Talaba: Ergashev A
Download 382.93 Kb.
|
Ergashev A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talaba: Ergashev A. 2022-2023 o`quv yili Mavzu: O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish va rivojlantirish muammolari I-Kirish II-Asosiy qism
- 3. O’zbekistonda milliy bozorni rivojlantirish muommolari va ularni bartaraf etishdagi vazifalar III-Xulosa IV-Foydalanilgan adabiyotlar
- 1.Ishlab chiqarish bilan iste’molni bog’lash funktsiyasi.
- 2.Qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantirish funktsiyasi.
- 3.Ishlab chiqarishni yangilashga shart-sharoit hozirlash funktsiyasi.
- 4.Iqtisodiyotni tartiblash funktsiyasi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MOLIYA FAKULTETI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHI KURS ISHI Mavzu: O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish va rivojlantirish muammolari Ilmiy rahbar: _________________________ Talaba: Ergashev A. 2022-2023 o`quv yili Mavzu: O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish va rivojlantirish muammolari I-Kirish II-Asosiy qism 1. Bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishningobyektiv zarurati 2.O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish haqida ummumiy ma’lumotlar 3. O’zbekistonda milliy bozorni rivojlantirish muommolari va ularni bartaraf etishdagi vazifalar III-Xulosa IV-Foydalanilgan adabiyotlar: Kirish Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining gapiga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalarning ko‘lami o‘sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi. Milliy bozor — muayyan mamlakatning davlat chegaralari doirasi bilan cheklangan tovar muomalasi sohasi. Kapitalizm taraqqiyoti mayda mahalliy bozorlarni yaxlit milliy bozorga birlashtiradi. Milliy bozor ham qar qanday bozor kabi turli moddiy, maʼnaviy va intellektual tovarlarni ayirboshlash obʼyektiga aylantiradi. Milliy bozor subʼyektini shu mamlakat fuqarolari boʻlmish tovar egalari va pul egalari tashkil etadi. Milliy bozor tarixan oʻtkinchi. U maʼlum davrda paydo boʻlgan, maʼlum bosqichga kelib yoʻqoladi, chunki bozor munosabatlari baynalmilallashib, millatlararo, umumiy bozor vujudga keladi. Natijada bozor munosabatlari uchun milliy doyra torlik qiladi va ular davlatlararo miqyosga chiqadi. Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. Umuman olganda, bozor besh funktsiya (vazifa)ni bajaradi: 1.Ishlab chiqarish bilan iste’molni bog’lash funktsiyasi. Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugallanadi. Masalan, vertolyot zavodi uchish apparatini chiqaradi, ammo o’z ishchilari uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy yaratmaydi, stanoklar, vertolyot uchun metall plasmassa, bo’yoq elektr qismlarini ham tayyorlamaydi. Zavod vertolyotini bozordr sotib, pulni ishchilarga maosh qilib beradi, ular iste’mol bozoridan tirikchilik tovarlarini sotib oladilar. Zavod ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ham sotib oladi. Demak, bozor orqali har xil iste’mol qondiriladi. 2.Qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantirish funktsiyasi. Tovarni ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, shu mehnat qiyomatni shakllantiradi. Qiymat ish kuchi va moddiy resurslar sarfidan iborat. Tovar bozorga chiqishiga qadar mehnat moddiy shaklda (masalan, ovqat, kiyim, stanok, yoqilg’i va hokazo) bo’ladi, bozorda sotilgan, undagi mehnat ma’lum miqdordagi pulga aylanadi, ya’ni tovar o’zining pul ekvivalentini topadi (ekvivalent-miqdoriy tenglik) va qiymat pul shakliga kiradi. 3.Ishlab chiqarishni yangilashga shart-sharoit hozirlash funktsiyasi. Korxonalar bozordan o’zlariga kerakli resurslar topadilar, stanoklar, xom ashe, yoqilg’i, har xil materiallar xarid etadilar. Ular mehnat (ish kuchi) bozoridan ishchilarni yollab ishlatadilar, bozordan kerakli axborot va har xil ishlab chiqarish uchun zarur xizmatlarni ham topadilar. Bu resurslarning iste’moli esa ishlab chiqarishning yangidan boshlanishini bildiradi. 4.Iqtisodiyotni tartiblash funktsiyasi. Bu vazifani bozor imexanizmi bajaradi. «Nimani qancha ishlab chiqarish kerak?» degan savolga bozor javob beradi. Tovarlarni bozorda chaqqon o’tishi yoki kasodligi, tovarning qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi, ularning qanchalik kerakli yoki zarur emasligini ko’rsatadi. Bozor barometr singari iqtisodiyotdagi «ob-havodan» darak beradi. Tovar o’tmasa, demak, u kerak emas, uni ishlab chiqarish to’xtatiladi. Tovarchaqqon sotilsa va yaxshi foyda olinsa, uni ishlab chiqarish o’sadi. Tovar mo’ljallangan narxdan arzonroq narxda, lekin yaxshi sotilsa, bu tovarga ketgan sarf-harajatlarni kamaytirish zarurligini anglatadi. Bozor mexanizmi bamisoli qo’l singari iqtisodiyotni u yoki bu tomonga burib turadi. Bozor o’ziga xos strukturaga ega bo’lgan murakkab tizimdir. Va bu Milliy bozorni shakllantirishda turli muommolarni yuzaga keltiradi. Demak, bu ilmiy ishimizda O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish va rivojlantirishdagi muammolarini yortib ularga yechim izlaymiz. Download 382.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling