Talabalarning bilimini ilmiy izlanishlar bo‘yicha oshirish


Download 0.52 Mb.
bet6/11
Sana04.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1328872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Beton

Texnologik qism
Sexda ishlab chiqariladigan buyum (korxonada ishlab chiqariladigan buyumlar) uchun quyidagi asosiy texnologik hisoblashlar amalga oshiriladi.
-buyumning xiliga va sexning (korxonaning) berilgan ishlab chiqarish unumdorligi asosida texnologik liniyalar sonini hisoblash;
-buyumlarni issiqlik bilan qayta ishlash uchun issiqlik kameralari yoki avtoklavlar sonini va o‘lchamlarini aniqlash;
-har bir texnologik liniya uchun jihozlar (mashina va agregatlar) sonini aniqlash;
-ravoqlardagi texnologik liniya ishlarini tashkillashtirish;
-liniyalardagi mashina va mexanizmlardan eng unumli foydalanishni yo‘lga quyish;
-buyumlarni ta'mirlash, texnik nazorat qilish va omborga jo‘natish jarayonini ratsional tashkillashtirish.
Asosiy texnologik jihozlar quyish sexga joylashtirilganda, ishlab chiqarish liniyalari esa o‘lchamlari eni 12, 18, 24, 36m, uzunligi 54÷144m bo‘lgan tipovoy ishlab chiqarish binosi ravoqlarga mos kelishi kerak. Sexning kran osti yo‘ligacha bo‘lgan balandligi 8,05 m, ustunlar orasidagi masofa chetki katorlar uchun 6 m va o‘rta katorlar uchun esa 12 m olinadi.
Beton quyish sexida quyidagi postlar joylashadi: qoliplarni tayyorlash; betonni quyish; betonni zichlash; qoliplarni yechish; ta'mirlash; sovutish; ushlab turish; buyumlarni qayta ta'mirlash, nazorat qilish va omborlarga jo‘natish postlari; issiqlik bilan qotirish kameralari, shuningdek armatura xom-ashyolar va komplektlovchi detallarni saqlovchi oraliq maydonchalar, qoliplarni sovutish maydoni va x.k joylashadi.
Liniyaning texnologik jarayoni loyihalanganda asosiy e'tibor beton quyuvchi va uni zichlovchi uskuna va jihozlarga qaratilish kerak. Qolgan barcha postlar esa asosiy jarayonning ritm bo‘yicha ishlashini ta'minlab borish kerak.
Texnologik uskunalarni tanlash
Texnologik uskunalarga asosan quyish sexidagi mashina va mexanizmlar (betonquygich va betonni zichlovchi mexanizmlar, kranlar, armatura mahsulotlarini qayta ishlovchi stanoklar, titratgichlar va x.k.) kiradi. Uskunalarni tanlashda eng keyingi ishlab chiqarilgan va maksimal mexanizatsiyalashtirilganini tanlash ishlab chiqarish unumdorligin oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari uskuna va jihozlarni tanlash xom ashyo sifatiga va xiliga hamda buyumning tavsifiga bog‘liq bo‘ladi. Qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlarni tanlashda ularning soni, unumdorligi va boshqa texnologik tavsiflari aniqlanadi, yoki maxsus normativ xujjatlardan, jadvallardan qabul qilinadi. Quyish sexidagi texnologik jarayonlarga aloqador bo‘lgan uskunalar ilovada beriladi.
Talab qilinadigan mashina va uskunalar soni quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Bu yerda: R1-sexning (liniyaning) bir soatlik unumdorligi;
Pm-tanlangan mashinaning (uskunaning) pasporti bo‘yicha bir soatlik unumdorligi;
Kn-jihozlardan foydalanish normativ koeffitsienti, Kn=0,85. Agar tanlangan mashina yoki uskunaning bir soatlik unumdorligi sexning talab qilinadigan bir soatlik unumdorligidan ko‘p bo‘lsa u holda mashinalar (uskunalar) soni emas balkim ulardan foydalanish koeffitsienti aniqlanadi.

Quyish sexining xom ashyolar extiyojiga asosan (1.4. jadval 1.3) stend usulida markasi YP-1.75x6m bo‘lgan yo’l plitasini ishlab chiqarish bir soatlik armaturaga bo‘lgan talab 0,31t/soat. Armaturalarni to‘g‘rilovchi va qirquvchi stanokning ish unumdorligi (jadval 1. ilova 1) asosan 0,33t/soat. Demak markasi I-6118 stanok tanlaymiz. Soni bir dona (0,33t/soat>0,31t/soat).
Plitaga sterjen shaklidagi armatura mexanik usulda taranglashtirilib o‘rnatiladi. Demak jadval 2 (ilova) asosida markasi, SMJ-82 bo‘lgan ikkita domkrat tanlaymiz (har qaysi bo‘ylama qovurg‘asiga bittadan domkrat o‘rnatiladi). Armatura, to‘r yasash uchun markasi MTP-809 bo‘lgan bitta, stanok tanlaymiz. (Jadval 3. ilova 1). Stanokni tanlashda to‘rning eni buyumning enidan katta bo‘lib, ketmasligi shuningdek shu to‘r uchun ishlatiladigan bo‘ylama va ko‘ndalang armaturalarning diametri loyihada berilganidan chetlanmasligi kerak. Plitaning bo‘ylama va ko‘ndalang qovurg‘alariga o‘rnatiladigan sinchlarni payvandlab yasash uchun markasi MS-802 bo‘lgan bir dona stanok tanlaymiz. (jadval 4. ilova 1). Stanokni tanlashda sinchning bo‘ylama armaturasi diametri hisobiga olinadi.
Quyish sexining bir soatlik betonga bo‘lgan talabi (ehtiyoji) pp.1.5 (jadval 1.4) asosan 1,44m3/soat. Demak asosan markasi SB-43 bo‘lgan betonqorigich tanlaymiz. Uning pasporti bo‘yicha unumdorligi Pm=2,6m3/soat. U holda betonqorigich soni asosan

Beton qorishmasini qoliplarga quyish uchun asosida markasi CB-31 bo‘lgan bir dona betonquygich tanlaymiz (unumdorligi 2.6 m3/soat). Beton qorishmasini betonquygich kombaynga uzatish uchun markasi TK-12 bo‘lgan lentasimon betonuzatgich qabul qilamiz. Qoliplangan betonni zichlash uchun markasi SMJ-200V bo‘lgan titratmamaydoncha qabul qilamiz (qolipning beton bilan birgalikdagi og‘irligini e'tiborga olgan holda). Shuningdek, buyum yuzasini tekislash uchun asosida markasi PV-1 bo‘lgan tekis titratgich va markasi SO-163 bo‘lgan titratmareyka tanlaymiz (buyumning eni asosida). Qolipni buyum bilan birgalikda gorizontal yoki tik vaziyatga keltiruvchi moslamani qabul qilamiz (markasi SMJ-367, yuk ko‘tarish qobiliyati 14t). Shuningdek, sex ichida buyumlarni tashish uchun o‘ziyurar telejka, yuk ko‘taruvchi kran va tayyor buyumlar sifatini nazorat qiluvchi stend uskunasini tanlaymiz (buyumlarning og‘irligi va gabarit o‘lchamlarini e'tiborga olgan holda).
Konveyer, kasseta va stend usullari uchun ham ishlatiladigan stanoklar va jihozlar yuqoridagidek tanlanadi.
Tanlangan jihozlarning asosiy tavsiflari 5-8-jadvallarga kiritiladi.
Armatura ashyolariga ishlov beruvchi stanoklarning asosiy tavsiflari
5-jadval

Asosiy tavsiflari



Stanoklarning markasi

I-6118
1 dona

SMJ-82
2 dona

MT-2102
1 dona

MS-802
1 dona

Ishlov beriladigan armatura diametri, mm

3÷16

14÷40

16-22

12÷20

Armaturaning uzunligi, m

1÷9

6÷12







Stanoklarning unumdorligi, t/s

0,33

-

-

-

Stanok o‘lchamlari, mm
uzunligi
eni
balandligi

7540
810


1450

-
-
-



-
-
-



-
-
-



Taranglanadigan sterjenlar soni, dona

-

1

-

-

Maksimal tortuvchi kuch, kN

-

630

-

-

Domkrat porsheninining siljishi, mm

-

315

-

-

Domkrat motorining quvvati, kVt

-

80

193

25

Payvandlanadigan to‘rlarning eni, mm

-

-

1200

-

Stanoklarning og‘irligi, kg

1830

80

1770

340

Buyumlarni qoliplash jarayonida ishlatiladigan uskunalarning asosiy tavsiflari


6-jadval

Asosiy tavsiflari



Beton qorigich SB-31
1 dona

Beton quygich LBU-20
1 dona

Beton uzatgich TK-11, 1dona

Titratmamay-doncha SMJ-187T, 1 dona

Tekis titratgich PV-1 , 1dona

Titratmareyka SO-163 ,1 dona

Betonqorigich hajmi, l

750

-

-

-

-

-

Unumdorligi, m3/soat

2.6

20

35,0







180,0

Bunkerining hajmi, m3

-

2,4













Xarakatlanish tezligi, m/min




12,0

96










Yuk ko‘tarish qobiliyati, t










10,0







Betonlanadigan yuza eni, m
















4,5

Tebranishlar chastotasi, min-1

-

-

-

45÷50

5800

2850

Motorining quvvati, kVt

0.6







60

2x1,1

-

Gabarit o‘lchamlari, mm
uzunligi,
eni
balandligi

-
-
-



16400
2900


3950

10570
1460


1600

10260
2940


685

-
-
-



4710
430


285

Og‘irligi, kg




12500

960

6000

150

85

Tayyor buyumlarni tashuvchi va texnik ko‘rikdan o‘tkazuvchi uskunalarning asosiy tavsiflari


7-jadval

Asosiy tavsiflari



Qolip ko‘targich SMJ-367
1 dona

O‘ziyurar telejka
SMJ-216A
1 dona

Ko‘prik kran
K-10/2
2 dona

Sinov stendi SMJ-262A
1 dona

Yuk ko‘tarish qobiliyati, t

14

10

10/2

10÷15

Xarakatlanish tezligi,
m/min

-

35

80

-

G‘ildiraklari orasidagi masofa, mm

3340

1524







Gabarit o‘lchamlari, mm
uzunligi
eni
balandligi
og‘irligi, kg

2400
1540


1540
110

9000
2500


1800
5850

-
6300


2300
-

7830
3840


2380
7500

Qo‘shimcha moslamalar, uskuna va jihozlarning vedomosti


8-jadval

t/r

Jihozlarning nomi

soni

Izoh

1

Qolip bortlarini ochuvchi va yig‘uvchi moslamalar

1-komp
lekt

Agregat-potok, konveyer va stend usullari uchun

2

Payvandlovchi transformator TD-500

2

Xamma usullar uchun

3

Qoliplovchi uskuna SMJ-2104

1

Xamma usullar uchun

4

Qoliplarni tozalovchi va moylovchi uskuna SMJ-342

1

Xamma usullar uchun

5

Strop-4 arqonli (yuk ko‘tarish qobiliyati Q=5, 10, 1, 20, 30, 50t)

2

Buyumlarni kran yordamida ko‘tarish-tushirish uchun

6

Buyumlarni vaqtinchalik taxlovchi seksiyalar

4

Xamma usullar uchun

7

Qo‘lda ishlatiladigan asboblar (lom, lopatka, bolta, cho‘tka, arra, ruletka, chelak va x.k)

1-komp
lekt

Xamma usullar uchun

8

Chiqindilar bunkeri

2

Xamma usullar uchun


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling