TaHrirlovchi programmalar Microsoft Word matn tahrir dasturi. Word oynasining tuzilishi Wordda menyular bilan ishlash. Wordda klavyatura kombinatsiyalari
Download 166.48 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadvalga satr qo`shish.
- Table
Jadvallarni qayta ishlash Winword da jadvalni tahrirlash va formatlashning ikki usuli bor: sichqoncha yoki meny buyrug`i orqali. Uning qaysi birini tanlash foydalanuvchiga havola.
Sichqoncha bilan ishlash ishni tezlashtiradi. Jadvalni yangi ma'lumot bilan to`ldirish, uni olib tashlash, bir necha yacheykalarni birlashtirish, ustun qo`shish va olib tashlash uchun meny buyruqlaridan foydalanish qulay hisoblanadi. Jadvalga satr qo`shish.Tayyor jadvalga doim o`zgartirish kiritish mumkin. Jadvalga bir necha satr qo`shish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak. • Sichqoncha yordamida: Qancha satr qo`shish kerak bo`lsa shuncha satrni markirovkalash (belgilash) lozim. Buning uchun kursorni jadvalning chap tomonidagi markirovka yo`liga qo`yish kerak. Shunda u o`ng va yuqoriga yo`naltirilgan strelka tusini oladi. Va chap klavishani qo`yib yubormasdan, yuqoriga ajratilmoqchi bo`lgan satrga yo`naltirish lozim. Tasvir o`zgaradi. · Klaviatura yordamida: Table menysidagi Insert Rows buyrug`ini tanlang. Agar menyda bunday buyruq bo`lmasa markirovka xato bajarilgan bo`ladi. Winword da yangi satrlar markirovkaning yuqori qismiga qo`yiladi. Agar satrni jadval oxiriga qo`ymoqchi bo`lsangiz, jadvaldan keyingi kiritish kursorini abzats boshiga qo`yish lozim va Table menysidagi Insert Rows buyrug`ini tanlash kerak. [Insert Rows] satr qo`yishdagi muloqotli oynada nechta satr qo`yish kerakliligini ko`rsatish mumkin.Qo`shilayotgan satrdagi yacheykalar formati ustun yacheykalari formatiga to`g`ri keladi. Ustun qo`yish.Jadvalga yangi ustun qo`yish orqali o`ngga yoki chapga kengaytirish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak. •Nechta ustun kerak bo`lsa shuncha ustunni markirovka qiling. Buning uchun kursorni ustun yuqori chegarasiga qo`ying. U pastga qaragan qora strelka tusini oladi. Sichqonchani chap klavishasini bosing va qo`yib yubormasdan nechta ustun kerak bo`lsa, shuncha yon tarafga kursorni yurgizing. Markirovkalangan ustunlar ajraladi. • Table menysidagi Insert Column buyrug`ini tanlang. Yangi ustunlar jadvaldagi markirovka bo`lgan ustunlarining chap tomonida paydo bo`ladi. Agar ustunlarni o`ng tarafga qo`yish yo`li bilan jadvalni kengaytirmoqchi bo`lsangiz, kursorni birinchi satrdagi oxirgi yacheykadan keyin qo`yish kerak. Table menysidagi Select Column buyrug`ini tanlab, Insert Column buyrug`ini bajaring. Shundan so`ng Winword jadval o`ng tomondagi birinchi ustundan keyin bir ustun qo`yadi. Download 166.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling