Talabalarning bilimini ilmiy izlanishlar bo‘yicha oshirish


Korxonaning ish rejimini asoslash


Download 0.52 Mb.
bet3/11
Sana04.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1328872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Beton

Korxonaning ish rejimini asoslash
Ko‘p smenali ish rejimida ishlaydigan korxonalarda, tabiiyki, barcha xodimlar uchun yagona ish vaqti rejimini belgilab bo‘lmaydi. Shuning uchun ish vaqti rejimi bunday korxonalarning bir smena ish­laydigan xodimlariga ichki mehnat tartibi qoidalarida, smenada ish­laydiganlar uchun esa bundan tashqari ish smenasi jadvallarida belgi­lab qo‘yiladi. Ish smenasi jadvallarida ish haftasining turiga (besh kunlik yoki olti kunlik) qarab ish smenasi muddati (tegishlicha ko‘pi bilan sakkiz yoki yetti soat), har bir smena uchun alohida-alohida qilib ish boshlanadigan va tugallanadigan vaqt, tushlik tanaffus, bir sme­nadan boshqasiga o‘tish tartibi va shu kabilar belgilab beriladi.
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qomusiga asosan ishchi va xizmatchilarning haftalik ish vaqti 41 soatdan oshmasligi kerak. Ishchi va xizmatchilar uchun kechasi ishlash vaqti qisqartirilgan. Shu bilan birga haftada dam olish kunlari va maosh to‘lanadigan mehnat ta'tili joriy qilingan.
Korxonadagi texnologik jarayonlarni va ishchilar sonini to‘g‘ri hisoblash uchun sexning ish rejimini tanlash kerak. Sexning ish rejimi yillik ish sutkalar soni va sutkalik smena soni bilan tavsiflanadi (belgilanadi). Yig‘ma beton va temirbeton buyumlari va qurilmalari ishlab chiqaruvchi korxonalar, zavod va kombinatlarda ish sutkalari quyidagicha qabul qilinadi:
-hisobiy yillik ish sutkasi – 262;
-temir yo‘l transporti bilan xom ashyo va mahsulotlarni tashish – 365;
-sutkalik ish smena soni (issiqlik bilan ishlov berilmaydigan bo‘lsa)–2;
- issiqlik bilan ishlov beriladigan bo‘lsa – 3;
Xom ashyo va tayyor mahsulotlarni qabul qilish va jo‘natish jarayonidagi sutkalik smena soni;
- temir yo‘l transporti bilan – 3;
- avtomobil transporti bilan – 2;
Asosiy texnologik uskuna va jihozlar uchun ishlab chiqarishning agregat potok, konveyer, kasseta va stend usullar qo‘llanilganda yillik ish fondi vaqti quyidagicha hisoblanadi:
S=Kf·Nn (1.1)
Bu yerda Kf-texnologik uskunalardan foydalanish koeffitsienti, Kf=0,94.
Nn-bir yillik ish kunlari, soni, Nn=262;
Butun korxonaning yoki ayrim sexlarning ish rejimini talabalar 262 ish kuni, dam olish va bayram kunlarini, quritish agregatlari va x. k.larning 2 smenada ishlashni, asbob-uskunalarning kapital yoki profilaktik remont qilinishini e'tiborga olib hisob-kitob ishlarini bajaradi. Asosiy texnologik uskunalarning yillik ish vaqti fondini 247 kun deb qabul qilinadi. Asosiy texnologik uskunalardan foydalanishning yillik koeffitsienti-247:262=0,943

Korxonaning ish rejimi.


2-jadval



Asosiy sexlar



Bir yildagi kunlar soni

Sutkadagi smenalar soni

Smenada-gi ish soatlari

Yillik fond ish vaqti, soat

Koeffitsient, Kf



Hisobiy yillik fond ish vaqti, soat

1

Beton qorish sexi

262

2

8+8

16x262=4192

0,943

4192x0,94=3950

2

Armatura sexi

262

2

8+8

4192

0,943

3950

3

Quyish sexi

262

2

8+8

4192

0,943

3950

4

Issiqlik bilan ishlov berish kamerasi

262

3

23

6026

0,943

5680



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling