TaHrirlovchi programmalar Microsoft Word matn tahrir dasturi. Word oynasining tuzilishi Wordda menyular bilan ishlash. Wordda klavyatura kombinatsiyalari


Download 166.48 Kb.
bet11/19
Sana17.06.2023
Hajmi166.48 Kb.
#1549170
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Tablitsa (jadval) menysi
Winword foydalanuvchilar uchun jadvaldan foydalanishning juda qulay usulini taklif qiladi. Tabulyatorlar yordamida jadvallarni formatlash, chiziqlar o`tkazish va hokazolarni bajarish mumkin. Winword da boshqa obyektlardagi kabi jadvallar uchun ham, WYSIWYG interfeys tashkil topgan. Jadvaldagi ustunlar enini, uni tuzgandan keyin ham sichqoncha yordamida o`zgartirish mumkin.
Winwordda jadvallarni avtomatik ravishda formatlovchi apparat-Avtoformat/Table Autoformat mavjud
Jadvallar tuzish
Asosiy piktografik menyda jadvallar bilan ishlash uchun piktogramma mavjud. Yangi jadval tuzish uchun kursorni yangi jadval joylashishi kerak bo`lgan joyga olib borib, jadvalni joylashtirish piktogrammasiga olib borib Vstavit tablitsu tugmasini bosish kerak -. Ekranda jadval prototipi ko`rinadi. Sichqoncha orqali jadval kattaligini, ustunlar sonini va satrlarni aniqlash imkonini beradi.
Sichqonchadagi chap klavishani qo`yib yubormasdan, ko`rsatkichni yurgizib, jadval kattaligini o`zgartirsa bo`ladi. Agar klavishani qo`yib yubormasdan ko`rsatkichni jadvaldan chiqarib yuborsak, u holda jadval kattalashadi. Klavisha qo`yib yuborilishi bilan jadval xuddi shu o`lchamli hujjatda tasvirlanadi va bu ekranda ko`rinadi. Jadvaldagi barcha katakchalar bo`sh va bir xil o`lchamga ega. Standartga muvofiq ekrandagi ustunlar punktir chiziqlar bilan ajratilgan. Ular orqali jadvalning o`lchamlari haqidagi tasavvurga ega bo`lish mumkin.
Jadval bo`yicha harakatlanish Jadval bo`yicha yurish sichqoncha yoki kursorni boshqaradigan klavishlar orqali boshqariladi. Yacheykadan yacheykaga o`tish Tab klavishasi orqali boshqariladi. Orqaga o`tish esa Shift + Tab klavishalari orqali amalga oshadi. Agar jadvalning oxirida turib Tab klavishasi bosilsa Winword avtomatik ravishda xuddi shuncha yacheykalari bo`lgan yana bir satr tashkil toptiradi.Quyida klavish funksiyalari yoritilgan:
Enter Yacheykaga yangi abzats kiritish
Shift+Tab satrdagi keyingi yacheykaga kursorni o`tkazishi
Alt+Home satrdagi birinchi yacheykaga kursorni joylashtirish
Alt+PgUp Ustundagi birinchi yacheykaga kursorni olib borish
Alt+PgDn Ustundagi oxirgi yacheykaga kursorni olib borish
Ctrl+Tab Yacheykaga tabulyatorni qo`yish

Download 166.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling