Talaba yoshlara muhabbat hislarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarining nazariy asoslari
Download 1.35 Mb.
|
ФАРОҒАТ ЯНГИ (2)
Natijalarni qayta ishlash:
Tasdiqlarning yuqoridagi ro‘yxatdagi tartib raqamlari bo‘yicha toq va juft raqamli tasdiqlar bo‘yicha olingan ballar yig‘indilari alohida-alohida hisoblab chiqariladi. C1 - toq nomerlar yig‘indisi. C2 - juft nomerlar yig‘indisi. Natija quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 32+C1-C2 K=-----------------------x 100 % 64 Agar K 50%dan kam bo‘lsa-oilaviy hayotga ma’naviy tayyorgarlik past darajada bo‘ladi. Agar K 50%dan ko‘p bo‘lsa-oilaviy haetga ma’naviy tayerganlik o‘rtacha va yuqori darajaga ega bo‘lishlari atroflicha tushuntirib o‘tildi. III. Sevgi barcha tuyg‘ular ichida eng qudratlisidir, shuning uchun ham u aqlu xayolni, qalb va vujudni egallab oladi. Ba’zida shu qudrat ichida do’stlik va empatik qobiliyat kabilar mavjud bo’ladi. Quyida biz amalga oshirmoqchi bo’lgan eksperimentimizni “Empatiya qobiliyatini o’rganish”ga qaratmoqchimiz, sababi sevgi-muhabbat tushunchalari doim empatiya, simpatiya, g’amxo’rlik, mehribonlik, samimiylik, o’zaro hurmat kabi insoniy fazilatlar bilan yo`g’rilgan bo’ladi. Ushbu metodika M.Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, empatiya qobiliyatining rivojlanish darajasini aniqlash maqsadida qo‘llanadi. Empatiya insonning boshqalar kechinmalariga hamdard bo‘la olish qobilyati. Ko‘rsatma: «Xurmatli ishtirokchi, quyida berilgan 36 ta hukmga nisbatan o‘z munosabatingizni bildiring. Buning uchun siz baholashning quyidagi tizimidan foydalanishingiz lozim: bilmayman; 1-yo‘q yoki, hech qachon; ba’zida; ko‘pincha; deyarli doim; ha yoki har doim». Menga mashhur odamlarning hayoti xaqidagi kitoblardan ko‘ra sarguzasht kitoblar yoqadi. Ota- onalarning g‘amxo‘rligi katta yoshdagi bolalarning g‘ashiga tegadi. Menga boshqa odam erishgan muvoffaqiyat yoki uchragan muvaffaqqiyatsizlikning sabablari haqida mulohaza yuritish yoqadi, kabi savollar bilan murojaat qiladi. IV. Tadqiqot ishini davom ettirib, 10 ta savoldan iborat bo’lgan, “Oilaviy hayotga tayyormisiz” nomli mualliflik IPS dan foydalandik. Jumladan unda quyidagicha savollar mavjud.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling