Talabalarini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va


Seysmik xavf-xatarni (riskni) baholash


Download 152.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana02.06.2024
Hajmi152.24 Kb.
#1834386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-MAVZU

Seysmik xavf-xatarni (riskni) baholash. Keyingi yillarda Seysmologiyada 
yangi yo‘nalish – seysmik xavf-xatarni baholash yo‘nalishi tez rivojlanib 
bormoqda. O‘zbekistonda bu sohada T.R.Rashidov, N.G‘.Mavlonova, 
V.A.Ismoilov, S.A.Tyagunov, B.S.Nurtayev va boshqalar keng tadqiqot ishlari olib 
borishmoqda. Bu yo‘nalishning asosiy vazifasi mabodo Respublikaning biron 
hududida kuchli zilzila bo‘lib o‘tsa undan ko‘rinishi mumkin bo‘lgan zararni 
tezlikda aniqlashdan iborat. Bu usulning afzalligi zilzila ro‘y bergan joyga yetib 
bormasdan turib tezlikda undan ko‘rilgan zararni hisoblab chiqish va tezkor choralar 
ko‘rishdan iborat. Ma’lumki ilgarilari kuchli zilzila ro‘y bergandan keyin tezlikda 
epitsentral guruhlar tashkil qilinar va bo‘lib o‘tgan zilzila oqibatlari bilan har 
tomonlama tanishgandan keyin ro‘y bergan hodisani hisobga olgan holda turli 
guruhlar tomonidan keng ko‘lamli ishlar boshlanar edi. Xozirgi yangi yo‘nalishning 
afzalligi vaqtdan ancha yutiladi. Zilzila epitsentriga yetib bormasdan turib bo‘lib 
o‘tgan zilzila haqida taxminiy ma’lumotga ega bo‘linadi. Bunday paytda kuchli 
zilziladan keyin tezlikda qutqaruv ishlarini boshlash uchun har bir sekund 
qimmatlidir. Albatta, avvalgidek hamma ishlar: izoseystlar xaritasi tuzish, bo‘lib 
o‘tgan zilzilaning aniq epitsentrini aniqlash, zilzilaning aniq parametrlarini topish 
va h.k. Lekin qutqaruv ishlarini tashkil qilishda seysmik xavf-xatarni tezlikda 
aniqlash ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi. Seysmik 
xavf-xatarni aniqlashda jabrlangan odamlardan tashqari qaysi tipdagi imoratlar 
qanday zarar ko‘rishi, kommunikatsiya tizimidagi yo‘qotishlar, va h.k-.lar tezlikda 
hisoblab chiqiladi.
Zilziladan muxofazalanish chora-tadbirlari orasida avvalo har bir 
fuqaroning o‘z shaxsiy xavfsizligi ta’minlash masalasi juda muhim ahamiyatga ega. 
Shuning uchun birinchi navbatda fuqarolar zilzilaning ballardagi ta’sir kuchini 
mustaqil baholay olishlari, amalda qo‘llay bilishi va kuchli zilzila vaqtida to‘g‘ri 
qaror qabul qilish ko‘nikmalarini oldindan shakllantirgan bo‘lishi kerak.
Quyidagi jadvalda xalqaro MSHK shkalasida zilzila kuchining ballardagi 
tavsifi keltirilgan (3-jadval). 
 
 
 
 



3-jadval 

Download 152.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling