Talaba yoshlara muhabbat hislarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarining nazariy asoslari
Download 1.35 Mb.
|
ФАРОҒАТ ЯНГИ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va tavsiyalar
Uchinchi bob bo’yicha xulosalar
Sevgi barcha tuyg‘ular ichida eng qudratlisidir, shuning uchun ham u aqlu xayolni, qalb va vujudni egallab oladi. Ba’zida shu qudrat ichida do’stlik va empatik qobiliyat kabilar mavjud bo’ladi. Quyida biz amalga oshirmoqchi bo’lgan eksperimentimizni “Empatiya qobiliyatini o’rganish”ga qaratmoqchimiz, sababi sevgi-muhabbat tushunchalari doim empatiya, simpatiya, g’amxo’rlik, mehribonlik, samimiylik, o’zaro xurmat kabi insoniy fazilatlar bilan yug’rilgan bo’ladi. Ushbu metodika M.Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, empatiya qobiliyatining rivojlanish darajasini aniqlash maqsadida qo‘llanadi. Empatiya insonning boshqalar kechinmalariga xamdard bo‘la olish qobilyati. Odatda sevgan yurak ma’naviy jixatdan yaxshi, ulug‘ va ijtimoiy jixatdan manfaatli ishlarni qilishga qodir bo‘ladi. To‘g‘ri, ko‘pchilik ota-onalar o‘quvchilik yillarida paydo bo‘lgan sevgi hissidan biroz chuchiydilar, uni cheklashga, xattoki, qizlarga ta’qiqlashni ham afzal ko‘radilar. Lekin, aynan shu hisning borligi yoshlarni ulug‘vorroq, samimiyroq va xar ishga qodir va kuchliroq qilib tarbiyalashda o‘zining munosib o‘rnini ko‘rsatib kelmoqda. Sevgida “ishi yurishmaganlarning” esa boshqa soxalarda ham ishi yurishmaydi. Natijada esa ular o‘zlarini tushkun, baxtsiz va omadsiz inson deya xisoblay boshlaydilar. Shuning uchun ham mazkur mavzuda tadqiqot okib boorish va qo’lga kiritilgan nazariy hamda amaliy materiallar bilan o’sib kelayotgan yosh avlod vakillarini tanishtirib boris ishlarini jadal yo’lga qo’yish muhim masalalardan hisoblanishi ta’kidlab o’tilgan. Xulosa va tavsiyalar O‘tkazilgan tajriba ishlarida shun narsa ayonki, talabalar o‘rtasida sevgi-muhabbat hislarinig namoyon bo‘lini tegishli metodikalar, testlar va IPS ijtimoiy-psixologik so‘rovnomalarimizdan xam foydalanildi. Natijada mavzuga oid ilmiy-nazariy ma’lumotlar to‘plandi, amaliyotga qo‘llasa bo‘ladi. Ijtimoiy kishilik jamiyati yuzaga kelibdiki, insonlar orasidagi ijobiy va salbiy munosabatlar barcha kishilarning diqqat markazida muhim masalalardan bo‘lib kelgan. Shuning uchun bu masalalar qadim zamonlardan boshlab xalq og‘zaki ijodi namunalarida, doston, qo‘shiq va ertaklarda, donishmandlarning fikr va qarashlari sifatida o‘ziga xos ravishda munosabat bildirish va tahlil qilish obyekti bo‘lib kelgan. Oilaviy hayotning ma’naviy asoslari bo‘lajak turmush o‘rtog‘ida empatiyaning yuqori darajada rivojlanganligida ifodalanadi, uning shakllanganligi esa organik birlik, emosional identifikasiya jarayonlarining o‘zaro aloqasi, shaxsiy refleksiya, er-xotinlarning adekvat xulqi, ularning bir-biriga hamda boshqalarga ijobiy yo‘nalganligini nazarda tutadi, degan xulosaga ham kelingan. Shaxsning bu sifatlari muloqot, o‘zaro ta’sir, turli vaziyatlarda insonlar o‘rtasidagi hamkorlik jarayonlarida ochiladi, biroq oilaviy hayotda ushbu ijtimoiy guruh xususiyati natijasida muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib tavsiya o’rnida; Talaba yoshlarni muhabbat hislari namoyon bo’lishini o’rganishning natijasida qo’ga kiritilgan nazariy va amaliy ma’lumotlarni o’spirin yoshidagi oq’uvchilarga havola etish, kelajakdagi muammolarning oldi olinar edi. Talaba yoshlarga ta’lim tarbiya berish jarayonida, bolalarda empatik qobiliyat va bag’rikenglik rivojlanishiga e’tiborli bo’lish lozim Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling