Tahrirchi Sinov Vazifasi Ma’lumot


Bonus 1. Unlilar uygʻunligi


Download 41.27 Kb.
bet6/7
Sana25.01.2023
Hajmi41.27 Kb.
#1120428
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tahrirchi Sinov Vazifasi

Bonus
1. Unlilar uygʻunligi — tilshunoslikda singarmonizm deb ataladi. (Singarmonizm — yunoncha sun — birga, harmonica — ohangdosh soʻzlaridan yasalgan) Singarmonizm asosan turkiy tillarga xos hodisadir.
Singarmonizmning ikki xil koʻrinishi mavjud:

  1. Palatal singarmonizm;

  2. Labial singarmonizm.

Palatal singarmonizmda unli tovushlar yumshoqlik va qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Masalan, qalam soʻzidagi [q] undoshi chuqur til orqa undoshi boʻlganligi bois, birinchi boʻgʻindagi [a] unlisi ham til ham til orqalik xususiyatiga ega boʻladi. Buning natijasida esa keyingi boʻgʻinda [a] tovushi ham til orqa unlisi sifatida namoyon boʻladi. Demak, birinchi [a] unlisi [q] undoshiga, keyingi boʻgʻindagi [a] esa oldingi boʻgʻindagi [a] unlisiga moslashadi.
Labial singarmonizmda unlilarning moslashishi ikki tomonlama boʻladi. Bunda unlilar ham til oldi — til orqalik jihatidan, ham lablanganlik- lablanmaganlik jihatidan oʻzaro, shuningdek, undoshlarga ham moslashadi. Bunga koʻra, soʻz boshidagi unli lablangan til oldi unlisi boʻlsa, soʻz oxirida ham lablangan til oldi unlisi keladi. Soʻz boshidagi unli lablangan til orqa unlisi boʻlsa, soʻz oxiridagi unli ham lablangan til orqa unlisi boʻladi. Masalan, boshqird, sogʻin, boʻgʻin soʻzlaridagi kabi.
2. Koʻmakchilar kelib chiqishiga koʻra: sof koʻmakchilar va vazifadosh koʻmakchilardan iborat boʻladi:

  1. Sof koʻmakchilar lugʻaviy maʼnosini batamom yoʻqotgan: bilan, uchun, kabi, singari, uzra, sayin, qadar singari soʻzlarni oʻz ichiga oladi;

  2. Koʻmakchi vazifasida qoʻllanadigan soʻzlarga tomon, boshqa, sababli, orqali, tufayli, qarab, qaramay, soʻng, tashqari, beri, koʻra, chogʻli, uzra singari soʻzlar kiradi.

Koʻmakchi vazifasida qoʻllanadigan soʻzlar guruhi tarkiban quyidagi mustaqil soʻzlarning nutqda koʻmakchi vazifasida ishlatilishi, yaʼni grammatikalizatsiyalashuvi natijasida yuzaga keladi.
Ot koʻmakchilar nutqda ham mustaqil maʼnoda, ham koʻmakchi vazifasida ishlatiladigan ot, sifat yoki ravish turkumiga mansub boʻlgan quyidagi soʻzlardan tashkil topadi: tomon, tashqari, boʻyi, chamasi, holda, yoʻsinda kabi otlardan; sababli, tufayli, orqali, qarshi, chogʻli, doir, muvofiq, oʻzga, boshqa kabi sifatlardan; burun, ilgari, keyin,beri, buyon,asosan, binoan, soʻng singari ravishdan iborat boʻladi;
Koʻmakchi otlar, asosan, belgisiz qaratqich kelishigidagi soʻzdan keyin kelib, mazkur soʻzlarni oʻzi oʻrin-payt va chiqish kelishigi hamda egalik qoʻshimchalarini qabul qilgan holda feʼlga bogʻlash uchun xizmat qiladi: yer ostidan qaramoq, bir hafta ichida uchrashmoq kabi.
Koʻmakchi ot vazifasida keluvchi bu soʻzlar belgili qaratqich kelishigidagi ot bilan birikkanda, oʻz mustaqil lugʻaviy maʼnosini saqlaydi. Masalan uyning ichida, binoning yonida, poydevorning ostidan kabi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, kelishikdagi otlar oʻz mustaqil maʼnosini batamom saqlaydi, koʻmakchi otlar esa oʻzining leksik maʼnolarini saqlagan mustaqil soʻz boʻlishiga qaramay, ularning maʼnolari koʻpincha metaforik usulda koʻchgan holda yordamchi soʻzlar kabi munosabatlarni bildirib keladi. Xususan, ost, ust,old, orqa, yon, ich, ora, bosh, oʻrta soʻzlari koʻmakchi otlardir.
3. “Tarafidan” soʻzi boshqa kelishiklarda kelganda ham koʻmakchi vazifasini bajarishi mumkin:
1) Bosh kelishikda: Sen men taraf boʻlishing kerak.
2) Qaratqich: Biz hamisha yutgan tarafning muxlisimiz, mehmon.
3) Tushum: Ukang boʻlganligi uchun tarafini olyapsanmi?
4) Joʻnalish: Onamning qarindoshlari bilan yaqin emasman, shungami koʻproq otam tarafga yon bosaman.
5) Oʻrin-payt: Biz tarafda meros kichik farzandga qoladi.

Download 41.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling