Talabalarini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va


Download 152.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana02.06.2024
Hajmi152.24 Kb.
#1834386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-MAVZU

 
 
 
 
 
 



II. ASOSIY QISM 
 
1-o‘quv savoli. Zilzilalarning yuzaga kelib sabablari 
Ma’lumki tabiiy ofatlarning turi ko‘p. Ular zilzila, yong‘in, sel, dovul, 
sunami, vulqon otilishi, ko‘chkilar, turli kasalliklarning keng tarqalishi va 
boshqalardan iborat bo‘lib, ular insoniyat va tabiat uchun behisob zarar keltiradi. 
Ularning ichida eng ko‘p zarar keltiruvchi tabiiy ofat zilzila hisoblanadi.  
Avvalo zilzila tug‘risida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lish uchun o‘tmishdagi 
va hozirda bulayotgan zilzilalarning statistik ko‘rsatkichlariga e’tiborni qaratsak. 
Zilzilalarni qayd qilish ishlari to‘rt ming yil avval boshlangan bulib XXI asrga qadar 
671 ta halokatli zilzilalar qayd qilingan. Shulardan 82 tasi XX asrga to‘g‘ri keladi. 
Quyidagi jadvalda zilzilalarning yillik o‘rtacha soni keltirilgan (1-jadval). 
1 jadval 
Zilzilalarning yillik o‘rtacha soni 
№ 
Zilzilalar 
Magnituda 
Zilzilalarning yillik 
o‘rtacha soni 

Dunyo miqyosida fojia 
>8 
1-2 

Region miqyosida talofatli 
7-8 
15-20 

Lokal miqyosdagi kuchli 
6-7 
100-150 

O‘rtacha kuchdagi 
5-6 
750-1000 

Joylardagi kuchsiz shikastlantiruvchi 
4-5 
5000-10000 

Kuchsiz 
3-4 
40000-50000 

O‘ta kuchsiz, odamlar sezmaydigan 
<3 
3000000-3500000 
Zilzila yerning ma’lum chuqurliklarida bir necha o‘nlab yillar davomida 
yig‘ilgan potensial energiya hisobiga yerdagi ayrim bloklar yoki strukturalarning 
daf’atan qo‘zg‘alishi natijasida sodir bo‘ladi.
Natijada zilzila o‘chog‘ida uch turdagi bo‘ylama, ko‘ndalang va yuza 
to‘lqinlar xosil bo‘ladi va ular turli tezlikda atrofga yoyiladi.Seysmik to‘lqinlarning 
birin-ketin o‘tishi natijasida yer silkinishi sodir bo‘ladi va uni biz zilzila deb 
ataymiz.Tabiatda uch turdagi zilzilalar mavjud: tektonik, vulkanik va o‘pirilma
yer sharidagi 95-99 foiz zilzilalar tektonik zilzilalardir.
Zilzila turtkilar seriyalari holida bo‘lib o‘tadi va uchga bo‘linadi: forshok 
(ingliz tilida Fore – oldi, oldindagi va SHock – turtki), asosiy turtki va aftershok 
(ingliz tilida After – keyingi va SHock). Turtkilar soni va ularning o‘rtasidagi oraliq 
vaqtlar har xil bo‘lishi mumkin. Asosiy turtki eng yuqori kuchga ega bo‘ladi. Asosiy 
turtkining davomiyligi – bir necha sekund, lekin odamlar tomonidan sub’yektiv
darajada uzoq bo‘lganday seziladi. 
Zilzilaning kuchi (intensivligi) xozirgi vaqtda asosan ikkita shkalada beriladi. 
Ular 12 ballik xalqaro MSK -64 (Medvedev,SHponxoyer, Karnik) shkalasi va 
kattaligi 1 dan 9 gacha bo‘lgan Magnituda (M) bilan ifodalanadigan Rixter 
shkalasidir. Quyidagi jadvalda zilzilaning ikkala shkaladgi farqi keltirilgan
(2-jadval)



2-jadval 

Download 152.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling