TaHrirlovchi programmalar Microsoft Word matn tahrir dasturi. Word oynasining tuzilishi Wordda menyular bilan ishlash. Wordda klavyatura kombinatsiyalari


Download 166.48 Kb.
bet2/19
Sana17.06.2023
Hajmi166.48 Kb.
#1549170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Oynalar bilan ishlash Hujjat oynasi bilan tatbiqiy programma oynasi tushunchalarini farqlay bilish lozim. Hujjat oynasi - bu WinWord oynasining bir qismi bo`lib, unda hujjat ko`riladi va qayta ishlanadi. Bir vaqtning o`zida bir nechta hujjat oynasi ochish hamda unga qo`shimcha ravishda bu oynalar yana ikki qismga bo`lingan bo`lishi ham mumkin. Ochiladigan oynalar soni kompyuterning imkoniyat darajasi bilan belgilanadi. Tatbiqiy programmalar oynasi - bu faol ilova oynasidir. U meny va hujjatlar oynasini o`z ichiga olgan ishchi sohaga ega.
Matnni kiritish va tahrirlash chog`ida foydalanuvchi faol oynadagi faol hujjat bilan ishlaydi. Buning uchun matnni jihozlash va qayta ishlash uchun kerak bo`lgan barcha meny va buyruqlar xizmat qiladi.
WinWord muharriri multioynali xususiyatiga ega bo`lib, u asosan bir vaqtda bir nechta hujjatlar bilan, ularning oynalarini ko`rinadigan holga keltirib, ishlash imkoniyatini beradi.
Hujjat oynasini ikkita mustaqil panelga ajratish va bu panellarda bitta hujjatni har xil bo`laklarini solishtirish va o`zgartirish mumkin.
Word oynasining tuzilishi,Sistema menysi Sistema menysi oynaning chap yuqori burchagidagi klavisha orqali ochiladi. Ushbu klavishadagi piktogrammaning ko`rinishi faol ilovaga bog`liq. WinWord da ushbu piktogramma ko`k rangdagi W harfi bilan ifodalangan. Oyna piktogramma ko`rinishiga keltirib qo`yilgan bo`lsa ham sistema menysini ochish mumkin, buning uchun Windows 95 masalalar panelidagi mos piktogrammani sichqonchaning o`ng klavishasi bilan belgilash kerak. Klaviaturadan esa buning uchun Alt va bo`sh joy belgisi birgalikda bosiladi. Sistema menysi buyruqlari sichqoncha, ko`rsatkichni boshqarish klavishalari, qaynoq klavishalar yoki ostiga chizilgan harflarni Alt klavishasi bilan birga bosish orqali bajariladi.
Sarlavha satriSarlavha satrida tadbiqiy programmaning nomi joylashadi.Agar hujjat oynasi to`la oyna holatiga keltirilgan bo`lsa, u holda sarlavha satrida ushbu hujjat nomi ham ko`rsatiladi. Boshqa hollarda hujjat nomi mos oyna sarlavha satrida beriladi. Agar yangi hujjatga nom berilmagan bo`lsa, u holda doimiy qabul qilingan birinchi hujjat uchun Dokument1, ikkinchisi uchun Dokument2 va hokazo nomlar beriladi. Bundan tashqari, sarlavha satrining o`ng burchagida oyna ko`rinishini tanlash uchun uchta klavisha joylashgan. Bulardan chapdan birinchisi oynani piktogrammaga aylantirib, ikkinchisi masalalar panelida joylashtirish to`liq oynaga yoki asl holiga keltirish va uchinchisi oynani yopish vazifalarini bajaradi.
Sarlavha satrini sichqoncha bilan ikki marta tanlasak, u holda oyna to`liq bo`lsa asl holiga va aksincha asl holida bo`lsa to`liq holga o`tadi. Asl holdagi oynani sarlavha satridan sichqoncha bilan ushlagan holda ekranning ixtiyoriy joyiga ko`chirib o`tkazish mumkin.

Download 166.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling