Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika
bo'yicha harakatlar algoritmi
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
bo'yicha harakatlar algoritmi:
1. Iste'mol xususiyatlarini, sifatiga, assortimentiga va hajmiga bo'lgan talablarni aks ettirgan logistika xizmatlari bozorini batafsil segmentatsiyalash. 2. Ishlab chiqarilgan logistika xizmatlarining asosiy (tayanch) kompleksi va iste'molchilarga taklif etilayotgan qo'shimcha (yordamchi) xizmatlarning tarkibini aniqlash. 3. Logistika xizmatining asosiy va yordamchi komplekslarida ustuvorlik. Ularning harakati shartlari va parametrlarini aniqlash. Oddiy, nostandart va favqulodda vaziyatlarda funktsional faoliyat loyihalarini ishlab chiqish. 4. Taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini baholash (va qayta baholash). Xizmat ko'rsatish darajasi va logistika xizmatlari narxi o'rtasidagi sababiy munosabatni o'rnatish. 5. Xizmatlarni birlashtirish va bozorning alohida segmentlari uchun xizmatlarni mahalliylashtirishda standartlarning asosiy mezonlarini ishlab chiqish. 6. Iste'molchilarning talablari va kontingentiga qarab xizmatning turli darajalarini aniqlash. 7. Xizmat ko'rsatish sohasidagi zarur resurslarning tarkibini muvofiqlashtirish va ularni logistika faoliyatining barcha sohalariga yo'naltirish. 8. Ushbu chora-tadbirlar amalga oshirilganda raqobatdosh himoya va yashirin imkoniyatlar manbalarini aniqlash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 9. Ishlab chiqarilayotgan xizmatlarni iste'molchilar xohishlariga moslashtirish maqsadida iste'molchilar bilan aloqani shakllantirish va takomillashtirish. 10. Logistika xizmatining quyi tizimining logistika tizimining boshqa quyi tizimlari bilan aloqalarini monitoring qilish va rivojlantirish. Takrorlash uchun savollar: 1. Logistika xizmati nima? 119 2. Logistika xizmatlarining asosiy xususiyatlarini qanday ta'kidlab o'tishingiz mumkin? 3. Logistika xizmatlari sohasidagi barcha ishlarni va operatsiyalarni qanday toifalarga bo'lish mumkin? 4. Logistika xizmatlarining samaradorligi deganda nimani tushunasiz? 5. Logistika xizmatlari darajasini qanday baholaysiz? 6. Makro va mikro logistika xizmatining mohiyati nimada? 7. Xalqaro amaliyotda xizmatni tashkil etishning qaysi tizimlarini bilasiz? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling