Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati Mazkur tadqiqot natijasida qo’lga kiritilgan ma’lumotlar, xulosa va tavsiyalar talaba yoshlarning emotsional jarayonlarini o’rganish, shakllantirish, rivojlantirish va korreksiya ishlarida amaliy jihatdan qo’llanilishi mumkin.
Shuningdek, talaba – yoshlarda sevgi-muhabbat hislari shakllanishining ijtimoiy- hayotiy ko'nikmalarni o’zlashtirishlariga orqali sevgi-muhabbat hislariga oid mojarolarning oldini olishga nazariy hamda amaliy jihatdan munosib hissa qo’shishiga ishonch bildiramiz.
Tadqiqotning metodologik asosi: Talaba yoshlarda muhabbat hislarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari mavzusidagi mazkur magistrlik dissertatsiyasini tadqiq qilishda bevosita ilmiy – psixologik manbaalar sifatida, sharq mutaffakirlarining psixologik qarashlari, chet ellik va o’zbek olimlarining mavzuga oid ilmiy-amaliy va fundamental tadqiqotlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning amaliy natijalari:
talaba-yoshlardagi sevgi-muhabbat hislari namoyon bo’lishining nazariy tahlili amalga oshirildi.
sevgi-muhabbat tushunchasi gender farqlqrga ega ekanligi nazariy jihatdan o’rganildi va asoslab berildi.
talaba-yoshlardagi sevgi-muhabbat hislari namoyon bo’lishining etnopsixo- logik xususiyatlari amaliy jixatdan o’rganildi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Dissertatsion izlanish natijalarining ishonchliligi unda ilmiy jihatdan asoslangan, xalqaro miqiyosida tan olingan ilmiy-nazariy ma’lumotlar kiritilgan. O’rganilayotgan mavzuning xususiyatiga mos bo’lgan metodik vositalar, taqqoslash uslublarini qo’llashning konkret metodlaridan foydalanilgan.
Shuningdek, qo’lga kiritilgan emperik ma’lumotlar tahlilini amalga oshirib, natijani keng ilmiy jamoatchilik oldida muhokama qilganligi bilan ham ta’minlanadi.
Tadqiqot ishining tuzilishi: Ushbu tadqiqot ishi kirish, uch bobdan, yettita paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar, ro`yxati hamda ilova qismlaridan iborat.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi, ilgari surilgan ilmiy faraz, vazifalari, tadqiqotda qo`llanilgan metodlar, tadqiqotning yangiligi, ishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida qisqacha ma`lumotlar berib o`tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |