Taklif tushunchasi egri chiziqli va taklif miqdoriga ta'sir ko'rsatuvchi omillar Reja


Download 355 Kb.
bet2/3
Sana11.02.2023
Hajmi355 Kb.
#1189577
1   2   3
Bog'liq
Taklif tushunchasi egri chiziqli va taklif miqdoriga ta\'sir ko\'rsatuvchi omillar

Taklif egri chizig’i – narx va taklifning hajmi o‘rtasidagi to‘g‘ridan -to‘g‘ri bog‘liqlikning grafikdagi tasviridir.
Taklif qonuni – narx bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ifodalaydi.
Taklif (talab) ning egiluvchanligi – narx 1% o‘zgarganda talab necha foiz o‘zgarishini ko‘rsatadi. Bu talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ham deyiladi.
2. Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya‘ni, grekcha «monos» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsa-da, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliya – iqtisodiy faoliyatining biror sohasida (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, tijorat va h.k.) korxona yoki davlatning tanho hukmronligini ifodalaydi. Monopoliyalar bir qator yo‘llar orqali kelib chiqadi. Bular:
- Ishlab chiqarishning to‘planishi
- Kapitalning to‘planishi va markazlashuvi.
- Fan texnika taraqqiyoti.
- Davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo‘llab-quvvatlashi.
- O‘zaro kelishish.
Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin raqobatga to‘sqinlik qilib, iqtisodiy rivojlanishga ancha jiddiy salbiy ta‘sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosatning mazmunini tashkil etadi.
Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Odatda AQShdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi qonunchilik hujjatlariga asoslanadi:
Sherman qonuni (1890 y.) Kartel bitimlarini noqonuniy deb hisoblaydi, savdoni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga olish, narxlar bo‘yicha kelishuvlarni ta‘qiqlaydi. Bu qonun asosan savdo va tijorat faoliyatining monopollashuviga qarshi yo‘naltiriladi. Hamda erkin savdoni cheklashga qaratilgan kelishuvlarning har qanday shakliga taqiq qo‘yadi. Mazkur qonunda jazo chorasi sifatida jarimalar, zararni qoplash, qamoqqa olish va hatto aybdor firmani tugatishni ham ko‘zda tutadi. Qonunning eng muhim hususiyati mavjud faoliyat qilib turgan monopoliyalarga qarshi kurashga qaratiladi. Uning kamchiligi asosiy qoidalar noaniqligi, qonunning bajarilishini nazorat qiluvchi doimiy muassasa yo‘qligi va antimonopolistik tadbirlarning profilaktik xarakterga ega bo‘lganligidir.

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling