Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tushunchasi va belgilari


Download 174.5 Kb.
bet6/16
Sana05.02.2023
Hajmi174.5 Kb.
#1168467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari

Aksiyadorlik jamiyatlari
Aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati dastlab 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan 223-I-sonli qonuni bilan tartibga solinib, 2014-yil yil 6-mayda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–370-sonli) yangi tahrirda qabul qilindi. Unda aksiyadorlik jamiyati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar, aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish, ustav fondi (ustav kapitali), jamiyatning aksiyalari, korporativ obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari, jamiyatning sof aktivlari, aksiyalar va qimmatli qog‘ozlarni tarqatish hamda joylashtirish, aksiyadorlar reyestri va aksiyalarni saqlash, dividendlar, aksiyadorlik jamiyatini boshqaruvchi organlari, jamiyatning yirik bitimlar tuzishi, uni qayta tashkil etish va tugatish, hisob-kitob va jamiyat faoliyatini nazorat qilish m
Aksiyadorlik jamiyati – ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti. (“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonun 2014-yil
6-may O’RQ–370-son)
asalalari huquqiy tartibga solindi.

Aksiyadorlik jamiyatining asosiy ustunligi uning yirik ishlab chiqarishni tashkil etishdagi roli va shu asosdagi faoliyatining barqarorligidadir.
Masalan, to‘liq shirkatdan to‘liq sherikni chiqib ketishi shirkatni tugatilishiga, mas’uliyati cheklangan jamiyatdan esa uning ishtirokchisini chiqib ketishi ustav kapitalining sezilarli darajada kamayishiga sabab bo‘ladi. Aksiyador esa jamiyatdan chiqib ketayotganda jamiyatdan hech qanday mol-mulk talab qilmaydi, balki o‘ziga tegishli bo‘lgan aksiyani boshqa shaxsga sotib yuborib, o‘z ulushini oladi.
Aksiyadorlik jamiyatida ishtirokchilarni jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligining o‘ziga xos ko‘rinishi mavjud. Agar jamiyat zarar ko‘rsa, aksiyador faqatgina aksiya sotib olish uchun sarflagan mablag‘ini yo‘qotadi, xolos. Ishtirokchining cheklangan javobgarligi hamda aksiyalarni sotib yuborish orqali aksiyadorlik jamiyatidan erkin ravishda istalgan vaqtda chiqib ketishi aksiyadorlik jamiyatiga kapitalni jalb etishni osonlashtiradi.
Aksiyadorning mulki aksiyadorlik jamiyatining mulkidan butunlay ajratilgan. Shuning uchun aksiyadorning kreditorlari va uning majburiyatlari bo‘yicha talabni jamiyat mulkiga qarata olmaydi, biroq aksiyadorning aksiyasiga qaratishlari mumkin.
Aksiyadorning jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligini cheklanganligi mas’uliyati cheklangan jamiyat kabi ularning kreditorlari manfaatlari himoyasini asosiy kafolati bo‘lgan ustav fondining ahamiyatini oshiradi.
Aksiyadorlik jamiyatida aksiyadorlarni jamiyatning kundalik boshqaruv faoliyatida ishtirok etishi talab etilmaydi. Aksiyadorlik jamiyatida xo‘jalik shirkatidan farqli ravishda mulk bilan boshqaruv bir-biridan ajratilgan. Aksiya egasi jamiyatning kundalik boshqaruvida ishtirok etishi uchun vaqti bo‘lmasligi yoki yetarli darajada malakaga ega bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ham jamiyat maxsus bilim hamda malakaga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq chiqariladigan aksiyalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmay chiqarilgan aksiyalar ularning egalaridan majburiy ravishda olib qo‘yiladi, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan to‘plangan pul emitentdan olinib, aksiya egalariga qaytariladi hamda emitentga nisbatan qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan muayyan sanksiyalar qo‘llaniladi.
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi kerak.

Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha to‘rt yuz ming AQSH dollariga teng summadan kamni tashkil etmasligi kerak.

Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv organlari “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga asosan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi, va ijroiya organi hisoblanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir. Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish vakolati jamiyatning ustavida belgilanadigan ijroiya organi bo‘lmish direktor yoki jamiyat boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 82-moddasiga ko‘ra minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi tashkil etilishi mumkin.

Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling