Taklif tushunchasi egri chiziqli va taklif miqdoriga ta'sir ko'rsatuvchi omillar Reja


Download 355 Kb.
bet1/3
Sana11.02.2023
Hajmi355 Kb.
#1189577
  1   2   3
Bog'liq
Taklif tushunchasi egri chiziqli va taklif miqdoriga ta\'sir ko\'rsatuvchi omillar


Taklif tushunchasi egri chiziqli va taklif miqdoriga ta'sir ko'rsatuvchi omillar
Reja:


  1. Taklif tushunchasi va Taklif qonuni. Taklif miqdoriga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar.

  2. Monopoliyaga qarshi siyosatning natijalari.

  3. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar.

1. Taklif , ishlab chiqaruvchilarning narxning har bir darajasida Tovar yoki xizmatlarning bozorga sotishga chiqariladigan miqdoridir. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli taklifning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Taklif har xil narxlarda sotishga qancha miqdorda mahsulot chiqarilishini ko‘rsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan. Tovar (taklif) miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Bu o’zaro, to’g’ridan- to’g’ri bog’liqlik taklif qonuni deyiladi. Ishlab chiqaruvchi uchun narxning oshishi rag‘batlantiruvchi vazifani bajaradi. Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi jadvaldagi ma‘lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig‘ini tasvirlash mumkin. Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ta‘sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:


1) Resurslarning narxi; 2) Ishlab chiqarish texnologiyasi; 3) Soliq va dotatsiyalar; 4) Boshqa tovarlarning narxi; 5) Narx o‘zgarishining kutilishi; 6) Bozordagi sotuvchilar soni.
Taklifning shu omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining o‘zgarishini taqozo qiladi.
TAKLIF EGRI CHIZIG’I
Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash va transport tashish xarajatlari ham ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi. Taklif – ishlab chiqaruvchilar narxning har xil darajasida bozorga sotishga chiqariladigan tovarlar miqdoridir.

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling