Tadbirkorlik shartnomalari shartlarini bajarish o'zgartirish va bekor qilish reja
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT XARIDLARI JARAYONIDA SHARTNOMALAR TIZIMINING NAZARIY ASOSLARI
Download 46.11 Kb.
|
TADBIRKORLIK SHARTNOMALARI SHARTLARINI BAJARISH O\'ZGARTIRISH VA
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi ―Fuqarolik kodeksi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT XARIDLARI JARAYONIDA SHARTNOMALAR TIZIMINING NAZARIY ASOSLARI
Shartnoma — fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, burchlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi, bitimniig turi, sharhidan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy munosabat ham, shuningdek, yozma ravishda tuzilgan shartnoma mazmuni bayon qilingan hujjat ham shartnoma termini bilan ataladi. Shartnoma soʻzining sinonimi — kontrakt. Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. shartnoma tuzishga majbur qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi, shartnoma tuzish burchi qonunlarda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shahrini ham tuzishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksida shartnoma toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar, shahrining koʻrinishlari, shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi bayon qilib berilgan.3 Bugungi kunda davlat xaridlari tizimida shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki bozor sharoitida xo‘jalik yuritish sub’ektlari orasidagi munosabatlar asosan shartnomalar orqali tartibga solinadi. Umuman olganda shartnomaviy munosabatlarni quyidagi qonunchilik hujjatlari tartibga solib turadi: 1.O‘zbekiston Respublikasining ―Fuqarolik kodeksi. 2. O‘zbekiston Respublikasining ―Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi qonuni. O‘zbekiston Respublikasi ―Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga ko‘ra -Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi. O‘zbekiston Respublikasi ―Fuqarolik kodeksi:˗ bitimlar, shartnomalar va ularning turlari hamda shakllarini; ˗ majburiyat va uni bajarilishini ta’minlashni; ˗ shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarlikni; ˗ shartnomalar tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish shartlarini belgilaydi. Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar va bunda majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi. Shartnomani bajarganlik uchun taraflarning kelishuvi bilan belgilangan bahoda haq to‘lanadi. Shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‘lib qoladi. Qonunda yoki shartnomada shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarning shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bekor bo‘lishiga olib keladi, deb belgilanishi mumkin. Bunday shart yozib qo‘yilmagan shartnoma taraflar majburiyatni bajarishining shartnomada belgilab qo‘yilgan oxirgi muddatigacha amal qiladi, deb hisoblanadi. Shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi. Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnoma taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi. Oferta yo‘llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (yakka tartibdagi tadbirkorlar, firmalar) orasidagi oldi-sotdi munosabatlari xo‘jalik shartnomasi orqali amalga oshiriladi. Bu turdagi shartnomalar O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi –“Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi”4- qonun bilan tartibga solinadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi qonun: - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning huquqiy asoslarini tartibga soladi; - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqi va majburiyatlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini belgilaydi; - xo‘jalik shartnomasi sub’ektlariga yuridik xizmat ko‘rsatish va xo‘jalik shartnomalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi; - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. ―Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida‖gi qonunning 3-moddasiga ko‘ra: ―Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuv xo‘jalik shartnomasi deyiladi. Xo‘jalik shartnomasi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: birinchidan – shartnoma faqat tadbirkorlik faoliyati sohasida - foyda olish maqsadida tuziladi; ikkinchidan – shartnoma yuridik shaxslar, yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar o‘rtasida tuziladi; uchinchidan – shartnoma tovarlar berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida tuziladi; to‘rtinchidan – shartnoma faqat yozma tarzda tuziladi. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: - xo‘jalik shartnomalarini tuzishning erkinligi; - taraflarning o‘zaro manfaatdorligi; - shartnoma intizomiga rioya etish; - taraflarning o‘zaro mulkiy javobgarligi. Yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar xo‘jalik shartnomalarining sub’ektlari (taraflari) bo‘ladi. Xo‘jalik shartnomasi: - shartnoma predmetini; - etkazib beriladigan tovarning (ishning, xizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosini; - shartnomaning bajarilish muddatlarini; - hisob-kitob qilish tartibini; - taraflarning majburiyatlarini; - shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini; - nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning rekvizitlarini; - shartnoma tuzilgan sana va joyni; Download 46.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling