Tadbirlarni tashkil etishda tashkilotchilik faoliyati reja: Madaniy-ma`rifiy faoliyat vazifasi, faoliyat ta`sirchanligi, boshqa sohalar bilan aloqadorligi


Download 44.86 Kb.
bet3/6
Sana13.05.2023
Hajmi44.86 Kb.
#1455983
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TADBIRLARNI TASHKIL ETISHDA TASHKILOTCHILIK FAOLIYATI

Mehnatkashlarning dam olishini tashkil qilish funktsiyasi. Ma`lumki, mehnatkashlar ommaviy tadbirlarga ko`pincha ishdan keyin charchagan holda kelishadi. SHu sababli barcha tadbirlar ular uchun mazmunli dam olish vazifasini o`tashi kerak. Agar barcha tadbirlar ommaning dam olishi, badiiy-estetik zavq olishi uchun sharoit yaratib bersa, maqsadga muvofiq ish qilindi, deb aytish mumkin.

Madaniy-ma`rifiy muassasalarning boshqa funktsiyalari, ya`ni ommaga bilim berish hamda havaskorlik ijodini tashkil qilish kabi ommaviy tadbirlarda mehnatkashlarning dam olishiga bevosita bog`liq holda olib boriladi.

  1. Ommaga axborot va bilim berish funktsiyasi. Bu o`ziga xos funktsiya madaniy-ma`rifiy muassasalarning faoliyatiga xos birinchi funktsiyaning ommaviy tadbirlarga moslab o`zgartirilgan ko`rinishidir. Badiiy-ommaviy tadbirlarda uzluksiz sistemali ta`lim va bilim berish murakkab jarayondir.

Uzluksiz ta`lim berish jarayonini og`zaki agitatsiya va propagandaga xos shakllar, jumladan, xalq universiteti mashg`ulotlari, lektoriylar, tematik o`qishlar vositasida bajarish mumkin. Bu vazifani badiiy-ommaviy tadbirlarning shakllaridan biri – og`zaki jurnallar ham bajarishi mumkin, qolgan barcha madaniy-ommaviy tadbirlarda mavzuga xos axborot va bilim berish mumkin. Badiiy-ommaviy tadbirlarda axborot va bilim berish jarayonining eng asosiy talabi shundaki, unda siyqasi chiqqan, hammaga ma`lum bo`lgan bilimlardan qochib, yangi va original axborotlardan foydalanish kerak. Bunday ma`lumotlardan foydalanish uchun maxsus spravochniklar, entsiklopediyalar hamda muassasa, kolxoz-sovxoz va shaxsiy arxiv materiallariga murojaat qilib, ular asosida tadbir tayyorlanishi yaxshi samara beradi.
Ommani badiiy havaskorlik ijodiyotiga jalb qilish funktsiyasi. Albatta, badiiy-ommaviy tadbirlar havaskorlik ijodisiz vujudga kelmaydi. Tadbir tayyorlashda qatnashadigan barcha kishilarning faoliyati – bu, so`zsiz, badiiy ijodning bir ko`rinishidir. Lekin «Ommani havaskorlik ijodiga jalb qilish» deganda, biz tadbir tayyorlovchilarning faoliyatini nazarda tutib qolmasdan, balki tomoshabin sifatida kelgan ommani aktivlashtirishni, ularni umumiy harakat qatnashchisiga aylantirishni ham tushunmog`imiz lozim.
Ko`pgina badiiy-ommaviy ish shakllarida, ayniqsa, bayramlar va xalq an`analarida, bu jarayon uchun keng qulayliklar mavjud. Madaniy-ommaviy tadbirlarni tayyorlash jarayonida yuqorida qayd etilgan funktsiyani bajarishda ma`lum ish shaklining o`ziga xos tashkiliy xususiyatlariga murojaat etish muhim o`rin tutadi. Chunki har xil ish shaklini tashkil etishda bu funktsiyalardan birdek foydalanilavermaydi. Ba`zi shakllarda ko`proq axborot beriladi, ba`zilari asosan dam olish uchun xizmat qiladi va boshqalari ko`proq madaniy-ijodiy jarayonga qatnashtirishga yordam beradi.
Madaniy-ma`rifiy muassasalar o`z tadbirlarini, asosan, buyuk sanalarga, xalqaro va ittifoq miqyosidagi masalalarga bag`ishlab o`tkazadi-ku! Demak, tadbirlarning mazmunida, asosan, muhim voqealar aks etishi kerak emasmi? degan savol tug`ilishi mumkin. Albatta, bunday bo`lishi qonuniy, lekin madaniy-ma`rifiy muassasalar tadbirlarida muhim sanalarga bag`ishlangan materiallar mahalliy hayot sharoiti prizmasi orqali beriladi. Masalan, 9 may — G`alaba kuniga bag`ishlangan bayramni olaylik. Madaniy-ma`rifiy muassasalarning bu bayram tadbirida sovet xalqining fashizm ustidan qozongan g`alabasini yoritish bilan konkret kolxoz, sovxoz, korxona bu buyuk tarixiy voqeada qanday rol’ o`ynaganligi, mahalliy joyda yashaydigan urush qatnashchilarining ko`rsatgan jasoratlariga asosiy urg`u berilishi kerak. Urush qahramonlarining hayoti haqida ularning o`z so`zlarini eshitish tadbirni jonlantiradi va ta`sirchanligini oshiradi. Faqat shunday yo`llar bilangina badiiy-ommaviy tadbirlarning muhim xususiyati vujudga keladi. Bu xususiyatning eng afzallik tomoni shundaki, u umumiy tadbir mavzusini mahalliy aholi hayotiga yaqinlashtiradi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning barchasi mahalliy sharoit masalalarini bir xil darajada yoki bir tekisda yorita olmaydi: ba`zilari (masalan, badiiy agitkollektivlarning programmalari, tematik kechalar, og`zaki jurnallar) butunlay mahalliy materiallar asosida tuziladi, boshqalari (teatrlashtirilgan tomoshalar, diskoklub programmalari) ijtimoiy masalalarni mahalliy hayot bilan bog`lagan holda uyushtiriladi va yana boshqalari (badiiy kompozitsiyalar, xronika kechalari) ko`proq umumiy mavzularga bag`ishlanib uyushtiriladi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning to`rtinchi xususiyati shundan iboratki, ularda juda keng ko`lamda ta`sirchan vositalar sintezlashtiriladi. Tadbirlar real hayotning o`zini tashkil qilishi bilan birga, undagi muhim voqealarni o`z mazmuniga singdiradi. Ularning mohiyatini ochish va ahamiyatini yoritish uchun ta`sirchan vositalarga murojaat qiladi. Tadbirda mazmun ma`lum bir kompozitsion tuzilish holatiga keltirilishi uchun undagi barcha bayon qilish va ta`sirchan vositalar ham bir-birlari bilan birlashtiriladi, uyg`unlashtiriladi. Aks holda, tadbirning mazmuni puch, shakli esa samarasiz bo`lib qolishi mumkin. Ma`lumki, tadbirlar agitatsiya va propaganda hamda axborot xarakteriga egadir. Tadbirlarda agitatsiya, propaganda va axborot materiallari «quruq» va zerikarli bo`lib qolmasligi, ya`ni yuqoridagi xarakterli xususiyatning yo`qolmasligi uchun ularni mantiq talab qilgan ta`sirchan vositalar bilan badiiy boyitish lozim. Notiqning og`zaki nutqini yoki tadbirdagi hujjatli informatsion materiallarni badiiy vositalar bilan birlashtirish - bu tadbirning ta`sirchanligini va samaradorligini oshirib borish demakdir. Xuddi shunday yo`l bilan vositalarning sintezlashishi natijasida ta`sirchanligi kuchli bo`lgan badiiy agitatsiya va propaganda vujudga keladi.
A.V.Lunacharskiy badiiy agitatsiya va propagandaning ommaga ta`sir o`tkazishdagi rolini yuksak baholab, agitatsiya va propagandani badiiy vositalar bilan boyitish va san`at shakllariga agitpropagandistik xarakter berish kerakligini bir necha bor ta`kidlagan edi.
Tadbirlardagi agitpropagandistik informatsiyalarni san`at vositalari bilan bog`lash darajasi ikki xil yo`l yoki metod bilan belgilanadi: 1. Oddiy (birin-ketin) ulanish—illyustratsiyalash; 2. Murakkab sintezlashgan bog`lanish - teatrlashtirish.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning beshinchi navbatdagi muhim xususiyati — bu ommani tadbir qatnashchisiga aylantirishdir.
Madaniy-oqartuv muassasalarida uyushtiriladigan tadbirlarni ommaviy deb atashning boyisi shundan iboratki, u omma uchun uyushtiriladi va ommaning ishtirokida o`tadi. Agar teatr, kino hamda televizorda asar qatnashchilari va tomoshabinlar o`rtasida ko`rinmas «devor» mavjud bo`lib, omma faqat tomoshabin rolini bajaradigan bo`lsa, badiiy-ommaviy tadbirlarda esa ommaning aktiv ishtiroki ko`zda tutiladi. Muayyan tadbir mahalliy aholi hayotining ma`lum daqiqasi bo`lganligi uchun unda omma ma`lum voqeaga o`z fikr va munosabatini bildiruvchi kishilar sifatida qatnashadi.
Albatta, tadbirda hammani birday aktiv qatnashtirish qiyin. Uning asosiy qatnashchilari — oldindan belgilab qo`yilgan badiiy havaskorlik kollektivlarining a`zolari hamda so`zga chiqadigan kishilardir.
Lekin tadbir tashkilotchisi bu asosiy qatnashchilar bilan kifoyalanib qolmasdan, balki ommani ham aktivlashtirish, tadbir ishtirokchisiga aylantirish yo`llaridan foydalanmog`i lozim. Buning uchun tadbir ishtirokchilari o`rtasida ommaviy o`yinlar, qo`shiqlar, viktorinalar, savol-javoblar kabi maxsus tadbirlar uyushtirish maqsadga muvofiqdir.
San`at — odamni tomoshabin yoki tinglovchi bo`lib qolganda emas, balki u ommaviy harakatda aktiv ishtirok etganda o`ziga hammadan ko`proq qamrab oladi, — deb ta`kidlagandi N.K.Krupskaya. Bu jarayon badiiy-ommaviy tadbirlarning ham o`ziga xos xususiyati bo`lib, ijtimoiy turmush quruvchisi bo`lgan xalqni ijodiy jarayonga biriktirib, ularning ijtimoiy-madaniy aktivligini oshiradi.
Xalq ijodi zamonaviy san`atning bitmas-tuganmas chashmasi hisoblanadi.
Xalq ijodi mehnatkash xalq yaratgan omma orasida keng tarqalib, og`izdan-og`izga, ustozdan shogirdga, avloddan-avlodga o`tib, tobora takomillashib. sayqal topib, taraqqiy etgan ijod mahsulidir. Unda «xalqning mehnat faoliyati, ijtimoiy va maishiy hayoti, turmush, tabiat to`g`risidagi tushunchalari, madaniyati, e`tiqodi, orzu-istaklari va ideallari, poetik fantaziyasi, his-tuyg`ulari va tafakkurining boy olami, baxtli va adolatli zamon haqidagi o`ylari o`z ifodasini topadi».
Xalq ijodining durdonalari mehnatkash ommaning qobiliyatli vakillari tomonidan ijod etiladi. Og`izdan-og`izga ko`chib, boshqalar ham bu asarlarni ijro qiladilar, uning boyib borishiga o`z hissalarini qo`shadilar, takomillashtiradilar, boshqa variantlarini yaratadilar. Shunday qilib, xalq ijodining yaxshi namunalari o`lmas an`anaga aylanadi.
O`zaro chambarchas bog`liq bo`lgan xalq ijodini mutaxassislar shartli ravishda quyidagi turlarga bo`linadi: xalq og`zaki (poetik) ijodi, xalq (fol’klor) muzikasi, xalq teatri, xalq raqsi, xalq tasviriy va amaliy bezak san`ati. Keyingi vaqtda klub faoliyatida xalq ijodiga murojaat qilish va ulardan foydalanish muhim axamiyat kasb etmoqda. Darxaqiqat, ommaviy tadbirlarning ta`sirchanligini oshirishda, ularni «serjilo bezaklar» va «rang»lar bilan bezashda, milliy kolorit berishda xalq ijodi bebaho manba sifatida xizmat qilmoqda.
Shu sababli, biz quyida xalq ijodining asosiy turlariga qisqacha xarakteristika berishga va ularni klub ommaviy tadbirlari bilan bog`liq bo`lgan ba`zi masalalariga to`xtalamiz.
Xalq og`zaki ijodi insoi nutqi asosida vujudga keladigan ijod mahsulidir.
Mazmun (g`oya), badiiylik (obrazlilik) jihatdai kuchli bo`lgan nutqning namunalari og`izdan-og`izga o`tib, ko`pchilik orasida tarqalib, xalq og`zaki ijodiga aylanadi. Ular omma o`rtasida qayta-qayta sayqal topib, muayyan bir xususiyatga ega bo`lgan janrlarga aylanib bordi. Chunonchi, xalq og`zaki ijodiga maqollar, topishmoqlar, afsona va rivoyatlar, latifa va loflar, ertaklar va dostonlar, askiya va og`zaki drama kabi janrlar kiradi.
Xususan, badiiy-ommaviy tadbirlarda xalq og`zaki ijodi janrlaridan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. CHunonchi, deyarli barcha stsenariyda «so`z ko`rki-maqol»dan, xalq donishmandligi hisoblangan afsona va rivoyatlardan foydalanish tadbir «tili»ni boyitadi, ta`sirchanligini oshiradi. Latifa, lof va askiya tadbirlarning qiziqarliligini yanada oshiradi, mazmunini mustahkamlaydi, tomoshabinlarni aktivlashtiradi. Topishmoqlar tadbir ijrochilari va auditoriya o`rtasida «jonli» aloqa o`rnatishga yaxshi imkon yaratadi. Ayniqsa, bolalar uchun tayyorlangan tadbirlarda ertak va dostonlar qahramonlari ularni g`oyaviy-estetik tarbiyalashda muhim rolni bajaradilar. Masalan, Alpomish, Go`ro`g`li, Zumrad, Kenja botir, Malikai Husniobod singari obrazlar yoshlarning sevimli qahramonlari sifatida asrlar osha hozirgacha etib kelgan.
Badiiy-ommaviy tadbirlarda xalq og`zaki ijodining betakror, ayni chog`da, olam-olam mazmun kasb etuvchi maqollari, aforizmlari, naql va iboralari stsenariya mohiyatining yanada chuqurlashuvi, tadbir kuchining o`tkirlashuvini ta`minlashda xizmat qiladi.
Respublikamizning ayrim madaniyat uylari, joylardagi qishloq klublarida tashkil qilinayotgan badiiy-ommaviy tadbirlar xalq og`zaki ijodi namunalaridan samarali foydalanishlari tufayli xalq o`rtasida katta obro` topmoqdalar.
«Rejissyor» tushunchasi frantsuzcha so`zdan olingan bo`lib, boshqaruvchi degan ma`noni bildiradi. SHuni ta`kidlash kerakki, «rejissyor» so`zi O`zbekistonga XIX asr oxiri – XX asr boshlarida kirib kelgan. Leki bu bilan, qadimiy o`zbek xalq tomoshalari va bayramlarini tashkilotchisi, ya`ni rejissyori bo`lmagan, deyish albatta xato bo`lur edi. O`zbek madaniyatiga «rejissyor» tushunchasi kirib kelgunga qadar «korfarmon» degan so`z ishlatilgan.
«Korfarmon» so`zining ma`nosi ishga farmon beruvchi, ya`ni ishboshi demakdir. Darhaqiqat, «korfarmon – bu o`ziga xos ishboshi - administrator, rejissyor, muallim, o`yin boshidir», - deb yozadi professor Muhsin Qodirov.
Bugungi kunda rejissyor tushunchasi barcha xalqlar madaniyatida ishlatilganidek, jumladan, o`zbek san`atida ham keng qo`llanmoqda. «Korfarmon» so`zi esa ko`proq an`anaviy o`zbek tomoshalariga nisbatan ishlatilmoqda.
Hozirgi paytgacha rejissyor deganda ko`proq, teatr va kino san`atida badiiy asarni (pyesani, kinostsenariyni) sahnalashtiruvchi, ekranlashtiruvchi ijodkor tushuniladi.
Keyingi vaqtlarda, radio va televidenieda rejissyor mutaxassisligi vujudga kelishi bilan bir qatorda, madaniy-ma`rifiy muassasalarda ommaviy tadbirlarni tashkil qiluvchi rejissyor ham shakllanmoqda. Badiiy-ommaviy tadbirlar rejissyori deganda, muhim sana va voqealarga bag`ishlab yozilgan stsenariyni mahalliy sharoitda badiiy-hujjatli qonuniyatlar asosida, maxsus ish shakllarida amaliy uyushtiradigan ijodkor tushuniladi.
Ommaviy tadbir rejissyori real hayotning muhim, diqqatga sazovor daqiqalarini (maxsus stsenariy asosida) madaniylashtiradi, badiiy bezaydi va maxsus tadbir sifatida shakllantiradi.

Download 44.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling