Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika


Zaxiralar holatini nazorat qilish tizimining umumiy


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/97
Sana18.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1708230
TuriУчебное пособие
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97
Bog'liq
12740 2 8C3DF8C9FBA2BAD90DEF72237DD93262E7235739

Zaxiralar holatini nazorat qilish tizimining umumiy 
xususiyatlari 
Zaxiralarni boshqarish ularning haqiqiy xolatini nazorat qilishni 
boshqarishni nazarda tutadi. 
Zaxiralar holatni nazorat qilish-bu ishlab chiqarish-texnika 
vazifalari uchun mo’ljallangan zaxiralar darajasini xalq ists’moli 
buyumlarining va x..k, zaxiralarni saqlash me’yorlariga nisbatan 
o’zgarishlarning sodir etilishi va bu o’zgarishlarni bartaraf etish 
maqsadida tezkorlik bilan chora ko’rish uchun o’rganish va tartibga 
solishni o’z ichiga oladi. 
Zaxiralar holatini nazorat qilishning zarurati zaxiralar haqiqiy 
holatining me’yorlarda ko’rsatilgan doirasida: chiqib ketgan hollarida 
xarajatlarni orttirish shart-sharoitlarini nazarda tutadi. 
Zaxiralarni nazorat qilish ularni hisobga olish ma’lumotlari 
asosida o’tkaziladi va uzluksiz ravishda yoki ma’lum davrlarda 
amalga oshiriladi. 
Amalda nazoratning turli usullari qo’llanilib, ularni quyidagi 
xususiyatlari bo’yicha tabaqalash mumkin; 
-tekshirish tartibi: davriy yoki uzluksiz. 
-zaxira me’yoriy darajasi mavjudligi yoki yo’qligi; 
-talab qilinadigan to’plamning ko’rinishi: bir xilda yoki har xil. 
Zaxiralar holatini nazorat qilish, hamda yetkazib beruvchiga 
bo’lgan talabning shakllanishi quyida bayon etilgan tizimlarning biri 
orqali amalga oshirilishi mumkin. 
Tezkor boshqaruv tizimi. Ma’lum vaqt o’tgandan so’ng «talab 
qilinadimi» yoki «talab qilinmaydimi», agar talab qilinsa, u holda 
tovarning qancha birligi miqdorda va hk. kabi tezkor xulosaga 


57 
kelinadi.  
Bir xilda yetkazib berish tizimi. Bir xildagi vaqt birligida tovar 
birligining ma’lum miqdori talab qilinadi. 
Yuqori darajadagi zaxira miqdorini to’ldirish tizimi. Bunday 
hollarda bir xil vaqt oralig’ida tovarlar to’plami talab qilinib, ularning 
hajmi, ya’ni tovar birligining miqdori, eng yuqori zaxiralar 
miqdorining tekshirish o’tkazilgan davrdagi haqiqiy zaxiralar darajasi 
o’rtasidagi farqqa teng bo’ladi. 
Zaxiralar darajasining haqiqiy holatini davriy tekshirishdagi 
mustahkam talablar miqdorining tizimi (zaxira miqdori) tekshirib 
turiladi. Doimiy tovarlar talabiga ehtiyoj shunday sharoitlarda 
seziladiki, tekshirish davridagi tovarlar zaxirasi belgilangan tovar 
miqdorlariga teng yoki undan kamroq bo’lishi mumkin. Aks holda, 
talab qilmaslik haqida qarorga kelinadi. 
Haqiqiy zaxira darajasini uzluksiz ravishda tekshirishda talab 
miqdorini mustahkamlash tizimi (zaxira darajasining yaqin o’rtadagi 
miqdori). 
Zaxiralar bilan yaqin o’rtadagi miqdorga yetganda tovarlar 
to’plami doimiy hajmda talab qilinib turiladi. Zaxiralar darajasining 
haqiqiy holatini davriy ravishda tekshirishdan o’tkazilganidagi ikkita 
darajali tizim (zaxira darajasining yaqin o’rtadagi miqdori). Tovar 
zaxiralarning haqiqiy darajasi bir xil vaqt oraliqlarida tekshirib 
turiladi. Agar ular eng kichik miqdordan kam bo’lsa, yoki unga teng 
bo’lsa, u holda tovar to’plamini talab qilish haqida qarorga kelinadi 
eng yuqori tovar zaxiralari bilan tekshiruv davomidagi haqiqiy 
zaxiralar o’rtasidagi farqning talablarni bajarish davrida kutilayotgan 
tovarni sotish miqdoriga ko’paytiriladi. 
Talab qilinadigan to’plamning miqdori eng yuqori tovar 
zaxirasiga teng bo’lgan farqqa va zaxira darajasining yaqin o’rtadagi 
miqdoriga qarab belgilanadi, hamda talabni bajarish vaqtidagi 
kutilayotgan xarid miqdoriga ko’paytiriladi. 


58 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling