Talabalarini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va
-o‘quv savoli. Tuzilmalar shaxsiy tarkibini zilziladan oldin harakat
Download 152.24 Kb. Pdf ko'rish
|
2-MAVZU
2-o‘quv savoli. Tuzilmalar shaxsiy tarkibini zilziladan oldin harakat
qilishga tayyorlash Ma’lumki, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan fuqarolar turli vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatishadi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga (keyingi o‘rinlarda – FVDT) kiruvchi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, xodimlari, ishchi va xizmatchilari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari FVDTning aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha yillik asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan o‘tkaziladigan yig‘inlar va o‘quv mashqlarida, shuningdek 3 yilda bir marta jamlash rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutining malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslarida, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazida, Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazlarining malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tashkilotlarning xodimlari, ishchi va xizmatchilari hamda harbiy xizmatchilar - doimiy ravishda tayyorlash dasturlariga muvofiq, xizmat va ishdan ajralmagan holda, xizmat va ish joylarida tashkil etiladigan ob’yekt o‘quv mashg‘ulotlarida tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Mazkur mashg‘ulotlarda kuchli zilzilalar oqibatida yuzaga kelishi mumkin ikkilamchi tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofazalanishga o‘rgatiladi. Xususan, aholi turar-joy binolari, ijtimoiy ob’yektlarda va tashkilotlar tasarrufidagi bino va inshootlarda kuchli zilzila oqibatida binolarning qulashi bilan bog‘liq, shuningdek iqtisodiy o‘ta muhim va toifalangan ob’yektlarda, energetika va kommunal tizimlarda avariya, yong‘in va portlashlar bilan bog‘liq ikkilamchi favqulodda vaziyatlar shular jumlasidandir. Yirik favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish borasidagi ilg‘or xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ularning oldini olish chorasini ko‘rish va bunga erishish, sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etishga qaraganda iqtisodiy jihatdan tejamli va samarali hisoblanadi. Shu boisdan, respublikada aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlash maqsadida, zilziladan oldin FVDT funksional xizmatlari tomonidan kuchli zilzilalarning muddatli prognozlariga muvofiq zilziladan oldin tegishli chora-tadbirlar kompleksi rejalashtirilishi va amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 7 Ta’kidlash kerakki, Favqulodda vaziyatlar Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida tinglovchilarni tayyorlash quyidagi guruhlarga taqsimlangan holda olib boriladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hududiy komissiyasi raislari o‘rinbosarlari, komissiya a’zolari. 2. Tuman va shaharlar favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish hududiy komissiyasi raislari, ularning o‘rinbosarlari. 3. Vazirliklar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar, banklar va boshqa idoralar fuqaro muhofazasi boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari. 4. Toifalangan ob’yektlar rahbarlari va fuqaro muhofazasi bo‘yicha mutaxassislari. 5. Evakuatsiya komissiyasi raislari, ularning o‘rinbosarlari. 6. Oliy ta’lim muassasalarining “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani pedagog xodimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazlari o‘qituvchilari. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot ob’yektlari faoliyatining barqarorligini oshirish komissiyasi raislari va ularning o‘rinbosarlari. 8. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining fuqaro muhofazasi bo‘yicha mutaxassislari, ishlab chiqarish-iqtisodiyot ob’yektlari fuqaro muhofazasi mutaxassislari va xodimlari. 9. O‘zbekiston Respublikasi vazirlik, idora, tashkilot va muassasalar, mahalliy hokimiyat organlarining safarbarlik ishlari bo‘yicha mas’ul rahbar va xodimlari. Shuni alohida qayd etish kerakki, Institutda tinglovchilarga quyidagi mavzularda mashg‘ulotlar o‘tishda favqulodda vaziyatlar qatorida kuchli zilzila va uning ikkilamchi oqibatlari, undan muxofazalashi masalalariga qisqacha to‘xtalib o‘tiladi: “Favqulodda vaziyatlar va ularning tasnifi”; “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish”; “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni tashkil etish”. Bundan tashqari, Institut Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazida zilzilani sun’iy simulyatsiya qilib beruvchi maxsus qurilma mavjud bo‘lib, ushbu qurilma yordamida sodir bo‘lgan turli xil zilzilalar simulyatsiya qilinadi va zilzilada qanday amaliy harakat qilish lozimligi videofil’mlar orqali hamda amalda ko‘rsatib beriladi. Ushbu markazda zilzila tarixi muzeyi, eksponatlar zali, psixologik tayyorgarlik xonasi, tibbiy yordam xonalari mavjud bo‘lib, bu joylarda tinglovchilar zilzilaning kelib chiqish sabablari, sodir bo‘lgan zilzilalar va ularning oqibatlari, jarohatlanishlarda yordam ko‘rsatish turlari va boshqalar haqida to‘liq ma’lumotlar va taassurotlarga ega bo‘lishadi. Institutda tahsil olayotgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan fuqarolarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tizimi samaradorligini yanada oshirish maqsadida, zilziladan oldin, zilzila paytida va zilziladan keyin to‘g‘ri harakat qilish qoidalari hamda zilzila 8 oqibatlarini bartaraf etish masalalari quyidagi mavzularda nazariy jihatdan o‘quv savoli sifatida atroflicha yoritib berilishi mumkin: -“Evakuatsiya organlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish”; - “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish”; - “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibi”; - “Iqtisodiyot ob’yektlari faoliyatining favqulodda vaziyatlar sharoitida barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari” va hokazo. Institut o‘quv dasturiga kiritilgan, ushbu mavzular doirasida zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar va tadbirlar haqida to‘liq tushuncha berish mumkin. Xususan, evakuatsiya organlarining faoliyatini tashkil etishga oid mavzuga zilzilada evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirishni, fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish mavzusiga zilziladan oldin rejalashtirish mumkin bo‘lgan tadbirlarni, aholini tayyorlash mavzusiga aholining zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyingi harakatlarni kiritish mumkin. Buning uchun zilzilaga oid barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan darslik ishlab chiqilishi lozim. Joylarda Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazlarida kuchli zilzila va uning oqibatlari haqida bilim berish uchun quyidagi mavzularda mashg‘ulotlar olib boriladi: “Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish”; “Geologik xavfli jarayonlar”; “Aholi va hududlarni tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni tashkil etish”. “Favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lganda aholini ko‘chirish tadbirlarini tashkillashtirish”; “Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorlash”. Ushbu mavzularda zilzilaga oid o‘quv savollari kiritilgan. Biroq, ta’kidlash kerakki, joylardagi hududiy o‘quv markazlarida Fuqaro muhofazasi institutidagi kabi zilzilani simulyatsiya qilib beruvchi qurilmalar mavjud emas. talab etiladi. Kelgusida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan fuqarolarni kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarga tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilar tavsiya etiladi: 1. Fuqaro muhofazasi institutida zilzila va uning ikkilamchi oqibatlariga oid barcha ma’lumotlarni jamlagan darslik ishlab chiqish. Ushbu darslik yordamida rejalashtirish, evakuatsiya, barqarorlikni ta’minlash, ta’minot, xabar berish, muhandislik-texnik tadbirlar va boshqa mavzularini zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda ushbu tadbirlarni amalga oshirishga oid mavzular bilan to‘ldirish mumkin. 2. Aholini zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashda simulyatsiya markazining o‘rni kattaligini hisobga olib joylardagi o‘quv markazlarini ko‘chma mobil’ zilzilani simulyatsiya qilish qurilmalari ta’minlash. 9 3. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan fuqarolarni ish joylarida zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish. Download 152.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling