Talaba yoshlara muhabbat hislarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarining nazariy asoslari
Download 1.35 Mb.
|
ФАРОҒАТ ЯНГИ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2.Talaba yoshlarda muhabbat hislariga doir tajriba-sinov ishlarining mazmuni.
- Oilaviy xayotga tayyormisiz
Berilgan har bir savol alohida tahlil qilinadi. 3.2.Talaba yoshlarda muhabbat hislariga doir tajriba-sinov ishlarining mazmuni. Odatda sevgan yurak ma’naviy jixatdan yaxshi, ulug‘ va ijtimoiy jixatdan manfaatli ishlarni qilishga qodir bo‘ladi. To‘g‘ri, ko‘pchilik ota-onalar o‘quvchilik yillarida paydo bo‘lgan sevgi hissidan biroz chuchiydilar, uni cheklashga, xattoki, qizlarga ta’qiqlashni ham afzal ko‘radilar. Lekin, aynan shu hisning borligi yoshlarni ulug‘vorroq, samimiyroq va xar ishga qodir va kuchliroq qilib tarbiyalashda o‘zining munosib o‘rnini ko‘rsatib kelmoqda. Sevgida “ishi yurishmaganlarning” esa boshqa soxalarda ham ishi yurishmaydi. Natijada esa ular o‘zlarini tushkun, baxtsiz va omadsiz inson deya xisoblay boshlaydilar. Shuning uchun ham mazkur mavzuda tadqiqot okib boorish va qo’lga kiritilgan nazariy hamda amaliy materiallar bilan o’sib kelayotgan yosh avlod vakillarini tanishtirib boris ishlarini jadal yo’lga qo’yish muhim masalalardan hisoblanadi. Navbatda tadqiqot ishimizda ko‘zda tutilgan metodikalarning tahlilini amalga oshiramiz. Sevgi va yoqtirish mayli shkalasi va uning statistik tahlili: Ushbu ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatadiki, sevgi va yoqtirish mayli shkalasi bo‘yicha yuqori darajani Termiz MTI o‘g‘il bolalari tashkil etib, 48% sevgini 52% yoqtirish mayli ko‘rsatkichlarini tashkil etdi. Shuningdek, ushbu muassasa o‘quvchi qizlari erishgan natijalarining pastligi bilan ham ajralib turadi. Ya’ni 43% sevgi shkalasida 57% yoqtirish mayli shkalasi bo‘yicha past natijani qayd etganlar. Shuningdek, Denov TPI sinaluvchilarining qiz bolalarida yoqtirish maylning 57% tashkil etdi. Denov TPI sinaluvchilarining qiz bolalarida sevgiga nisbatan yuyuqori 68% ko‘rsatkichni namoyor qilmoqda. Nikohga ma’naviy tayyorgarlik metodikasi natijalar tahlili: yuqorida ko‘rib turganingiz talaba yoshlarni oilaviy xayotga ma’naviy jihatdan tayyorligini dalillash maqsadga muvofiqdir. Termiz MTI talabalarining 27% nikoxga ma’naviy tayyorgarligi past darajada shakllangani ko‘rinib turadiyu Nikohga ma’naviy tayyorgarlik testining yuqori darajasi 55% bilan Denov TPI sinaluvchilarining natijasi hisoblanadi. Tayyorgarlikning o‘rta darajasi ya’ni 52% ko‘rsatkichini namoyon qildi. Bu esa o‘z-o‘zidan Denov oligohida ta’lim olayotgan ayol qizlar oila qurish ishlariga e’tiborliroqdir. M.Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan, “empatiya qobiliyatining rivojlanish darajasini aniqlash” testi va uning narijalari bilan tanishib chiqamiz. Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan ushbu test kishilar orasida sodir bo‘luvchi empatiya hissining rivojlanganlik darajasini o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, ayniqsa bu xususiyatning bo‘lishi sevgi-muhabbat hislarining paydo bo‘lishi va tarkib topishida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan xususiyat sifatida ham baholanadi. Sinaluvchilarimizdan Denov TPI ishtirokchilari natijasiga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichdagi va eng kam ko‘rsatkichli shkalalar alohida o‘rganildi. Unga ko‘ra ota-onaga nisbatan empatiya umumiy sinaluvchilar xisobining 35% da namoyon bo‘lgan. Ushbu ko‘rsatkich bundan oldingi metodika “nikohga ma’naviy tayyorgarlik” metodikasi bilan taqqoslab ko‘rilganda ham bir xil ijobiy natijaga egaligi bilan ajralib turibdi. Eng past darajadagi empatiya sinaluvchilarimizda notanish odamlarga nisbatan ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek magistrlik ishimizni tadqiqi davomida “Oilaviy xayotga tayyormisiz” nomli mualliflik IPSdan foydalandik.
O‘zingizni oilaviy hayotga tayyorman deb hisoblaysizmi deya berilgan savolga Termiz MTI talabalaridan 64% ha deb javob berishgan. Denov ta’lim muassasasida esa sinaluvchilarning 24% ha deb javob bergan. Denov ta’lim muassasasida nikoh qurishga biroz tormolanish holatlari ham seziladi, sababi ular hali oldilarida turgan mas’uliyatli davrni boshqa davr bilan almashtirmasdan o‘qish va o‘rganishda davom etmochi ekanligi bilan ham muhimdir.
Sinaluvchilarning tanlagan ranglariga ko‘ra quyidagicha xarakteristika berish mumkin. Xavo rang xalovatsiz, sarguzashtlarga boy bo‘lgan, tong shabbodasi kabi sururli va manzil bilmas munosabatli sevgi sifatida baholanadi. Moviy rang - ludus. Sevgi bu o'yin Ushbu sevgi uslubi tarafdorlari o'z hayotlarini bitta sherikga bag'ishlamaydilar. Ular umr bo'yi "trampalar". Bu va'dalar va majburiyatlarsiz sevgi. Ushbu uslub bilan sevgi go'yo qandaydir qiziqarli o'yin yoki ular qandaydir musobaqada qatnashayotgandek o'ynaydi. Qizil - eroz. Jo‘shqinlik ramzidagi sevgi, bu uslub ko‘pincha erkak jinsi egalariga xos bo‘lib, ular uchun tashqi jismoniy joziba asosiy o‘rin egallaydi. Bu sevgi egasi dastlab sherik tomonidan ideal qabul qilinsada, tarkibida tashqi jozibadorlik va kuchli jinsiy ehtiyoj mavjudligidan bardavom bo‘lmagan umri qisqa sifatida talqin qilinadi. Sevgining bu uslubi kuchli jismoniy joziba bilan ajralib turadi. Dastlab, bunday sevgi bilan sherik ideal sifatida qabul qilinadi. Ammo erotik sevgining o'zi ko'pincha qisqa umr ko'radi. Sariq - saqlash. Bu ko'pincha do'stlikdan kelib chiqadigan va chuqur muhabbatga aylanadigan sevgidir. Sevgining bu uslubi sheriklarning bir-biriga samimiyhamdardligi bilan ajralib turadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling