Talabalarning axborot-loyihalash kompetentligi pedagogik tadqiqot
Download 37.79 Kb.
|
Xakimov J.O.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Talabalarning axborot-loyihalash kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti modelini, virtual ta’lim texnologiyalarini joriy etish, virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishning metodik ta’minotini takomillashtirish uchun keng sharoitlar mavjud. Bu esa, ta’limning paradigmal tranformatsiyasi kontekstida talabalarning axborot-loyihalash kompetentligini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini kompleks joriy etishning pedagogik shart-sharoitlari va didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish, bo‘lajak mutaxassislarning amaliy tayyorgarligi darajalarini baholashning mezon va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirishni taqozo etadi [1]. Ta’lim jarayonida avtomatlashtirilgan loyihalash jarayonlarining moddiy va dasturiy ta’minoti imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, avtomatlashtirilgan loyihalash ta’minoti turlarining komponentlari, texnik vositalarini takomillashtirish, operatsion tizimlar, avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari (AutoCAD/Kompas), ikki o‘lchamli konstruksiyalash va uch o‘lchamli modellash, avtomatlashtirilgan hisoblash (MathCAD), MathCADda algebraik hisoblashlar, MathCADda differensatsiyalash va integrallash masalalarini zamonaviy talablar asosida hal etish borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Axborot-loyihalash kompetentligini avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari asosida takomillashtirish va pedagogik faoliyat mazmunini o‘zgartirishga zamonaviy ilmiy yondashuvlar bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirish, ta’lim jarayonida avtomatlashtirilgan loyihalash jarayonlari metodini qo‘llashning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi [2, 159]. Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish borasida muayyan tajribalar to‘plangan va ishlanmalar tayyorlangan bo‘lsa-da, lekin texnika oliy ta’lim muassassalarida talabalarni ta’lim jarayonida avtomatlashtirilgan loyihalash jarayonlariga o‘rgatish masalalari yetarlicha tadqiq etilmagan. Holbuki, axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositalarini, avtomatlashtirilgan loyihalash jarayonlari metodini ta’lim jarayonida qo‘llash uni sifat jihatidan o‘zgartiradi. Buning uchun esa, eng birinchi navbatda, bo‘lg‘usi mutaxassislarni ulardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish zarur, chunki muhandis, mutaxassis o‘z kasbiy faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositalaridan foydalanishi natijasida ularning intellektual va ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi, mehnati faoliyati yanada unumdor, qiziqarli bo‘ladi va oqibatda – ish jarayonini tashkil qilish sifati va samaradorligi ortadi [3, 106]. Download 37.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling