TaHrirlovchi programmalar Microsoft Word matn tahrir dasturi. Word oynasining tuzilishi Wordda menyular bilan ishlash. Wordda klavyatura kombinatsiyalari


Download 166.48 Kb.
bet13/19
Sana17.06.2023
Hajmi166.48 Kb.
#1549170
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Ustun enini o`zgartirish .Ustun enini o`zgartirish uchun menydan foydalanmasdan turib, sichqonchaning o`zidan foydalanish mumkin. Buning uchun kursorni kengaytirmoqchi bo`lgan ustunning o`ng tomonidagi chegaralovchi chiziq ustiga qo`ying. Agar kursor chiziqqa to`g`ri tushsa, uning tuzilishi o`zgaradi, siz uni darhol payqaysiz.
So`ng sichqonchani qo`yib yubormasdan, ajragan chiziqni xohlagancha o`ng yoki chapga surish mumkin. Ustun kengaytirishni boshqa usuli koordinata chizig`i orqali bajariladi. Chizg`ich ko`rinishi uchun View menysidagi Ruler buyrug`i qo`yilishi kerak. Ajraluvchi chiziqni o`zgartirish uchun sichqoncha orqali koordinata chizig`idagi mos tushuvchi o`lchamni surish kifoya.
Ustun enini o`zgartirish usulidan qat'iy nazar jadvalning umumiy eni o`zgarishsiz qoladi. Ustun enini iloji boricha aniq o`zgartirish uchun menydan foydalaniladi.
Buning uchun o`sha ustunni ajratib olib Table menysidagi Height and Width buyrug`ini tanlang. Bundan so`ng muloqot oynasi ochiladi, u ikki bo`limdan iborat, ya'ni Row va Column. Enini o`zgartirish uchun Column buyrug`iga kirish kerak. Column bo`limida ustun enini kiritish kerak va ustundagi matn orasidagi masofani ham shu tarzda kiritish lozim. Ma'lumotlarni kiritgandan so`ng qat'iyligini ko`rsatish uchun Okni bosish kerak.
Qator balandligini o`zgartirish.Satr balandligi kiritilgan matn hajmi va yacheykadagi abzats orasidagi masofani kattaligiga qarab aniqlanadi. Lekin ba'zan standart balandlikdagi satrni o`zgartirish kerak bo`ladi. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak.
• o`zgartiriladigan satrni markirovkalash;
Table menysidagi Cell Height and Width buyrug`idagi muloqot oynasidagi Solumn bo`limini tanlang.
• Paydo bo`lgan muloqot oynasida Space Between columns ga kerakli kattalikni kiriting. Ok ni bosing.
Berilgan jadvalni saralash.Butun satrlarni o`zgartirish va berilgan jadvalni to`liq sortirovkalash Table menysidagi Sort buyrug`i orqali bajariladi. Agar saralash kerak bo`lgan ma'lumotlar jadval ichida joylashmagan bo`lsa, bu Table menysidagi Sort Text buyrug`i orqali bajariladi.
To`liq saralash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
• Saralash uchun satrlarni markirovkalash. Sarlavha satri saralanmaydi, shuning uchun ajralmaydi.
Table menysidan Sort buyrug`ini chaqiring. Type maydonida saralash kerak bo`lgan ma'lumotlar turini aniqlang. (Text, Number yoki Date). Ascending (ko`payib boruvchi) va Descending (kamayib boruvchi) tanlash klavishalari orqali saralash ko`rinishini aniqlang.
• Agar kerak bo`lsa, Options muloqotli oynasida saralash jarayoni parametrini o`zgartirish mumkin.
Ok klavishasini bosing.

Download 166.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling