Masalan, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish va xarid qilish, budjet manfaatlarini ko‘zlagan holda qonunlar, ekologiya masalalariga oid, tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qilinishi orqali subyekt sifatida ko‘rinadi.
Tadbirkorlik faoliyatida davlatning ta’siri – bu tadbirkorlik subyektlarini tuzish, bekor qilish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishni nazorat qilish faoliyatidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning quyidagi shakllarini ajratish mumkin:
Tadbirkorlik huquqining subyekti sifatida davlatning iqtisodiyotga ta’sir etishining yana bir usuli bu bozor mexanizmini tashkil etib, unda monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik, soliq tizimi orqali va har bir subyektining huquqini himoya qilish, iqtisodiy erkinliklarining kafolatlashni belgilashdan iborat.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, yuridik shaxslar: tijoratchi tashkilot (xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va tijoratchi bo‘lmagan tashkilot (jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa) turlariga bo‘linadi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni quyidagi asosiy mezonlarga qarab tasniflash mumkin:
qo‘shgan ulushiga qarab (ma’suliyati cheklangan jamiyat, qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati);
tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishiga qarab (to‘liq va kommandit ishtirokchilik);
o‘z mehnati bilan shaxsan ishtirok etishiga ko‘ra (ishlab chiqarish kooperativi, dehqon xo‘jaligi);
boshqaruvda ishtirok etishiga ko‘ra (xususiy korxona, fermer xo‘jaliklari).
Shu o‘rinda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni turlarini birma-bir izohlab o‘tish joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |