TaHrirlovchi programmalar Microsoft Word matn tahrir dasturi. Word oynasining tuzilishi Wordda menyular bilan ishlash. Wordda klavyatura kombinatsiyalari


Download 166.48 Kb.
bet8/19
Sana17.06.2023
Hajmi166.48 Kb.
#1549170
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Format menysi
Format menysi quyidagi bandlardan tashkil topgan.
Shrift bandi orqali quyidagilarni bajarish mumkin:
1. Yozayotgan yozuvimiz turini aniqlash. Bu bandning muloqot oynasida yozuv turlari mavjud. Xohishga ko`ra sichqoncha orqali xohlagan yozuv turini tanlash mumkin.
2. Matnni normal (obichniy) holatda, qiya (kursiv) holatda, yarim qalin (polujirniy), qiya va qalin (polujirniy kursiv) holatlarda yozish imkonini beradi.
3. Harflar yoki harflar tizimi o`lchovini kattalashtirish (1638 gacha), kichiklashtirish (1 gacha).
4. Tagiga chizish (podcherkivaniya) bo`limida esa yozuv tagiga chiziqli, to`g`ri, ikki chiziqli chiziqlar chizish.
5. Harflarga ranglar berish.
6. Ta'sirlar bo`limida (effekti) yozuv o`rtasidan chiziq o`tkazishimiz, yozuv yuqorisiga yoki pastiga indeks yozish mumkin.
Endi Interval (oraliq) bo`limini ko`rib chiqamiz:
1. Interval (oraliq) - yozayotgan yozuvlar, aniqrog`i harflar oralig`ini kengaytirib (razrejenniy) yoki orasini zichlab (uplotnenniy) yozish mumkin.
2. Polojeniye (holat) bo`limida yozayotgan harflarni yoki yozuvlarni satrdan yuqoriroqda yoki pastroqda yozish tanlanadi.
3. Velichina (kattalik) bo`limida - harflar oralig`ini boshqacha usulda kengaytirish yoki zichlashtirish mumkin. Bu ishni kursorni raqam yonidagi belgi ustiga keltirib bajariladi. Yuqoridagi amallar bajarilishi. Naprimer (namunada) bo`limida ko`rib boriladi.
Abzats bo`limida-yozayotgan matnlarni, she'rlarni va boshqa hujjatlarni mos, qulay holga keltiriladi.
Buning uchun quyidagilarni bajarish lozim:
1. Otstup (chekinish) - kursor bilan belgilangan abzatsni o`ngga yoki chapga surishimiz mumkin. Bu bo`lim ko`proq she'rlar uchun xosdir. Misralarni o`ngga yoki chapga surib, ularni qog`ozga mos holda joylashtirishimiz mumkin.
2. Belgilangan abzatsni oldingi abzatsga yoki misrani oldingi misraga yaqin yoki uzoqlashtirib joylashtirishimiz mumkin.
3. Mejstrochniy (satrlararo) bo`limida satrlarni 1.5 satrlik oraliqda, ikki, uch satrlik kenglikda yoki minimum kenglikda yozishimiz yoki shu holatga keltirish;
4. Viravneniye (tekislash) bo`limi orqali misralarni, abzatslarni o`rtaga, chapga, o`ngga joylashtirish;

Download 166.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling