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar


Download 174.5 Kb.
bet8/16
Sana05.02.2023
Hajmi174.5 Kb.
#1168467
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
2. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari

Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar
H ozirgi davrda mamlakatimizda keng tarqalgan tadbirkorlik subyektlaridan biri tashkiliy-huquqiy shakli mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilayotgan yuridik shaxslardir.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. (Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risidagi qonunning 3-moddasi).
Mas’uliyati cheklangan jamiyat hozirda eng ko‘p tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik subyekti hisoblanadi. Nima uchun tadbirkorlar aynan ushbu yuridik shaxs shaklini tanlashyapti?
Avvalambor, mas’uliyati cheklangan jamiyatda:
– jamiyat muassislarning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas;
– jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar. Mazkur qoidaga ko‘ra kreditorlar o‘z hissasini to‘liq qo‘shmagan ishtirokchilardan ustav fondiga qo‘yilmagan miqdordagi ulushini talab qilishga haqli;
– mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali unchalik katta summani tashkil etmaydi, ya’ni “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 2001-yil 6-dekabrdagi 310–IIsonli qonunga asosan eng kam oylik ish haqining qirq baravari minimal miqdor sifatida belgilab qo‘yilgan.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning o‘ziga xos tomonlari yana quyidagi omillar bo‘yicha belgilanadi:
– ustav kapitaliga ishtirokchilari tomonidan muayyan qiymatga ega bo‘lgan mulk ulushi sifatida qo‘shilganda, uning qiymati jamiyat ishtirokchilarining umumiy majlisi tomonidan aniqlanadi;
– jamiyatni ro‘yxatga olish vaqtida har bir ishtirokchi ta’sis hujjatida ko‘rsatilgan o‘z ulushining kamida o‘ttiz foizini to‘lab qo‘ygan bo‘lishi kerak. Jamiyat ro‘yxatga olingach, bir yil ichida ishtirokchilar ulushining qolgan qismini to‘lashlari lozim;
– agarda belgilangan bir yil muddat ichida ustav kapitali muassislar tomonidan to‘liq shakllantirilmagan bo‘lsa, jamiyat o‘z ustav fondini kamaytirishini e’lon qilishi yoki o‘zini tugatishi lozim;
– mas’uliyati cheklangan jamiyatni ustav fondini oshirish uchun uning ishtirokchilari o‘z ulushlarini to‘liq ravishda qo‘shgan bo‘lishlari lozim;
– jamiyat ro‘yxatga olingandan so‘ng ikkinchi va undan keyingi moliya yillarda uning asosiy aktivlarining qiymati ustav kapitali miqdoridan kamayib ketsa, jamiyat ustav kapitalining kamaytirilishini e’lon qilishi hamda uni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim;
– agarda jamiyatning asosiy aktivlari qiymati qonun bilan belgilab qo‘yilgan ustav fondining minimal miqdoridan kamayib ketsa, jamiyat tugatilishi lozim;
– jamiyat ustav kapitalini kamaytirish uchun dastlab o‘z kreditorlarini bu haqda yozma ravishda ogohlantirishi lozim,bundan maqsad kreditorlarning manfaatini himoya qilishdir.
Yuridik va jismoniy shaxslar mas’uliyati cheklangan jamiyatning muassislari bo‘lishlari mumkin. Qonun bilan ayrim toifadagi jismoniy shaxslarni yoki jamiyatda ishtiroki taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari jamiyatda ishtirokchi bo‘lish huquqiga ega emas, biroq qonun hujjatlarida boshqacha tartib ham belgilanishi mumkin. Jamiyat bitta shaxs tomonidan ham ta’sis etilishi mumkin va u jamiyatning yagona ishtirokchisi bo‘lib qoladi. Bir nechta ishtirokchilar tomonidan ta’sis etilgan jamiyat, keyinchalik yagona ishtirokchidan iborat bo‘lgan jamiyat sifatida ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Bitta ishtirokchi (jismoniy shaxs)dan iborat bo‘lgan xo‘jalik jamiyati boshqa jamiyatning yagona ishtirokchisi bo‘la olmaydi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining soni ellik nafardan ortib ketmasligi lozim. Agar ishtirokchilarning soni yuqoridagi miqdordan ortib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyatiga yoki ishlab chiqarish kooperativiga aylantirilishi lozim. Agar belgilangan muddatda jamiyat qayta tashkil etilmasa yoki undagi ishtirokchilarning soni kamaytirilmasa, jamiyat sud orqali tugatiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat bilan bir qatorda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ham mavjud. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning faoliyati asosan mas’uliyati cheklangan jamiyatga oid huquq normalari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 63-moddasiga muvofiq qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek “qo‘shimcha mas’uliyatli” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo‘lib qolganida, uning jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Jamiyat o‘zining ustavida nazarda tutilgan, lekin o‘z ustav fondining (ustav kapitalining) o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zaxira fondini vujudga keltirishi mumkin. Jamiyatning zaxira fondi jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili sof foydadan ajratmalar qilish yo‘li bilan shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyatning ustavida nazarda tutiladi, lekin u jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Jamiyatning zaxira fondi uning zararlarini qoplash va jamiyat tomonidan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olish uchun mo‘ljallangan.



Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling