Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tushunchasi va belgilari


Download 174.5 Kb.
bet16/16
Sana05.02.2023
Hajmi174.5 Kb.
#1168467
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari

Xususiy korxona
Bugun hech kimga sir emaski, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik faoliyatining amaliyoti xususiy mulkning davlat mulkiga nisbatan har tomonlama ustunligini ko‘rsatmoqda.
Shu sababdan yurtboshimiz ta’kilaganlaridek, xususiy korxonalarda sidqidildan mehnat qilishga undaydigan omillar va shaxsiy manfaatdorlik darajasi va eng asosiysi, o‘zining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatining yakuniy natijasi uchun mas’uliyat hissi butunlay boshqacha ekani barchamizga yaxshi ma’lum. (I.Karimov Mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi)
Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi 2003-yil 11-dekabrdagi N 558-II sonli Qonuniga muvofiq mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi.
Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Xususiy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni yoki “XK” abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
Xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.
Xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida o‘zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli.
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi, korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, xususiy korxonaning pul mablag‘larini hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
Xususiy korxona mulkdori o‘zi vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda shu muddatda rahbarlik vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yuklash to‘g‘risida yozma qaror qabul qiladi. Xususiy korxona mulkdori muvaqqat rahbarning xususiy korxona mol-mulkini tasarruf etishga oid huquqini cheklab qo‘yishi mumkin.
Vafot etganligi, muomalaga layoqatsizligi, muomala layoqati cheklanganligi yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganligi oqibatida mulkdorning xususiy korxona rahbari vazifasini bajarishi mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda xususiy korxonani boshqarish fuqarolik qonun hujjatlariga va xususiy korxonaning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
Xususiy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng korxona mulkdorining tasarrufiga o‘tadi hamda unga soliq solinmaydi.
Xususiy korxonalar o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonunga muvofiq assotsiatsiyalarga (uyushmalarga) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin.
Xususiy korxona mulkdori xususiy korxonani mol-mulk majmuasi sifatida sotishga, hadya qilishga, vasiyat qilib qoldirishga yoki uni o‘zgacha usulda boshqa shaxsga o‘tkazishga haqli.
Xususiy korxona boshqa shaxsga berilgan taqdirda o‘zining firma nomidan, tovar belgilaridan, xizmat ko‘rsatish belgilaridan hamda mazkur xususiy korxona va uning mahsulotini, u bajarayotgan ishlarni yoki ko‘rsatayotgan xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalardan foydalanish huquqlari, agar qonun hujjatlarida yoxud shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, yangi mulkdorga o‘tadi.
Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling