Talaba yoshlara muhabbat hislarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarining nazariy asoslari


Download 1.35 Mb.
bet11/16
Sana21.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1645272
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ФАРОҒАТ ЯНГИ (2)

Ikkinchi bob bo’yicha xulosa
Insonning talabalik davrlari nafaqat professional tanlov va kasb egallash uchun maqbul davr, balki bu davr yoshlarning o‘zligini anglash, o‘z qadr-qimmatini bilish va boshqalarga nisbatan emotsional munosabatda bo‘lish tajribasini egallash davri hamdir.
Sevgining yoshlarda namoyon bo‘lishi va uning psixologik tahlilini o‘rgangan tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, sevgining dastlabki bosqichi – o‘zaro yoqtirib qolish – simpatiya bo‘lib, bunda asosan sevgi ob’yektining tashqi jozibasi ro`l o`ynaydi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, ta’limning barcha bosqichida ma’naviy tarbiyaning ajralmas bo‘lagi sifatida ana shunday samimiy munosabatlarni tarbiyalash, targ‘ib etish, kerak bo‘lsa, yoshlarga ana shunday sevgi va sadoqat haqidagi qadriyatlarimizni singdirishimiz kerak. Sevgi va muxabbat hislari keng ma’noda – Vatanga, yurtga, ona xalqimizga, ona tabiatga, kasbga va yaqin kishilarimiz Ota-onalarimizga, opa-singil, aka-uka va barcha sibling maqomiga ega bo‘lgan qon-qarindoshchilik munosabatlariga shuningdek, mahalla ko‘cha-kuy va xokazolarga ham qaratilgan bo‘lishi kerak. Inson yuksak xis-tuyg‘ularining eng oliysi Vatan tuyg‘usi bo‘lib, u tuyg‘u inson bolasining ilk yoshlik davridanoq ona suti va uning qalb quri bilan farzand ongiga va qalbiga singib boradi. Zero, Vatan hissi shu Vatanning egasi bo‘lmish xalqni bilishdan, uning qadriga yetishdan, nimalarga qodir bo‘lganini tan olishdan, buyukligini e’tirof etishdan boshlanadi. Vatan va xalq egizak tushuncha bo‘lib, birini xis qilish uchun ikkinchisini bilish kerak. Vatan hissi – bu xalqni sevmoq, xurmat qilmoq, qadriga yetmoq va e’tirof etmoqlikdir. O‘zbekistonliklar uchun shu yurt, shu tuproqni sevish, uning qadriga yetish – buyuk ne’mat va shu bilan birga, yuksak mas’uliyat hamdir.


III BOB. TALABA YOSHLARA MUHABBAT HISLARINING IJTIMOIY VA ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI DIAGNOSTIKASI
3.1.Talaba yoshlarda muhabbat hislarining ijtimoiy xususiyatlarini o‘rganishning shart-sharoitlari
Tadqiqoti G.L. Kravsovning ta’kidlashicha, ta’lim oluvchilarni oilaviy hayotga tayyorligini shakllantirishga bag‘ishlangan bo‘lib, muallif unda axloqiy sifatlar (muhabbat, hurmat, o‘zaro yordam va h.k.), axloqiy ong, axloqiy munosabatlar, axloqiy harakatlar, muayyan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar (muloqot, hamkorlik va umuman kooperasiyaga qobiliyati, o‘z xulqini nazorat qila olish qobiliyati, hayotiy vaziyatlarga bog‘liq ravishda muvofiq tanlov)ni o‘z ichiga oluvchi integrativ ta’limni tushunadi. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, empatiya yuqorida qayd etilgan xususiyatlarni bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida yuzaga chiqadi va shaxslararo aloqa fenomeni sifatida insonlarning o‘zaro munosabatlarini bevosita boshqaradi hamda oilaviy hayotning axloqiy asoslarini belgilab beradi. Empatik o‘zaro ta’sir jarayonida shaxsning boshqalarga nisbatan xulqini kelgusida belgilab beradigan qadriyatlar tizimi shakllanadi. Olim tomonidan ta’lim oluvchilarning oilaviy hayotga tayyorligini shakllantirish xususiyatlari bo‘yicha o‘tkazgan tahlili empatik jarayon tarkibida quyidagi kompoyenentlarni ajratish imkonini berdi:
Shaxsiy refleksiya axloqiy ong emotsional identifikasiya boshqalarga nisbatan pozitiv yo‘nalganlik ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilaviy hayotning ma’naviy asoslari bo‘lajak turmush o‘rtog‘ida empatiyaning yuqori darajada rivojlanganligida ifodalanadi, uning shakllanganligi esa organik birlik, emotsional identifikasiya jarayonlarining o‘zaro aloqasi, shaxsiy refleksiya, er-xotinlarning adekvat xulqi, ularning bir-biriga hamda boshqalarga ijobiy yo‘nalganligini nazarda tutadi, degan xulosaga ham kelingan. Shaxsning bu sifatlari muloqot, o‘zaro ta’sir, turli vaziyatlarda insonlar o‘rtasidagi hamkorlik jarayonlarida ochiladi, biroq oilaviy hayotda ushbu ijtimoiy guruh xususiyati natijasida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham “Talaba yoshlarda muhabbat hislarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari” mavzusini ilmiy tadqiqot sifatida o’rganishga qaror qildik.
Oila qurish motivlaridan biri sevgi-muhabbat hisoblanadi. Oilaviy munosabatlarning qay darajada kechishi ko‘pincha shu motivga bog‘liq. Lekin har qanday inson o‘z his-tuyg‘ularining sevgi ob’yekti, ya’ni tanlagan kishisiga nisbatan qanday ekanligini bilib olishi maqsadga muvofiqdir.
I. Talaba yoshlarda muhabbat hislarining ijtimoiy va etnoxududiy xususiyatlari mavzisini o’rganish uchun, tadqiqot ishinining eksperiment qismini dastlab tadqiqotchilar Yu.E.Aleshina, L.Ya.Gozman va E.M.Dubovskilar tomonidan ishlab chiqilganSevgi va yoqtirish mayli shkalasi” testi o’tkazishdan boshladik. Test yo’riqnomasiga ko’ra, ushbu test sevgi va yoqtirishning darajasini aniqlashga yordam beradi. Buning uchun berilgan 14 ta tasdiqlarning ushbu javob variantlaridan birini belgilashingiz lozim.
a) ha, bu shunday.
b) ehtimol shundaydir.
v) u qadar bo‘lmasa kerak.
g) butunlay unday emas.
Bunda iloji boricha tez ishlashga harakat qiling.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling