Tafovutlari va ularni guruhlashtirish
Oriental Renaissance: Innovative
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
farg-ona-viloyatida-turizm-rivojlanishining-hududiy-tafovutlari-va-ularni-guruhlashtirish
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 761 w www.oriens.uz April 2021 KIRISH XXI asrda davlat iqtisodiyotining asosiy mablag‟ keltiruvchi tarmoqlaridan biri albatta – Turizmdir. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, mamlakatimizda ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur. Mamlakatimizda turizmning yangi istiqbollari ochilib, turli yo„nalishlarda keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, keyingi yillarda alpinizm, otda, tuyada, velosipedda sayohat qilish, off-road sayyohatlari, baliq ovi, rafting, heliski, geoturizm, ta‟lim turizmi, tibbiy turizm, etnoturizm kabi yangi sayyohlik yo„nalishlari ommalashmoqda. O„zbekiston Respublikasining “Turizm to‟g‟risida”gi 2019-yil davomida qabul qilingan quyidagi: - O‟zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni – 5 ta - O‟zbekiston Respublikasi prezidenti qarori – 1 ta - Vazirlar Mahkamasi qarori – 6 ta - Turizmni rivojlantirish davlat qo‟mitasi qarori – 3 ta - 2025 yilgacha bo‟lgan davrda turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi kabi normativ huquqiy hujjatlari turizmni rivojlantirish bo„yicha milliy, mintaqaviy, mahalliy dasturlar ishlab chiqish, ushbu yuqori rentabelli iqtisodiyot tarmog„ining oyoqqa turishi uchun me‟yoriy-huquqiy baza yaratish asosida turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni nazarda tutadi. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktyabrda qabul qilgan “Farg„ona viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to„g„risida qarori esa Farg‟ona viloyatida turizm rivojlanishida katta qadam hisoblanib, amalga oshirilayotgan loyihalar viloyat industriyasi va iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Turizmning rivojlanishi va turlari haqida B.Azar, B.Kristanov, N.Burgakov, A.Kondratyev, o‟zbek olimlaridan G.Nazarova, T.Tashmuratov, A.Saidov, N.Abdusalamova, N.Fayziyev va O.Hamidov, M.Q.Pardayev kabi tadqiqotchilarning ishlari turistik marketing, menejment, ta‟lim, tarbiya va turizmning yangi yo‟nalishlariga bag‟ishlangan bo‟lib, ularda tabiatga qilinadigan turizm orqali olinadigan ma‟naviy estetik zavq va turizmning boshqa afzalliklariga to‟xtalib o‟tilgan bo‟lsada ular umumiy qarashlarni ifodalashgan. Farg‟ona viloyatida turizmning umumiy rivojlanish holati va tendensiyalari hali to‟liq o‟rganilmagan edi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling