Tadbirkorlik shartnomalari shartlarini bajarish o'zgartirish va bekor qilish reja


Davlat xaridlari bo’yicha xalqaro shartnomalarga qo’yiladigan talablar va “Inkoterms-2019” boyicha yuk yetkazib berishning bazis shartlari


Download 46.11 Kb.
bet4/5
Sana29.03.2023
Hajmi46.11 Kb.
#1308825
1   2   3   4   5
Bog'liq
TADBIRKORLIK SHARTNOMALARI SHARTLARINI BAJARISH O\'ZGARTIRISH VA

Davlat xaridlari bo’yicha xalqaro shartnomalarga qo’yiladigan talablar va “Inkoterms-2019” boyicha yuk yetkazib berishning bazis shartlari
Agar davlat xaridlarida ijrochi sifatida xorijiy kompaniyalar ishtirok etadigan bo‘lsa, shartnomalarni xalqaro huquq normalaridan kelib chiqib shakllantirish lozim bo‘ladi. Xalqaro shartnomalarni tuzishda quyidagilarga e’tibor beriladi:
- shartnomada ikki ma’noli iboralar, noaniq ifodalar va tushunarsiz atamalar bo‘lmasligi;
- shartnomadagi har bir band amalga oshirilishining aniq mexanizmi mavjudligi;
- shartnomada mahsulotni etkazib berish hamda qabul qilib olish va unga haq to‘lash bo‘yicha tomonlarning barcha huquq va majburiyatlarini yozish;
- mahsulotni etkazib berish shartlari va tartibini, Inkomterms-2019 atamalarida yozish;
- mahsulotning tasodifiy nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi xatarining va bu tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xarajatlarning sotuvchidan xaridorga o‘tishi paytini belgilash;
- o‘zaro kelishmovchiliklarni hal etish tartibi haqidagi bandning batafsil ѐritilishi va ularni ko‘rib chiquvchi xo‘jalik sudini aniq ko‘rsatish, bunda sotuvchi uchun kelishmovchiliklarni o‘z mamlakati qonunchiligi bo‘yicha va hududida hal etilishi maqbulligiga e’tibor qaratish;
- chet ellik sherikning noqonuniy hatti-harakatlaridan himoyalanish maqsadida xalqaro shartnomani imzolanishdan oldin yuridik ekspertizadan o‘tkazish va yuridik xulosa olish;
- faks yoki elektron pochta orqali olingan shartnomalar xuddi asl nusxalari kabi haqiqiy hisoblanadi.
Xalqaro kompaniyalar ishtirok etadigan davlat xaridlarining eng asosiy elementlaridan biri – bu shartnomani tuzish va imzolashdir. Jahon savdo tizimida amal qiladigan tijorat shartnomalarining umumiy qoidalari ―Xalqaro tijorat shartnomalarining tamoyillari‖da (UNIDRUA kengashining 2004 yildagi 83-sessiyasida yangi tahrirda qabul qilingan) keltirilgan. U tomonlar shartnomani ushbu tamoyillar asosida tartibga solinishiga kelishgan hollarda qo‘llaniladi.
Har bir davlatning xalqaro shartnomani tuzishga qo‘yadigan talablari mamlakatda amal qiladigan qonunchilikdan kelib chiqib shakllanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 199-sonli Qaroriga muvofiq tashqi savdo shartnomalariga qo‘yiladigan eng kam talablar tasdiqlangan.
Amma xalqaro tijorat amaliyotidan kelib chiqib, tashqi savdo shartnomalari tarkibi quyidagilardan iborat bo’lishi tavsiya etiladi: preambula, shartnoma predmeti, maxsulotni yetkazib berishning bazis shartlari, tovarni yetkazib berish muddatlari, narx va shartnomaning umumiy summasi, maxsulotga xaq to’lash shartlari, tovarlarni qadoqlash va markirovka qilish, tovarni yuklash tartibi, tovarni topshirish- qabul qilish tartibi, reklamatsiya, kafolatlar, tovarning kelib chiqishi, sanksiyalar, fors-major holatlari, arbitraj, shartnomaning kuchga kirish va amal qilish muddati, tomonlarning rekvizitlari, shartnoma tili,shartnomaga rozilik belgisini qo’yish va boshqa shartlar.
Tashqi savdo shartnomasini tuzishda tadbirkorning bilimi, tajribasi va malakasi etarli bo‘lmasa, shu sohaga ixtisoslashgan malakali huquqshunoslar yoki konsalting firmalar xizmatidan foydalangan ma’qul. Bu tashqi savdo ishtirokchisini milliy va xalqaro tashqi savdo qonunchiligini buzishdan, shartnomani bajarilmaslik yoki yo‘qotishlar xatarlaridan himoyalaydi. Tashqi savdo shartnomasini tuzishda e’tibor talab qiladigan asosiy shartlardan biri – bu ―Inkoterms xalqaro qoidalar bo‘yicha tovarni etkazib berish va unga haq to‘lash shartlaridir.
Inkoterms xalqaro qoidalari bo‘yicha tovarni etkazib berish bo‘yicha sotuvchi va xaridorning quyidagi asosiy majburiyatlari aniqlanadi:
- tovarga bo‘lgan mulkchilik huquqi o‘tadigan vaqt;
- tovarni etkazib berish, bojxonadan o‘tkazish majburiyatlari va xarajatlarini shartnomani tuzuvchi tomonlar o‘rtasida taqsimlash;
- tovarni xaridorga berish tartibi va joyi;
- tovarni olib kirish
- olib chiqish bo‘yicha rasmiyatchiliklarni bajarish; - tovarni sug‘urtalash;
- tovarning tasodifiy yo‘qolishi yoki shikastlanishi tavakkalchiligining sotuvchidan xaridorga o‘tishi.
Bundan tashqari, tanlangan bazis to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovar narxiga ta’sir ko‘rsatadi, chunki agar sotuvchi, masalan, bojxonada tozalash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olsa, tegishli ravishda bu xarajatlar tovar qiymatini oshiradi. Inkoterms 2019 da oldi-sotdi shartnomasining barcha zarur shartlarini, jumladan, etkazib berish muddatlari, hakamlik yoki tomonlarning javobgarligi ko‘zda tutilmaydi. U faqat tovarni yetkazib berish jarayonini, bunda sarflanadigan xarajatlarni va yetkazib berishda yuzaga keladigan tomonlarning majburiyatlarini tartibga soladi.
O‘zbekiston Respublikasida Inkoterms 2019 qoidalari qonun hujjati hisoblanmaydi, biroq ulardan import-eksport shartnomalarida foydalaniladi. Bundan tashqari, agar shartnomada Inkoterms bazisi ko‘rsatilgan bo‘lsa, bojxona qo‘mitasi va sud instansiyalari kabi davlat organlari bu bazisni hisobga oladi. Tovarni etkazib berish bo‘yicha shartnoma shartlarini sharhlashni birxillashtirish maqsadida Xalqaro savdo palatasi tomonidan ―Inkomterms 2019 bo‘yicha xalqaro yuk etkazib berishning uchta harf belgisi bo‘yicha bazis shartlari ishlab chiqilgan. Bunda yuk etkazib berish bo‘yicha tomonlarning o‘z zimmasiga olgan majburiyatlaridan kelib chiqib, to‘rt xil kategoriyadagi terminlar farq qiladi
Yetkazib berish bazisini kelishuvdan va har bir tomonning imkoniyatlaridan kelib chiqib, shartnoma tomonlarin belgilaydi. Masalan, xaridor tovar uchun katta narx to‘lashga, biroq bunda tashish va bojxonada rasmiylashtirish bo‘yicha yumushlardan ozod bo‘lishga tayyormi? Sotuvchida tovarni xaridor turgan joyga etkazib berish imkoniyati bormi? ―Inkoterms-2019 bo‘yicha tovarlarni xaridorga etkazib berish tartibi va unga qo‘yiladigan talablarni yaxshi bilish xalqaro savdo ishtirokchichilarni yuklarni tashish, ortish va tushirish jaraѐnlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklar va bu jarayonlardagi xarajatlarni, yukni olib chiqish va olib kirishda bojxona rasmiylashtiruvi hamda to‘lovlarini sotuvchi va xaridor o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishiga yordam beradi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida shartnoma shartlarining to‘liq yoki qisman bajarilmasligi oqibatida yuzaga keladigan davolarni ikki tomonlama ѐki arbitraj orqali tartibga solishda asos sifatida xizmat qiladi. Xalqaro savdo palatasi (International Chamber of Commerce, ICC) tomonidan 2020 yil 1 yanvardan boshlab yangi redaksiyada Inkoterms 2020 qoidalari amalga kiritildi.

Xulosa
O’zbekiston Respublikasida Davlat xaridlari jarayonining shartnomaviy normativ qonunlari Fuqarolik Kodeksi hamda Xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy- huquqiy bazasi to’g’risidagi qonunda to’lq aks etgan. Shartnomaviy munosobatlarni tartibga solish hamda tomonlarning o’z majburiyatlari doirasida masuliyatli harakati harid jarayonining samarali ishlash garovidir. Haridlar amalga oshish jarayonida xo’jalik yurituvchi subektlar shartnoma majburiyatlarini o’z zimmasig aolishi hamda shartnoma intizomiga rioya etishi, mulkiy munosobatlarni buzmasligi lozim. Shartnomani tuzishdan maqsad tomonlarning eng maksimal foydaga erishishi va ijtimoiy foyda hissoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari belgilab beriladi. Xo‘jalik shartnomasining bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, xo‘jalik shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Shartnomani bekor qilinishiga yetkazibberish majburiyatini olgan tomon yoki ikkinchi tomon sabab bo’ladi. Bunda agarda yetkazib beruvchi maxsulot butligiga zarar yetkassa yoki o’z vaqtidan kechiksa ikkinchi tomon qo’shimcha penya yoki jarima undirishi mumkin.Umuman olganda shartlashuvchi tomonlar tovarlarni yetkazib berish bo’yicha yuzaga kelgan muammolar yuzasidan Iqtisodiy sudlarga murojat qilishi mumkin.Nizolarni hal etish , tuzilgan shartnomani bekor qilish va boshqa holatlar iqtisodiy sudlarda ko’rib chiqiladi. Tovar va xizmatlarni amalga oshirishda davlat bevosita tashqi hamkorlar bilan ham keng aloqalarni qo’yishi maquldir. Bunda jobiy jihati mamlakat o’zida mavjud bo’lmagan xizmatlar va tovarlarga maksimal naf oladi faqatgina iqtisodiy-ijtimoiy xafvsizlikni ta’minlagan va xushyorlikni oshirgan holatad.



Download 46.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling