Talaba yoshlara muhabbat hislarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarining nazariy asoslari


Download 1.35 Mb.
bet10/16
Sana21.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1645272
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
ФАРОҒАТ ЯНГИ (2)

Yaqinlik

Ehtiros

Sadoqat

1.

Sevgining yo‘qligi










2.

Do‘stlik (yoki oddiy simpatiya)

+







3.

Ehtirosli sevgi




+




4.

Bo‘sh sevgi







+

5.

Romantik sevgi

+

+




6.

Do‘stona sevgi

+




+

7.

Ahmaqona sevgi




+

+

8.

Ideal sevgi

+

+

+

Do‘stlik (yoki oddiy simpatiya) - Bu yaqinlik va mustahkam rishtalar mavjud ammo na extiros va na sadoqat mavjud bo‘lmagan do‘stlikni anglatadi.


Ehtirosli sevgi - Bu tuyg‘uni inson "bir qarashda sevgini" boshdan kechirganda his qiladi. Chunki majburiyat yoki yaqinlik yo‘q bo‘ladi va bu oshiqlik qisqa muddatli bo‘ladi.
Bo`sh sevgi - bu muhabbat yaqinlik va ishtiyoq yo‘qolgan, ammo, o‘rtada hali ham kuchli sadoqat borligini bildiradi.
Romantik sevgi - Romantik sevgida yaqinlik va ehtiros, ya’ni jinsiy qo‘zg‘alish va hissiyotlar mavjud bo‘ladi, ammo sadoqat yetishmaydi.
Do‘stona sevgi - bu ikki kishi o‘rtasida ehtiros yo‘q bo‘lgan ammo hali ham bir-birlariga nisbatan bog‘liqlik va chuqur mehr bor bo‘lgan sevgi turidir. Ushbu turdagi sevgi oila a’zolari, yaqin do‘stlar va hatto turmush o‘rtoqlar o‘rtasida xam uchrashi mumkin.
Sternberg shuningdek, o‘zaro munosabatlardagi yaqinlik, ehtiros va majburiyat o‘rtasidagi muvozanat vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi deb ta’kidlagan. Sevgining uchta tarkibiy qismi va yetti turini tushunish er-xotinlarga o‘z munosabatlarida nimani yaxshilashi hamda nimadan qochishlari kerakligini va hatto munosabatlarni tugatish vaqti kelganini anglashga yordam berishi mumkinligi to‘g‘risida alohida ta’kidlab o‘tgan.

2.3. Talaba yoshlarning oilaviy munosabatlar to`g`risidagi tasavvurlarining oila mustahkamligiga ta`siri

Har bir oila ijtimoiy tizim sturuktura sifatida jamiyat oldida ma’lum bir funksiyalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy-funksiyalari haqida gapirganda bir tomondan jamiyatning oilaga ta’sirini, ikkinchi tomondan esa, umumiy-ijtimriy tizimda oilaning o‘rnini, oilaning hal qiladigan ijtimoiy-funksiyalarini hisobga olish lozim.
O‘rganilayotgan masala bo‘yicha o‘tkazilgan adabiyotlar tahlilining ko‘rsatishicha, oilaviy hayotga tayyorlik masalasi juda dolzarb sanaladi, biroq turlicha tasnif qilinadi, chunki tayyorlik tushunchasining o‘zi ko‘pincha boshqa atamalarga tenglashtiriladi yoki tadqiqotlar kontekstida boshqa fenomenlar doirasida qaraladi. Shunday qilib, Ye.V. Yekjanova oilaviy hayotga tayyorlik deganda, ishonch, qarashlar, munosabat, motiv, bo‘lajak oilaparvar rolini bajarish uchun zarur bo‘ladigan axloqiy sifatlarning namoyon bo‘lishi (mas’uliyat, g‘amxo‘rlik, jasurlik, mehnatsevarlik) asosida muvaffaqiyatli oilaviy hayotga ichki yo‘nalganligi, shaxsning faol-harakatli holatini nazarda tutuvchi murakkab shaxs ta’limini tushunadi.
U.K. Dyachenkoning fikricha, tayyorlik murakkab shaxsiy ta’lim, funksional holat bo‘lib, muayyan faoliyatga tayyorgarlik darajasi, tayyorlikning mazmuniy-prosessual jihatlarini belgilab beruvchi komponentlar tizimini ifodalaydi. Mazkur holat muvofiq faoliyatga psixologik yo‘nalganlik, uning mazmuni va vazifalarini chuqur tushunish, muqobil metodlarni o‘zlashtirganlik, rivojlangan refleksiya va empatiya, perseptiv va kommunikativ qobiliyatlar birligidagi vosita va usullar bilan xarakterlanadi.
I.Yu. Zudilinaning ta’kidlashicha, oilaviy hayotga tayyorlik, birinchi navbatda, shaxs barkamolligi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p qirrali masala hisoblanadi.
Ye.M. Mavlonovning nuqtai nazariga ko‘ra, yoshlarning nikohga tayyorligi
murakkab psixologik tuzilma hisoblanadi va oila qurayotgan yoshlardan uning ijtimoiy mohiyati, o‘z harakatlarining ijtimoiy ahamiyati, bir-birining oldidagi muvofiq majburiyatlar, oila va farzandlari oldidagi mas’uliyat, muqarrar bo‘lgan oilaviy hayot tashvishlarini ixtiyoriy qabul qilish, chegaralangan shaxsiy erkinlikni tushunishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, oilaviy hayotga tayyorlik quyidagilarni ham bildiradi: sog‘lom hayot tarzi borasidagi bilimlarning shakllanganligi; shaxs shakllanishi masalalariga doir yetarli darajada psixologik-pedagogik, huquqiy, iqtisodiy, tibbiy bilimlarning mavjudligi shular jumlasidandir.
Barcha oldingi jamiyatlarda oila quyidagi asosiy funksiyalarni
bajargan: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv).
Bu haqda sharq allomalari: Abu Nosir Farobiy, Yusuf Hos Hojib, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Ahmad Donish va boshqalar o‘z asarlarida yozib qoldirganlar.
Oila tarbiyasidagi bolalar xayotini to‘g‘ri uyushtirish, ularga vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanish muvaffaqiyatning asosiy garovi ekanligini tushuntirish, ota-onalarning o‘z farzandlariga o‘qtirishlari lozim bo‘lgan asosiy vazifalaridan biridir. Oila tarbiyasi masalalari bo‘yicha maxsus
Abu Ali Ibn Sino Tadbir al-manozil nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda oilada ota-onaning vazifasi va burchiga va oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mexnatsevarligi bilan farzandlarini xam kasb va xunarga o‘rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi.
Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalariga keng o‘rin berilgan.
Ota oilada o‘z farzandlariga xar tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, so‘z madaniyatida, o‘zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va xaqqoniylik, samimiylikka namuna bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning asosiy vositasi bola ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi olim.
Yusuf Xos Xojib o‘zining Qudatg‘u bilig asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga katta e’tibor beradi. U kishilarni uylanib, oila qurishidan boshlab, farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta’minotini yuritishgacha bo‘lgan eng zaruriy vazifalarini birma bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida bo‘lgan bolaning ma’suliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota-onaning mavqei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir. Jamiyatda farzandlari hulq atvoriga qarab ota-onalariga baho berishni aytib ularni ogohlantiradi.
Mirzo Ulug‘bekning qarashlarida bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqishi havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‘rin egallaydi. Shunday ekan, avvalambor bola tarbiyasida oila muhitini to‘g‘ri tashkil qilish darkorligi xususida ta’kidlaydi.
Oilada farzand dunyoga kelgandan boshlab oilaning jamiyat oldida javobgarligi kundan kunga ortib boradi. Chunki o‘sib kelayotgan avlodning taqdiri ana shu muammoning hal qilinishi bilan uzviy ravishda chambarchas bog‘langandir.
Abdurauf Fitrat 1916 yilda o‘zining “Oila” nomli falsafiy asarini yozadi, unda oilaviy xayotning isloxotlaridan baxs yuritilgan bo‘lib, adib farzand tarbiyasida najot yo‘llarini axtarib halqlarning umuminsoniy qardoshlik g‘oyasini targ‘ib etadi. “Ya’ni farzand tarbiyasi millat kelajagi demakdir”.
Fitrat oilani ijtimoiy vazifalari sifatida, Avlod tarbiyasi, Fikriy tarbiya, Axloqiy tarbiya kabi qismlarni tahlil qiladi.
Amir Temur o‘z davrining ma’rifatli kishisi, o‘tmishning ma’naviy saboqlaridan yaxshi xabardor inson sifatida sog‘lomlik faqat jismo­niy kuch-quvvat emas, balki olijanob insoniy fazilatlar uyg‘unligiga erishmoq ekanligini ham yaxshi anglagan.
Sohibqiron farzandlarida uch xislat mujassam bo‘lishini istardi.
Eng avvalo, insonparvarlik, so‘ng mushoxadalilik va nihoyat, oqibatlilik-bosiqlik. Insonparvar odamgina saxiy bo‘lishi mumkin. Mushoxadali, bosiq odamgina jangu-jadalda xatoga yo‘l qo‘ymaslikka, ulkan saltanatni boshqarishga qodir. Kimki jasur bo‘lsa-yu, in­sonparvar bo‘lmasa, jismonan baquvvat bo‘lsa-yu, mushoxadalilik bo‘lmasa, dono bo‘lsa-yu, bosiqlik bo‘lmasa, unday odam komil inson bulolmaydi, unday odam boshqalarni ham, o‘zin ham xalok etadi. Kimki raqibi bilan olishganida insonparvarlikni unutmasa, u albatta g‘olib bo‘ladi.
Albatta, bu sanab o‘tilganlar hozirgi zamon oilasining asosiy funksiyalari sifatida yagona klassifikasiyasini tashkil eta olmaydi. Chunki, ayrim manbaalarda: naslni davom ettirish, tarbiyaviy, ho‘jalik va o‘zaro yordam kabi funksiyalar hozirgi zamon oilasining muhim funksiyalari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Rus sotsiolog olimlari (U.M.Sverdlov, V.A.Ryasensov, V.P.Klyuchnikov) esa oilaning vazifasi sifatida inson zotini davom ettirish, bolalarni tarbiyalash va xo‘jalik funksiyalarini farqlaydi;
S.D.Laptenok xo‘jalik-maishiy, aholi sonini qayta tiklash, tarbiyaviy va oila a’zolari dam olishi-hordiq chiqarishini tashkil etish;
N.G.Yurkevich-ma’naviy muloqot, (seksual), bolalarni dunyoga keltirish, tarbiya jarayonidagi hamkorlik, uy xo‘jaligini yuritish uchun zarur vositalarni ta’minlash, dam olishni tashkil qilish, o‘zaro moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;
A.G.Xarchev-aholi sonini qayta tiklash, ijtimoiylashuv, xo‘jalik, iste’mol va dam olishni tashkil qilish kabilarni farqlaydi. Mana, yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, qator oilashunos mutaxassislar tomonidan oilaning asosiy funksiyalari turlicha klassifikasiya qilinmoqda.
Bu o‘rinda oila funksiyalarini shunchaki sanab o‘tish emas, balki ularni, bir tomondan, odamlarning moddiy, xo‘jalik-maishiy va ikkinchi tomondan, emotsional va ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini qondiruvchi funksiyalarga farqlash muhim.
Shuni ham aytib o‘tish joizki, hozirgi zamon oilasida emotsional va ijtimoiy-psixologik jarayonlarni qondirish funksiyasining ahamiyati ortib bormoqda. Hatto sof moddiy xarakterga ega bo‘lgan funksiyalarda ham hissiylik ko‘proq tus olib bormoqda.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida hozirgi zamon oilasining asosiy funksiyalari qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:




kabilar shular jumlasidandir.
Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodi, byudjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so‘ng olinadigan narsalarga mablag‘ yig‘ish, tejab bozor yuritish er-xotinning katta tajriba, malakasiga ega bo‘lishlariga bog‘liq. Shuningdek, oilada o‘sayotgan bola ham mana shu malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lib borishi zarurligini unutmagan holda bolaga iqtisodiy masalalarni hal etishni o‘rgata borish lozim.
Oila o‘zining shu funksiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi.
Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson turini davom ettirishdan iboratdir. Oila vazifasi faqatgina Yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, ularni insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlar bilan tanishtirish, ularning salomatligini saqlab turishdan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti odamda farzand ko‘rishga, ularni o‘stirishga layoqatli ekanligimizning asosiy belgisidir. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi odatda o‘zini baxtiyor his qila olmaydi.
Oilaning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir funksiyasi tarbiyalash funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, ahloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Ota-ona-san’atkor, bola-san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir.
Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a’zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, turli ijtimoiy oriyentasiyalar, ustanovkalar, odamning ahloqiy, ma’naviy va psixologik salomatligi, hissiy madaniyati, oiladagi o‘zaro ichki muloqot xarakteri, oiladagi katta a’zolarning muloqot jarayonidagi ahloqiy-psixologik iqlimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lib kelgan xususiyatlardan biri, undagi shaxslararo munosabatlar talablardan biri uni o‘z a’zolarining ahloqiy-psixologik himoyalanishini ta’minlash bilan bir qatorda, bolalarga mehnatga layoqatsiz keksa avlod vakillari va qarindoshlarga moddiy va jismoniy yordam ko‘rsatish kabilarni singdirishdan iborat bo‘lib kelgan.
Bu holat o‘z navbatida oilaning asosiy funksiyalaridan birini, uning rekreativ funksiyasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ-o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixoxogik yordam ko‘rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash funksiyasidir. Bu funksiya keyingi davrlarda yanada muhim ahamiyat kasb etloqda
Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir (italyancha baxt). Shaxsiy baxtga erishishga o‘z a’zolarining baxtini ta’minlashda qanday rol o‘ynaydi. Baxtga intilish xar bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila kurishga undaydi. Inson o‘ziga ato etilgan baxtning 4/3 to‘rtdan uch qismini oiladan choraktaga yetar-yetmas qismini boshqa narsalardan topadi. Oila er-xotinnning bir-birini to‘liq tushunishi ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta’minlaydi.
Oilaning regulyativ funksiyasi oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqaruv tizimini shuningdek, birlamchi ijtimoiy nazoratni oilada ustunlik va obro‘ning amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi. Oila a’zolari hurmatini o‘rniga qo‘yishlari, bir – birlari uchun jon kuydirishlari, yaxshi munosabatda bo‘lishlari kerak. Oilada hamisha samimiyat va ko‘tarinki ruh hukmron bo‘lsa, oila a’zolarining kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Qaysi olida nohaqlik, qo‘pollik, do‘q-po‘pisa, asabiylik, hukmron ekan, unda halovat ham bo‘lmaydi. Oiladagi arzimagan janjal ham dastavval bolalarning psixik holatiga ta’sir qiladi, ularda yomon odatlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bolalar ulg‘aygach, ular ham qush uyasiga ko‘rganini qiladi qabilida ish tutishadi.
Ota - ona bir - birini behurmat qilmasligi, obro‘larini tushirmasligi, oilaviy nizolarni bola yo‘q vaqtida bartaraf etishlari shart. Bolalar yomon yoki yaxshi hulqli, fe’l atvorli bo‘lib tug‘ilishmaydi. Uning o‘sib borishi jarayonida oila muhiti, ota-onaning, kishilarning, atrof-muhitdagi munosabatlarning ta’siri hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Oiladagi totuvlik, hamjihatlik, bu o‘zaro hurmat va yordam, shirinsuhanlik, mehnatsevarlik va to‘g‘rilik bolaga ijobiy ta’sir qiladi.
Hozirgi zamon oilasining eng asosiy funksiyalaridan yana biri relaksatsiya funksiyasidir Bu degani oila a’zolarining jinsiy emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir. Ma’lumki, fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xalq ho‘jaligining turli jabhalarida yangi texnologiyalarning joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingilariga qaraganda ko‘proq jismoniy, ruhiy zo‘riqishlar bermoqda. Ishlab chiqarish jarayonlari jadalliginining bunday tarzda davom etishi shu jarayonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi sifatida insonni tezda toliqib, mehnat qobiliyatini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.
Ish kuni davomida ko‘tarinkilik kuchli zo‘riqish bilan ishlagan ishchi, xodim ishdan so‘ng o‘z uyida oila qurshovida boshqa tashvishlarni unutib ular unga ko‘rsatadigan mehr-oqibatdan bahramand bo‘lib ular bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqot emotsional qullab-quvvatlash daldalardan ruhiy quvvat olib, ertangi kun mehnat faoliyatiga o‘zini qayta tiklab olshni lozim bo‘ladi. Buning uchun esa, uning oilasida tinchlik totuvchlik, o‘zaro hurmat, o‘zaro tushunish va ijobiy psixologik iqlim xukm surmog‘i lozim.
Yuqorida keltirib o‘tilganlardan tashqari o‘zaro bir-birlarini yaqindan bilish har bir insonga xos xususitdir.
Dastlabki bosqichda yigit bilan qizning shaxs sifatida identifikasiyalashuviga qisman bo‘lsa-da aniqlik kiritiladi.
Buning uchun: Yigit
- qizlar psixologiyasining xususiyatlaridan xabardor bo‘lishi;
- tanishuv jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi;
- o‘ziga mos yor tanlanganligi haqida ota-onasini xabardor qilishi;
- dastlabki taassurotlar ta’siriga to‘liq berilib qolmasligi;
- qayliq bilan uchrashuvni muomala maromi va shaxslilik pozisiyasiga amal qilgan holda tashkil etishi yoki «gardish samarador»ligiga tushib qolmasligi;
- qayliq shaxsini to‘la idrok etishi va tasavvurini yaratishi;
- oila va oilaviy munosabatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllan-tirishi;
- kuyovlik statusi to‘g‘risidagi tasavvurlarni to‘g‘ri tarkib toptirishi;
- jins va er-xotinlik jinsiy munosabatlari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi;
- jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘ligini inobatga olishi
- to‘y oldi tayyorgarligi va ularni maromida amalga oshirishi
- to‘yni ko‘ngildagidek o‘tkazishi.
Qiz: bu davrda oila qurishga to‘liq tayyorgarlik ko‘rishi zarur, shuning uchun u o‘z tasavvuriga mos oila bekasi bo‘lishi uchun ayrim jihatlarni inobatga olishi lozim:
- qiz yigitlar psixologiyasi haqidagi ma’lumotlardan xabardorligi;
- yigit bilan dastlabki uchrashuvda ehtiroslarga berilmasligi;
- jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘ligini inobatga olishi
- qizlik iffatiga mos xatti-harakat qilishi;
- yigit bilan ochiq va samimiy munosabat o‘rnatishi;
- qayliq tanlashda yakdil va to‘g‘ri xulosa chiqara bilishi;
- ota-ona va qarindoshlarning maslahatlarini inobatga olgan holda o‘zi qayliq tanlashda mustaqil qarorga kelishi;
- uy yumushlari va xo‘jalik ishlarini bajarishga to‘liq tayyorligi;
- «qaynona-qaynota-kelin», «kuyov-kelin», «kelin-ovsinlar», «kelin-kuyovning aka-uka, opa-singillari» tizimidagi munosabatlar to‘g‘risida tasavvur yaratishga uquvchanligi;
- yangi muhitga ruhan o‘zini tayyorlab borishi;
- to‘yga tayyorgarlik va uni ko‘ngildagidek o‘tkazishga intilishi shular jumlasidandir.
Yuqorida sanab o‘tilgan bir qator bandlarni oilaviy munosabatlar jarayonida uning yetakchi sub’yektlari to‘liq mujassamlashtira olsa, taklif qilinayotgan loyiha o‘z natijasini berishi mumkin . Chunki barchamiz ideal darajadagi oila a’zosi bo‘lishni niyat qilamiz va shunga intilamiz. Agar aniq faoliyat yo‘li va maqsad mavjud ekan, unga erishish va natijalarni o‘lchash oson kechadi. Shu bois, oilaviy munosabatlardagi barqaror psixo-logik muhitni ta’minlashda yuqorida taqdim qilingan loyihalashtirish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, tayyorlik tadqiqotlari masalalari juda keng doiradagi masalalarni qamrab oladi va amaliy bitmas-tuganmasdir. O‘z mohiyatiga ko‘ra tayyorlik murakkab dinamik tuzilma bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlari sub’yekt taraqqiyotining ichki determinantlariga ham, hayotining tashqi, ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik va boshqa sharoitlariga ham bog‘liq ekanligini esimizdan chiqarmasligimiz lozim.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling