Tadqiqot usullari va metodologiyasi
Tadqiqot tajriba-sinov natijalari
Download 57.96 Kb.
|
1 2
Bog'liqKirish
Tadqiqot tajriba-sinov natijalari. Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish va natijalarining ob’ektivligini ta’minlash uchun har bir o‘quv yilida bosqichma-bosqich takomillashgan o‘quv reja va tabaqalashgan fan dasturlari qo‘llanildi, ikkitadan parallel guruh tajriba-sinov va nazorat guruhi etib belgilandi. Nazorat guruhlarida ta’lim jarayoni amaldagi o‘quv reja va dastur, o‘qitish metodikasiga binoan amalga oshirilgan bo‘lsa, tajriba-sinov guruhlarida biz taklif etgan reja va dastur hamda faol ta’lim metodlaridan foydalanilgan holda amalga oshirildi. Pedagogik tajriba-sinov ishlarida asosan elektron qurilmalarda fizik hodisalarni, shuningdek, yarim o‘tkazgichlarning elektrofizik xossalarini va matematik formulalarni vizuallashtirish asosida talabalarning maxsus fanlarni o‘rganishdagi faoliyatini yaxshilash uchun innovatsion va interaktiv usullarni ishlab chiqish hamda bo‘lajak muhandislarni kasbiy tayyorgarliklarini rivojlantirishda mobil ta’lim, virtual texnologiya, interaktiv tizer kabi didaktik vositalardan foydalanish jarayonidagi imkoniyatlari aniqlanib, ularning samaradorligi nazariy asoslanib amaliy jihatdan isbotlandi [9,10]. Shunga ko‘ra, tadqiqot doirasida amalga oshiriladigan ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlari o‘z oldiga o‘rganilayotgan muammoning amaliyotdagi holati, bu sohada uchrayotgan kamchiliklar va ularning sabablarini o‘rganish, shu asosda zarur ilmiy-metodik ishlanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadi nazarda tutildi. Tadqiqot faraziga tayanilgan holda, professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarda kreativlik kompetentsiyalarini rivojlantirishning mavjud holatini o‘rganish, zaruriy didaktik vositalar ishlab chiqish xamda interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari asosida ularda kreativ kompetentsiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, shakllari va metodlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etish talab qilinmoqda. Shu talabdan kelib chiqqan holda, interfaol o‘qitish jarayonida talabalarda kreativ kompetentsiyalarni rivojlantirishning amaliy jihatlarini yoritishga xizmat qiladigan ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlari davomida respondent-talabalar o‘rtasida biz tomondan taklif etilgan metodika asosida ularning kreativlik kompetentsiyalarini shakllanganlik darajasi va interfaol o‘qitish tizimi mazkur qobiliyatlarni rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlashga harakat qildik. Shu maqsadda biz kuzatish, anketa, so‘rovnoma, suhbat, intervьyu, kichik guruxlarda o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini tahlil etish, rolli o‘yinlar kabi nazorat usullari orqali faoliyat natijasini baholash, pedagogik topshiriqlar berish metodlaridan foydalandik. Nazorat va tajriba-sinov guruhlarining natijalari muntazam tahlil etildi va bir-biriga qiyoclanib, xulosa chiqarildi. Zarur bo‘lgan hollarda bu jarayonda bevosita ishtirok etuvchi o‘qituvchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar atroflicha muhokama etilib, fan dasturlari mazmuni hamda o‘qitish metodikasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Buning uchun 2 kalendar oyi mobaynida nazorat va tajriba-sinov guruhlarida tadqiqot-kuzatuv ishlarini olib bordik. Tadqiqot doirasida amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlariga ja’mi 321 nafar respondenttalabalar jalb etildi. Tajriba-sinov ishlari natijalarini qayd etish va umumlashtirish, ularni tahlil etish, bu sohada eksprementatorlarga zaruriy metodik ko‘rsatmalar berish va natijalarni xolisona baholash uchun professor-o‘qituvchilar bilan pedagogik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Olingan natijalar “mustaqil ekspert” sifatida jalb etilgan professor-o‘qituvchilar tomonidan kuzatilib, baholandi.
Tajriba-sinov ishlarining samaradorligi va natijalarning dinamik o‘sishini aniq belgilash maqsadida tajriba ishlariga jalb etilgan 321 nafar respondentlar erkin tanlov asosida ikki guruhga, ya’ni tajriba va nazorat guruhlariga ajratib olindi. Bunda tajriba guruhlariga 161 nafar, nazorat guruhlariga 160 nafar respondentlar biriktirildi. Tadqiqotning tajriba-sinov ishlari nihoyasida tajriba guruhidagi talabalarining biz tomondan taklif etilgan metodika va interfaol dars mashg‘ulotlar natijasida kreativlik kompetentsiyasining rivojlanganlik darajasi nazorat guruhiga nicbatan 1,15 barobar (15%) yuqori ko‘rsatkichga ega ekanligi aniqlandi. Mexatronika va robototexnika" yo‘nalishining maxsus fanlarni talabalar kasbiy tayyorgarliklarini rivojlantiruvchi interfaol mashg‘ulotlar bilan o‘qitish natijasida tajribasinov va nazorat guruhlari talabalarida kasbiy tayyorgalikning rivojlanganlik darajasi 1-jadval Tajriba-sinov ishlari natijasida olingan ko‘rsatkichlar mocligi va fapqlarining haqqoniyligini tekshirish uchun Styudent matematik-statistikasidan foydalanildi (3.2.5, 3.2.6- jadval). Xulosa. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlanganlik darajasi o‘rta hisobda 15 % oshishiga erishildi va natijalar matematik-statistik metodlar orqali isbotlandi. Olingan natijalar biz tomonimizdan ishlab chiqilgan metodik modelni hamda metodikani samarali ekanligini tasdiqlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. Касимахунова, А., & Атажонова, С. (2023). Модернизация обучения в технических вузах, перспективы и результаты в цифрах: Модернизация обучения в технических вузах. Engineering Problems and Innovations, 1(1), 10–19. 2. Kasimakhunova, A. M., Umarova, G. A. & Zokirov, S. I. (2022). The role of broad implementation of modeling on the subject of semisonductor in the higher education institutions. Current research journal of pedagogics, 3(12), 1-8. 3. Atajonova, S. B., Normatov, A. M., & Egamberdieva, D. A. (2020). Modernization of the bachelor’s degree curriculum “Mechatronics and robotics”. STJ NETI(sp. iss.), 452-457. 4. Атажонова С.Б. & Зухриллаев А.А. (2020). Обучение с использованием инновационных технологий в технических вузах Узбекистана. НТЖ НамИТИ, (сп. вып.), 432-438. 5. Умарова Г.А. (2022) Разработка методов оптимального обучения моделированию виртуальных лабораторных работ по физике. Science and education scientific journal, volume 3 Issue 4, 2022, -1554 p. 6. Umarova G. A. (2022) Improving the method of effective teaching for modelling and performing virtual laboratory works in physics / Current research journal of pedagogics, Vol.3 No.11, pp.06–18 7. Kasimakhunova A.M., Atajonova S.B. Method of teaching students to study the electrophysics properties of semisonductors and mathematical formula// Eurasian Journal of Engineering and Technology, vol. 7 p 81-87 8. Kasimakhunova A.M., Atajonova S.B., (2022) The development of professional training of students as a result of the improvement of new pedagogical technologies and teaching methods// Scientific Bullettin of NamSU vol. 7 9. Abdullaeva M.A (2022) "Improvement of training of semisonductor relay protection devices by new interactive methods." Current research journal of pedagogics 3.10: 28-33. 10. С. Зокиров и Г. Рахматова, «Использование компьютерных игр в современном образовании: проблемы и решения», EPAI, т. 1, вып. 1, сс. 27–34, фев. 2023. Download 57.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling