- davlatning markazlashgan pul fondida jamlanadigan pul mablag’larini taqsimlash, qayta taqsimlash va ishlatish bilan bo’lgan, davlat bilan davlat byudjetidan mablag’ oluvchilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy pul munosabatlaridir.
- Davlat byudjetining xarajatlar tizimi
- Moddiy ma’noda davlat byudjetining xarajatlari markaziy hukumat va mahalliy hokimiyatlar zimmasidagi vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘lari bo‘lib, ularning turlari, amalga oshirish shakllari, tarkibi va tuzilishi qator omillarga bog‘liq:
- davlatning tabiati va bajaradigan funktsiyalariga;
- mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanganlik darajasiga;
- davlat byudjetining iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar bilan aloqalarining ko‘lamiga;
- davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga;
- byudjet mablag‘larini taqdim etish shakllariga va b.
Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi. Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko‘ra, byudjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo‘linadi. - Davlat byudjetining joriy xarajatlari markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchi yuridik shaxslarning joriy faoliyatini ta’minlash shuningdek, davlat tomonidan byudjet tizimi byudjetlariga va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga dotatsiya, subventsiya va subsidiya shaklidagi moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun ajratiladigan pul mablag‘laridir.
- Davlat byudjetining kapital xarajatlari – byudjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadlariga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari bo‘lib, ular tarkibiga Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha yangi qurilish, kapital rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash maqsadlari uchun ishlab turgan yoki yangidan barpo qilinadigan korxona, tashkilot va muassasalarga, shuningdek, alohida tadbirlarga ajratiladigan moliyaviy mablag‘lar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |