Talabalarning bilimini ilmiy izlanishlar bo‘yicha oshirish


Korxonaning ishlab chiqarish dasturini aniqlash


Download 0.52 Mb.
bet5/11
Sana04.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1328872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Beton

Korxonaning ishlab chiqarish dasturini aniqlash
Sexning qabul qilingan ish rejimiga asosan buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar uchun ishlab chiqarish dasturini aniqlaymiz. Bunda buyumlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sifatsiz mahsulot va ularning kamayishi e'tiborga olinishi shart.
Ularning miqdori quyidagicha qabul qilinadi:
-beton va temir-beton buyumlari korxonalari uchun beton qorishmasi bo‘yicha -0,5%, buyumlar bo‘yicha-1,0%.
Sifati buzilgan mahsulotlar asosidagi yo‘qolishlarni e'tiborga olish, korxonaning (sexning) unumdorligini berilgan topshiriq asosida aniq bajarish imkonini beradi. Umumiy yo‘qolishlar alohida sifatsiz mahsulotlar va yo‘qolishlarning yig‘indisiga teng bo‘ladi. Har bir texnologik chegara (buyum) uchun unumdorlik quyidagi formula asosida hisoblanadi:
beton hajmi  
buyumlar soni  
Bu yerda P-korxonaning (sexning) yillik unumdorligi, m3;
B-ishlab chiqarishning kamayishi, % (sifatsiz mahsulotlar);
V1 buyum betonining hajmi, m3.
To‘ldiruvchilarni saqlash omboridagi ehtiyoj ashyolar miqdori avtomobil transporti bilan tashib keltirilganda 4...6 hisobiy ish sutkasiga, temir-yo‘l transporti bilan tashilganda esa 6...9 hisobiy ish sutkasiga sarflashga yetishi kerak. Sementning ombordagi ehtiyoj miqdori 6...9, po‘lat armaturaning ehtiyoj miqdori 18...26 hisobiy ish sutkasiga sarflashga yetishi kerak.
Topshiriqda berilgan unumdorlik bo‘yicha sexda ishlab chiqariladigan buyumlar soni va beton sarfini hisoblaymiz:
-betonning yillik sarfi (markasi YP-1,75x6,0 plita uchun), yuqoridagi formulaga asosan:
 m3
-buyumning yillik soni (bitta 1,75x6,0 m lik plita uchun beton sarfi 1,4 m3 teng), yuqoridagi formulaga asosan

Sexning (korxonaning) ishlab chiqarish unumdorligi
4-jadval



Aniqlanga miqdor

Aniqlangan
miqdor

O’lchov birligi

Braklar

Unumdorlik

1

Yo’l plita

beton
buyum

m3
dona

0.5
1.0

yillik

kunlik

smena

soatlik

20100
14430

76.7
55.1

38.4
27.5

4.8
3.4




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling