Taklif tushunchasi egri chiziqli va taklif miqdoriga ta'sir ko'rsatuvchi omillar Reja


Download 355 Kb.
bet3/3
Sana11.02.2023
Hajmi355 Kb.
#1189577
1   2   3
Bog'liq
Taklif tushunchasi egri chiziqli va taklif miqdoriga ta\'sir ko\'rsatuvchi omillar

Robinson-Payman qonuni (1936 y.) Bu qonun savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar va boshqa shu kabilarni taqiqlaydi. AQShdagi trestlarga qarshi mavjud qonunchilik ko‘proq darajada boshqa mamlakatlarda ham antimonopol qonunchilikning rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatgan.
Unler-Li qonuni (1938 y.) Savdo bo‘yicha federal komissiyaga savdoda chalg‘itishga olib keladigan harakatlarni‖ nazorat qilish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyat qo‘ygan. Natijada komissiya iste‘molchini reklama va yolg‘on ma‘lumot natijasida jabr ko‘rishdan himoya qilish vazifasini oldi. Unler-Li qonuni iste‘molchilar huquqini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur qonun yolg‘on reklama va ma‘lumotlarni soxtalashtirishga qarshi qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Ayni vaqtda bir qator tarmoqlarda (gaz-ta‘minoti, elektr ta‘minoti va h.k.) tabiiy monopoliyalardan holi bo‘lish qiyin. Shu sababli davlat ularga nisbatan bevosita yoki bilvosita tartibga solish dastak va vositalarini qo‘llashga majbur bo‘ladi.
3. Ma'lumki, bugun jahon bozori konyukturasi keskin o‘zgargan, globallashuv sharoitida raqobat kuchaygan davrda yashayapmiz. Bunday murakkab sharoitda respublikamizda ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, rivojlanishning yuqori o‘sish darajasini ushlab turish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlar haridorgirligiga erishish, milliy valyuta tushumini ko‘paytirish kabi muhim vazifalar amalga oshirib kelinmoqda. Davlatning asosiy vazifasi - resurslardan foydalanish samaradorligiga, shuningdek, davlat boshqaruvining samaradorligiga erishishdan iborat. Buning uchun esa sog‘lom raqobat muhitini yaratish zarur. Raqobat muhitini shakllantirish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini,oshirish,vazifasi davlatning tartibga soluvchi funksiyalari,alohida ahamiyat kasb etadi. Davlatning iqtisodiyotdagi roli uning funksiyalarida muayyanlashadi. Davlatning,o‘tish iqtisodiyotidagi barcha funksiyalari bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlikning hususiyatiga qarab davlatning tartibga soluvchi funksiyalarining ikkita guruhini ajratish mumkin. Birinchidan, bu bozorning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish funksiyasi. Ikkinchidan, bu bozorning o‘z tartibga soluvchilarini ta’sirini to‘ldirish va unga tuzatishlar kiritish. Hozirgi zamonda davlat - milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish siyosati bilan shug‘ullanishi mumkin va lozim bo‘lgan yagona institutdir.
Makro va mikrodarajadagi raqobatbardoshlik ajratiladi. Milliy raqobatbardoshlikni mutaxassislar aholi turmush darajasini oshirishda va xalqaro iqtisodiy andozalarga amal qilishda milliy iqtisodiyotning boshqa mamlakatlarda ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar bilan raqobat sharoitida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish qobiliyati sifatida ta’riflashadi. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish vazifalarini hal etish uchun uzoq muddatli rejada, jahon tajribasi ko‘rsatib turganidek, kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirishga, bilimlarni baham ko‘rish va ITTKIni qo‘llab-quvvatlashga hamda infratuzilmani rivojlantirishga investisiyalar davlat tomonidan tartibga solishning eng samarali choralari hisoblanadi.
Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling