Talabalar malakaviy amaliyotini tashkil qilish, nazorat etish va baholash metodikasi


Tarbiyaviy tadbirlarni tahlil qilish dasturi


Download 356.48 Kb.
bet28/29
Sana18.06.2023
Hajmi356.48 Kb.
#1576181
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
pedagogik amaliyot darslarini tashkil etish

Tarbiyaviy tadbirlarni tahlil qilish dasturi



  • Sinf, guruh o‘quvchilariga qiskacha ruhiy-pedagogik tavsif.

  • Sinf, guruhning umumiy tarbiyaviy tizimida ushbu tadbirning tutgan o‘rni va ahamiyati.

  • Tanlangan tarbiyaviy tadbir mavzusi va shaklining asoslanishi.

  • Ushbu tadbirning ta’lim-tarbiyaviy maqsadi va vazifalari.

  • Tadbirning mazmuni.

  • Tadbirni o‘tkazishdagi tashkiliy tayyorgarlik ishlari.

  • Tadbirni o‘tkazish yo‘rig‘i.

  • Tadbirning jihozlanishi (ko‘rgazmali qurollar, texnikaviy ko‘rgazmali vositalar va shu kabilar).

  • Adabiyotlar (sinf, guruh rahbarlari va o‘quvchilar uchun).



Tarbiyaviy tadbirni kuzatish va tahlil qilish
Tarbiyaviy ishlarni o‘rganish uchun uni kuzatish lozim. Kuzatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • sana;

  • soat;

  • o‘quv yurti (maktab, litsey, kollej);

  • sinf, guruh;

  • ishtirokchilar soni;

  • tadbirlar mavzusi;

  • tadbirlarning turlari (siyosiy axborot, sinf, guruh soati, axloq-odob mavzusida suhbat, kecha, munozara, anjuman va shu kabilar).

Kuzatish jarayonida to‘plangan daliliy ma’lumotlar asosida -tarbiyaviy tadbir tahlil qilinadi[23].
XULOSA
Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”,– degan fikri asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir.
Pedagogik amaliyotni tashkil etish, unig asosiy maqsadi, pedagogik amaliyot modeli haqidagi ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish natijasida o‘uyidagi xulosalarga keldik
Oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan malakaviy pedagogik amaliyotga oid Nizomda universitet faoliyatining asosiy tamoyili bo‘lgan o‘qishni amaliyot bilan qo‘shib olib borilishiga urg‘u berilgan. Bu esa ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarga yangicha yondashish asosida pedagogik jarayonni tashkil etishni taqozo etadi.
Malakaviy amaliyot ta’lim muassasasida o‘qituvchilarning tashkiliy, konstruktivlash, rejalashtirish, kommunikativ, tadqiq qilish kabi pedagogik mahoratini shakllashtirishgagina emas, balki o‘qituvchining kasbiy xususiyati va o‘qituvchi shaxsi qo‘ygan talabidan kelib chiqqan holda individual va insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirishga qaratilgandir.
Pedagogik amaliyot- asosiy ijtimoiy vazifa, ya’ni bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlarga kasbiy pedagogik va psixologik tayyorlash,ijodiy fikrlash, kasbiy mahorat va qobiliyatlarni rivojlantirish asosida har tomonlama yetuk insonni shakllantirish, yosh avlodni hayotga va faol mehnatga tayyorlash –dolzarb ilmiy- metodik muammo ekanligi asoslandi.
Bitiruv malakaviy ishida hozirgi zamon o`qitish nazariyasi va amaliyotining uzviyligini ta’minlashning asosiy omili- Pedagogik amaliyot tizimi va mezonlarini tavsiflalandi;

  • Pedagogik amaliyot jarayonida amaliyotchilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan malakalar, talabalar pedagogik faoliyatini nazorat qilish va baholash tizimi haqida ilmiy-metodik tavsiyalar tayyorlandi;

  • Pedagogik amaliyotning vazifalari, bo‘lajak o‘qituvchilarda amaliy ko‘nikmalar, psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo‘llash malakalarini va barqaror pedagogik qarashlarni shakllantirish tamoyillari asoslandi;

  • Pedagogik amaliyot davrida o‘quv jarayonini tashkil etish, Dars va unga qo‘yiladigan talablar(didaktik talablar, psixologik talablar, axloqiy-etik talablar, gigiyenik talablar,texnik talablar) va darsga tayyorgarlik ko‘rishining asosiy bosqichlari haqida ilmiy-metodik tavsiyalar tayyorlandi;

  • Darslarni kuzatish, tahlil qilish turlari (Ilmiy tahlil, Uslubiy tahlil,Didaktik (ta’limiy) tahlil,Umumiy pedagogik tahlil va O‘z darsini o‘zi tahlil qilish ya’ni Audio tahlil) hamda Dars tahlilining tiplari(To‘la tahlil –Qisqa tahlil –Kompleks tahlil –Aspektli tahlil) ning qisqacha tavsifnomasi tavsiya etildi;

  • Pedagogik amaliyot tizimi va mezonlari, amaliyot jarayonida amaliyotchilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan malakalar, pedagogik faoliyatni nazorat qilish va baholash tizimini to‘g‘ri tashkil etishning ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati borasida metodik tavsiyalar, yangi ma’lumotlar bilan boyitildi.

Talabalarning kasbiy maxoratini ta’lim maqsadiga binoan, zamon talablari darajasida, nazariy va pedagogik asoslarga asosan to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish ta’lim samaradorligini ta’minlashning muxim omili. Shu nuqtai nazardan qaralganda, malakaviy pedagogik amaliyot ilg‘or ta’lim tizimi tajribalarini o‘rganish maskani, mahorat maktabi hisoblanadi. Taklif qilinayotgan metodika ilmiy-metodik tadqiqotlarga asoslangan, bo`lg`usi fizika o`qituvchilari uchun ham zarur ilmiy-metodik tavsiya vazifasini bajaradi.

Download 356.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling