"Amir Temur " guruhi
Oqara boshladi bosh-u to‘kula boshladi tish,
Safar yarog‘ini qilg‘ilki, tushti boshinga ish.
Yigitligim boribon, keldi boshima qarilig‘,
Fano yo‘lida bu yanglig‘ emish borish-u kelish.
Janri: A) g‘azal B) qit’a C) fard
Asosiy mavzusi (g‘oyasi) _______________________________________
Bazl - in'om, hadya
Yarog‘ - qurol, aslaha
Fano - yo‘qlik, o'lim
Yanglig‘ - xuddi, go‘yo
"Mirzo Ulug'bek " guruhi
Chu dushman o‘ldi qadimiy, ziyonidin hazar et,
Agarchi nutqi ravonbaxshi jong‘a rohat erur.
Suv birla o‘t aro ziddiyat o‘ldi chun azaliy,
Agar hayot suyidurki, o‘tg‘a ofat erur.
Janri: A) g‘azal B) qit’a C) fard
Asosiy mavzusi (g‘oyasi) ___________________________________________
Chu, chun - go‘yo, xuddi; chunki, madomiki
Hazar - ehtiyotkorlik, saqlanish
Azaliy - boshlanish, ibtido
"Shohruh Mirzo " guruhi
Bazl hayvonvashlar ilgidin agar istar ko‘ngul,
O‘yladurkim orzu qilg‘ay bug‘u shoxida gul.
Janri: A) g‘azal B) qit’a C) fard
Asosiy mavzusi (g‘oyasi) ___________________________________________
Bazl - in'om, hadya
Ilgidan - qo'lidan
Hayvonvash - havon sifat
Tushunasiz bo‘lgan so‘zlar lug'ati o‘qituvchi tomonidan oldindan yozib qo'yilgan bo'ladi! Guruh testni yechguncha guruh a'zolari doskaga yozib qo'yilgan ushbu qit'a, g'azal va fardlarningl matni ustida ishlaydi!
Topshiriqni bajarish uchun 3 daqiqa vaqt kifoya! Guruhlar ham, shartni bajargan o'quvchilar ham baholanadi!
⭐️Quyidagi parchalarni o‘qing. Ularning qaysi turga mansub ekanini toping.
"Amir Temur "guruhi
Mehmonxona, o‘ngda kiradirgan eshik, so‘lda bir deraza, qoziqlarda chopon, salla, belbog‘ va shunga o‘xshash narsalar, mehmonxonaning ostiga namat solingan, Solih kichikroq ko‘rpacha ustida oldiga dasturxonda non, bir choynak choy qo‘yib, nondan yeb, choydan ichib o‘ltirar, birozdan so‘ng Abdurahim kirur.
Do'stlaringiz bilan baham: |