Tafovutlari va ularni guruhlashtirish


Oriental Renaissance: Innovative


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.74 Mb.
#1050718
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
farg-ona-viloyatida-turizm-rivojlanishining-hududiy-tafovutlari-va-ularni-guruhlashtirish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
763 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
rivojlanganligi sababli, tumanlar o‟rtasida keskin tafovut vujudga keladi. Natijada 
tuman 
areallarida 
nomutanosiblik 
shakllanib, 
bir-biridan 
uzoqda, o‟zaro 
bog‟lanmagan hududlar shakllanib qoladi. Bunday hududlarni turistik tarqoq yoki 
uzuq areallar deb nomlash maqsadga muvofiq.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‟rsatadiki, turistik jihatdan rivojlanish 
viloyatning hududiy birliklarida o‟ziga xos hususiyat kasb etib, rivojlangan turizm 
turi, tashrif buyuruvchilar soni, infrastruktura shakllanganligi, undan olinadigan 
daromad ko‟rsatkichlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Bunday hududiy tafovutlarni 
moslashtirish va umumiylashtirish maqsadida guruhlarga ajratish yaxshi samara 
beradi. Farg‟ona viloyatini turistik jihatdan baholash va guruhlashtirishda hududda 
mavjud turistik resurslar soni, tashrif buyurgan umumiy turistlar soni, tashrif 
buyuruvchilarning yosh hususiyatlari, tashrif buyurishdan maqsad, joylashtirish 
obyektlari ko‟rsatkichlari asosiy indeks hisoblangan. Viloyat hududini turistik 
jihatdan guruhlashtirish kelajakda qaysi hududlarda iqtisodiy vaziyatning 
yaxshilanishi, qaysi hududlarga ko‟proq e‟tibor qaratishni, viloyatda qaysi turizm 
yo‟nalishiga va guruhlariga ko‟p e‟tibor qaratishni aniqlab beradi va umumiy 
rivojlanishga o‟z ta‟sirini ko‟rsatadi.
Viloyatning turistik ko‟rsatkichlari holatini o‟rganish, uni tahlil qilish hamda 
indeks ko‟rsatkichini ishlab chiqish har bir hududni alohida baholashga xizmat qiladi. 
Jadval ma‟lumotlariga ko‟ra Qo‟qon, Farg‟ona va Marg‟ilon shaharlari 
ko‟rsatkichlari viloyat ko‟rsatkichidan yuqoriligi aniqlandi. Bu hududlarni tadqiqot 
ishining oldingi boblarida ham tavsiflab o‟tilgan bo‟lib, ularda avvalo shahar turmush 
tarzining tarixan shakllanganligi, turistik resurslar bilan boshqa hududlarga nisbatan 
ko‟proq ta‟minlanganligi, iqtisodiy markaz vazifasini bajarishi kabi xususiyatlari 
ushbu hududlarning turistik jihatdan qulayligini ifodalaydi. Turistik guruhlashtirish 
hududiy yaxlitlikka, aniq chegaralarga bo‟ysunmasada, o‟rganish va tahlil ma‟muriy 
birliklar(shahar va tumanlar)ga asosan olib borildi. Viloyat hududida mavjud 
vaziyatda hududiy tafovutlar yuqori bo‟lib, guruhlarga ajratishda ko‟plab muammolar 
ko‟zga tashlandi. Shu sabab shahar va tumanlarning 5ta indeks bo‟yicha umumiy 
ko‟rsatkichlarini hisobga olib (Farg‟ona viloyatining o‟rtacha ko‟rsatkichlari asos 
qilib olindi- viloyatda turistik obyektlar bilan o‟rtacha ta‟minlanish ko‟rsatkichi - 
22ta, Turistik firmalar soni -1ta, joylashtirish obyektlari -3ta, sotilgan sayyohlik 
yo‟llanmalari soni – 339ta ) quyidagicha guruhlashtirildi:  

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling