Talab inflyatsiyasi


Download 26.72 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi26.72 Kb.
#1415692
1   2   3
Bog'liq
Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo

Import inflyatsiyasi
Import inflyatsiyasi 2022-yilning 5 oyida umumiy 11% inflyatsiyaning 4,18% ini tashkil qildi. Unda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi asosiy savdo hamkorlarimizning ulushi 2,73 foizga yetdi.
Import inflyatsiyasiga Rossiya va Xitoy eng katta hissa qoʻshgan. Bu davlatlarning Oʻzbekiston umumiy importidagi salmoqli ulushi (mos ravishda 21% va 19%) — 0,90% va 0,81%.
Qozogʻiston, Janubiy Koreya va Turkiya import inflyatsiyasining taʼsiri esa umumiy import inflyatsiyasining taxminan 0,45%, 0,30% va 0,28% ini tashkil etdi.
Rossiyadan inflyatsiya taʼsiri asosan sanoat tovarlari, mashina va transport uskunalarida kuzatiladi. Xuddi shunday, Xitoy import inflyatsiyasi asosan mashina va transport uskunalari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va kimyoviy mahsulotlarga ta’sir ko’rsatdi.
Qozog’istondan import inflyatsiyasi asosan oziq-ovqat va sanoat tovarlarida kuzatildi. Janubiy Koreya va Turkiyadan import qilingan inflyatsiya asosan mashina va transport uskunalari narxlariga ta’sir ko’rsatdi.
Inflyatsiya ko’rsatkichini past darajada ta’minlash makroiqtisodiy barqarorlikning muhim omili bo‘lib, bu o’z navbatida, ijtimoiy rivojlanish, investitsiya faolligini oshirish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Global inqiroz bo’yicha ko’p sonli nashrlarni tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, dunyoning rivojlangan davlatlari uchun inqirozning harakat nuqtasi moliyaviy bozorlarning beqarorligi bo’ldi va inqirozning rivojlanishi sxemasi quyidagi ko’rinishda bo’ldi:
Moliyaviy bozorlarning beqarorligi → Kreditlarning qisqartirilishi va iste’molning pasayishi Ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi, ishsizlikning o’sishi.
Yalpi talabning bahodan boshqa omillari.
Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bog’liq bo’lmagan omillari ham mavjud. Bu omillardagi o’zgarishlar yalpi talabning miqdorida o’z aksini topadi va uning egri chizig’ini chapga yoki o’ngga siljitadi (9-chizma). Yalpi talabning bahoga bog’liq bo’lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz:
1. Iste’mol xarajatlaridagi o’zgarishlar:
a) iste’molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining o’zgarishi;
b) iste’molchilar kutishi; v) iste’molchilarning qarzlari miqdorining o’zgarishi;g) iste’molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining o’zgarishi.
2. Investitsiya xarajatlaridagi o’zgarishlar:
a) foiz stavkasidagi o’zgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining o’zgarishi; v) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o’zgarishi; g) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi; d)zahiradagi quvvatlar o’zgarishi.
3. Davlat xarajatlarining o’zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda.
4. Sof eksport hajmidagi o’zgarishlar.
a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o’zgarishi.
b) valyuta kurslaridagi o’zgarishlar.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpi talabning narxlarga bog’liq bo’lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir.

1-chizmadan ko’rinib turibdiki, yalpi talab egri chizig’i doimo pastga va o’ngga suriladi.
P
Bahodan boshqa omillar ta’siri

AD1
AD


Baho omillarining ta’siri

Download 26.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling