Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Maslahat uslublari. Maslahat uslublari turli xil bo’lishi mumkin.
Maslahatning uch turi – ekspertli, jarayon va o’rgatuvchi maslahatlar keng
qo’llaniladi.
Ekspertli maslahat konsaltingning eng passiv shaklidir. Maslahatning bu
turida maslahatchi diagnostika, qaror qabul qilish va ularni joriy etishni
mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mijoz esa bunday hollarda maslahatchiga
kerakli axborot yetkazib berishi zarur.
Jarayon maslahatida – loyihani ishlab chiqish bosqichlarida konsalting
firma maslahatchilari mijoz bilan faol ish olib borib, yuzaga kelgan
muammolarni hamkorlikda tahlil qiladi va zarur takliflar beradi.
O’rgatuvchi maslahatida – mutaxassislarning asosiy maqsadi g’oyalarning
yuzaga kelishi, yechimlar qabul qilish uchun asos tayyorlashdir. Shu maqsadda
mijozlar uchun ma’ruzalar o’qiladi, seminarlar o’tkaziladi, o’quv qo’llanmalari ishlab
chiqiladi. Umuman, mijozlar zarur nazariy va amaliy axborotlar bilan ta’minlanadi.
Amalda esa yuqoridagi har bir maslahat turlari sof holda qo’llanilmaydi, ular


kombinasiyalashgan shaklda uchraydi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati ko’p yillar
mobaynida bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan
hisoblanadi. Konsalting xizmati statistikada maxsus tarmoq deb tan olingan.
AQSh da ushbu tarmoqda 700 ming kishi band bo’lib, uning bir yillik
xizmat hajmi 50 mlrd. dollarni tashkil etadi.
Har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda maslahatchilar
fikrisiz iqtisodiyot va boshqaruvga oid jiddiy qarorlar qabul qilinmaydi.
O’zbekistonda hozirgi vaqtda xususiy konsalting firmalar soni juda kam
(qiyoslash uchun Gollandiyada ularning soni 2000 dan oshiqdir).
Xususiy firmalardan tashqari maslahatli xizmatlarni davlat, o’quv,
axborot, ilmiy tekshirish muassasalari tijorat asosida bajaradi.
Mamlakatimizda hozirgi iqtisodiy sharoitni yaxshi biladigan, yuqori
salohiyatga ega, yuqori intellektual, bozor iqtisodiyoti mexanizmini
tushunadigan malakali maslahatchilar soni yildan-yilga ko’payib bormoqda.
Ular chet el konsalting firmalarining vakillari bilan hamkorlikda milliy
iqtisodiyotni rivojlantirishda katta ish olib bormoqda. Aytish lozimki, chet el
konsalting firmalarining xizmati juda qimmat. Masalan, chet el konsalting
firmasi xodimining bir kunlik o’rtacha ish haqi 300 dollarni tashkil etadi.
Konsalting xizmatlari turli xil bo’lishi mumkin. Menejment bo’yicha
Yevropa maslahatchilar ma’lumot ko’rsatikichida 84 turdagi konsalting
xizmatlari ko’rsatilgan. Ular quyidagi 8 ta guruhga bo’lingan: umumiy
boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, moliyaviy boshqaruv, xodimlar boshqaruvi,
marketing, ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, maxsus xizmatlar.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling