Tahrirchi Sinov Vazifasi Ma’lumot
Download 41.27 Kb.
|
Tahrirchi Sinov Vazifasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ingliz tilida gap boʻlaklari tartibi quyidagicha: SUBJECT + PREDICATE yaʼni: SUBJECT + VERB yoki: SUBJECT + VERB + OBJECT
Xulosa qiladigan boʻlsak:
Vaqtni bildiruvchi soʻzlar egadan oldin; Holatni ifodalovchi soʻzlar egadan keyin; Oʻrin-joyni ifodalovchi soʻzlar esa toʻldiruvchidan keyin, gapning oxirida keladi. Shunday qilib, “Men bugun uyda maroq bilan kitob oʻqiyman” degan gap rus tilida quyidagicha shakllantiriladi: — Сегодня я увлеченно читаю книгу дома. Aniqlovchilar rus tilida otdan (toʻldiruvchidan) oldin keladi: — Я читаю эту книгу. Rus tilida aniqlovchilar uyushib kelsa, ingliz tilidagidek xususiyatiga koʻra ketma-ket joylashtirish shart deb qaralmaydi: — Я читаю интересную научную книгу. Ingliz tilida gap boʻlaklari tartibi quyidagicha: SUBJECT + PREDICATE yaʼni: SUBJECT + VERB yoki: SUBJECT + VERB + OBJECT Bunda: Subject — ega (shaxs, narsa, joy yoki olmosh) Verb — harakatni bildiruvchi soʻz (feʼl yoki feʼlli birikma) Object — toʻldiruvchi (harakatning nimaga yoʻnaltirilganligini koʻrsatuvchi soʻzlar) Shuningdek, Adjectives — sifatlar (aniqlovchi) odatda oʻzi aniqlashtirayotgan soʻzdan (egadan) oldin keladi: — The smart teacher taught the quiet students. Sifatlar ingliz tilida gap oxirida kelishi ham mumkin, qachonki stative verbs (oʻzbek tilidagi holat feʼllariga toʻgʻri keladi) bilan birga qoʻllanilsa: — The students seem happy, but the teacher looks serious. Adverbs — ravishlar (ravishlar feʼlni, aniqlovchini, boshqa bir ravishning holatini ifodalab kelishi mumkin). Ravishlar gap boshida ham, oʻrtasida ham, oxirida ham kelishi mumkin, lekin koʻpincha feʼldan oldin ishlatiladi: — The teacher quickly taught the students. — Yesterday, the teacher taught the students. — The teacher quickly taught the students yesterday. Har uchala tilda ham soʻroq gaplarni shakllantiruvchi soʻroq soʻzlar gap boshida keladi. Rus va ingliz tillarida buyruq gaplarning kesimi gap boshida ishlatiladi. Oʻzbek va rus tillarida buyruq gaplarni oddiy darak gap strukturasiga buyruq ohangini qoʻshish orqali ham hosil qilish mumkin. Lekin oʻzbek tilida kesim gap boshida ishlatilsa koʻproq gʻazab, agressivlik maʼnolari yuklanadi. Download 41.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling