Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tushunchasi va belgilari


Download 174.5 Kb.
bet14/16
Sana05.02.2023
Hajmi174.5 Kb.
#1168467
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari

Dehqon xo‘jaliklari
D ehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi, hamda dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas.
Dehqon xo‘jaligi a’zolari jumlasiga birgalikda yashayotgan va dehqon xo‘jaligini birgalikda yuritayotgan oila boshlig‘i, uning xotini (eri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa qarindoshlari kiradi.
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilgan oila boshlig‘i yoki oilaning muomalaga layoqatli a’zolaridan biridir.
Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan taqdirda yoki uzoq vaqt bo‘lmaganda u o‘z majburiyatlarini bajarish vakolatini shu xo‘jalik a’zolaridan biriga berishga haqlidir.
Dehqon xo‘jaligi ixtiyoriylik asosida tuziladi hamda fuqaroga belgilangan tartibda yer uchastkasi berilganidan va dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin tashkil etilgan hisoblanadi.
Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va dov-daraxtlar bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlarida, shuningdek zaxira yerlarda tashkil etiladi.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini olishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimiga oilasining tarkibini va yer uchastkasining mo‘ljallangan joyini ko‘rsatgan holda ariza beradi.
Tuman (shahar) hokimi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning xulosasi asosida dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki arizachiga yer uchastkasi berish bo‘yicha asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatiga olingach, unga dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
Dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
Tomorqa yer uchastkasi – qishloq xo‘jalik mahsulotini erkin savdo hamda oila ehtiyojlari uchun yetishtirish, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilishi hamda uy-joyni obodonlashtirish maqsadida oila a’zolaridan biriga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va o‘lchamlarda ajratib beriladigan yer uchastkasidir.

Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling