Talabalar malakaviy amaliyotini tashkil qilish, nazorat etish va baholash metodikasi


Sinf, guruh tarbiyaviy soatlarini tashkil etish uslubiyati, tarbiyaviy tadbirlarni tahlil qilish dasturi


Download 356.48 Kb.
bet27/29
Sana18.06.2023
Hajmi356.48 Kb.
#1576181
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
pedagogik amaliyot darslarini tashkil etish

3.3 Sinf, guruh tarbiyaviy soatlarini tashkil etish uslubiyati, tarbiyaviy tadbirlarni tahlil qilish dasturi

Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning eng asosiy va hal qiluvchi omillaridan biri sinf tarbiyaviy soatlari bo‘lib, uni tashkil etish pedagogikaning quyidagi yo‘nalishlari asosida olib borilmog‘i lozim. Bular quyidagilardan iborat:



  • sinf, guruh tarbiyaviy soatining mazmunini aniqlash;

  • sinf, guruh xonasini jihozlash ishlarini tashkil etish;

  • sinf, guruh tarbiyaviy soatlari turkumini rejalashtirish.

Hozirgi kunda ko‘p yillik pedagogik izlanishlar va mazkur soha mutaxassislarining ilg‘or ish tajribalari asosida ish ko‘rish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotga to‘g‘ri yo‘naltirish bugungi kunning dolzarb masalalardan biridir, zero, ularga maqsadli ta’sir ko‘rsatish, eng avvalo, sinf, guruh tarbiyaviy soatlari mazmunini aniqlash va puxta rejalashtirish, ya’ni mavzularni fasllarga qarab, bayram, tarixiy sana va voqealar, tinchlik, do‘stlik, mehnat, oila, baxt, kasb tanlash, tabiatni sevish, vatanparvarlik, ajdodlarimiz merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz singari tarbiyaviy soatlar bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiyalash) katta muvaffaqiyatning garovi ekanligini ko‘rsatmokda. Bunda quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratilmog‘i lozim:

  • “Inson va insoniy munosabatlar”. Bunda milliy insoniy qadriyatlar, munosabatlar, jonajon maktabi, o‘qituvchilariga, o‘z ota-onasi, qarindosh-urug‘i, do‘stlari va boshqa kishilarga, ona-Vatan boyliklariga munosabat, yurish-turish madaniyati, muomalasi, rostgo‘ylik, halollik, mehnatga ongli munosabatda bo‘lish, vatanparvarlik, sevgi, vafo, insoniylik, xalqlar do‘stligi va birodarligi kabi etik qoidalar tartibiga e’tibor qaratish;

  • “Fan va turmush”. Bunda dunyoni bilish, ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashni shakllantirish, fan, texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lib borish, kitobga munosabat, uni o‘qish qoidasi, turmush madaniyati, oila etikasi kabi masalalarga e’tibor berish;

  • “Go‘zallik olamida”. Bunda go‘zallikning mohiyati, go‘zallikni xunuklikdan farqlash, etik va estetik qarashlari, kiyinishda, turmushda, mehnatda, axloqda, muomala va nutq madaniyatida, san’atning turli sohalarida, she’riyatda, zamonaviy ishlab chiqarish kabi sohalarda go‘zallik belgilariga e’tibor berish;

  • “Mustaqil O‘zbekiston davlati va inson huquqi haqida nimalarni bilasiz?”. Bunda mustaqil O‘zbekiston davlatining ichki va tashqi siyosati, mustaqil respublikamiz davlat ramzlari, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li, Respublika Konstitutsiyasi, O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, O‘zbekistonning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy taraqqiyoti, O‘zbekistoning jahon hamjamiyati bilan hamkorligi kabi masalalarga e’tiborni kuchaytirish;

  • “Psixologik mavzular”. Bo‘lajak ota-onalar, respublikamizda yosh avlod tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, shuningdek, vijdon, burch, do‘stlik, fuqarolik his-tuyg‘ulari, bo‘lajak kasbga psixologik jihatdan o‘zini tayyorlab borish kabi tushunchalarni singdirish va o‘z-o‘zini tarbiyalash kabilarga e’tibor qaratish;

  • “Ekologik tarbiya”da bolalarda tabiat in’om etgan boyliklarga nisbatan mas’uliyat hissi, ularni hozirgi va kelajak avlod uchun avaylab-asrash, ko‘paytirish hamda muhofaza qilish his-tuyg‘ulari tushunchalarini tarkib toptirish kabilarga e’tibor berish lozim.

Sinf, guruh soatlarini tashkil qilish o‘quvchilarning psixologik tayyorgarligidan boshlanadi. Ular sinf tarbiyaviy soatini intizorlik bilan kutishadi, u yerda ko‘riladigan masalalar qiziqarli muhokama qilinishi va munozarali bo‘lishi hamda u ko‘ngildagidek o‘tkazilishi lozim. Buning uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak? Avvalo, muhokama mavzusi, uni qayerda o‘tkazish vaqti, sinf burchagiga oldindan yozib qo‘yilishi kerak.
Sinf, guruh tarbiyaviy soati tarbiyaviy ishning ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilar uchun ham, sinf, guruh rahbari uchun ham amaliy-ijodiy ishdir.
Sinf, guruh tarbiyaviy soatida tanlangan matn bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotga, eng avvalo, o‘qituvchi puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Mashg‘ulot jarayonida ustoz o‘z maqsadini shogirdlari ongiga ularning qalbini to‘lqinlantira oladigan, ta’sirchan va ifodali nutqi bilan o‘rnak bo‘lish kabi turli pedagogik ta’sirlar orqali singdirishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, yoshlar quruq va’zxonlikdan zerikadi.
Sinf, guruh tarbiyaviy soatlarida mehnat va urush faxriylari, qahramonlar, ilg‘or kishilar, yozuvchi va shoirlar, ota-onalar va ishlab chiqarishning ilg‘or vakillari ishtirok etishlari, unda ular o‘z hayotiy tajribalaridan jonli hikoya qilib berishlaridan ham unumli foydalanish mumkin. Ana shu jonli muloqot va suhbatlar orqali o‘quvchilar kattalarning ibratli hayot yo‘li, orttirgan boy tajribalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.



Download 356.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling