Talabalarning bilimini ilmiy izlanishlar bo‘yicha oshirish
Download 0.52 Mb.
|
Beton
Stend usuli
Stend usulida buyumlar qo‘zg‘almas qoliplarda tayyorlanadi va qolipning o‘zida issiqlik bilan qayta ishlanadi. Barcha texnologik jarayonlar (qoliplarni yechish, tozalash, moylash, armatura sinchlarini o‘rnatish, betonlash va x.k.) shu joyning o‘zida bajariladi. Stend usulida o‘lchamlari katta bo‘lgan buyumlar, asosan oldindan zo‘riqtirilgan qurilmalar (kran osti balkalari, fermalar, arkalar, ikki nishabli balkalar va x.k.) ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishni tashkil qilinishiga qarab stendlar chiziqli uzun (uzunligi 15...300 m) va qiska (uzunligi bo‘yicha bitta va eni bo‘yicha 2...3 ta buyumga mo‘ljallangan) qilib loyihalanadi. Stendlar bir yaruslik (buyumlar balandligi bo‘yicha bir qator o‘rnatilib qoliplanadi) va ko‘p yaruslik (buyumlar balandligi bo‘yicha bir necha qator o‘rnatib qoliplanadi) bo‘ladi. Armaturani tortib taranglashtirish stendining o‘ziga o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi. Beton quygich agregatning harakatlanish tezligi o‘rtacha 1...2,5 m/min, stendining bir marta aylanish vaqti 1...1,5 sut.teng bo‘ladi. Qisqa va uzun stendlar uchun asosiy parametr-bu texnologik siklning davom etish vaqti hamda stendning bir marta aylanish vaqtidir. Ikkinchi asosiy parametr esa bir vaqtda stendda qoliplanadigan buyumlarning sonidir. Uzun yoki qisqa stendning yillik ish unumdorligi quyidagi formula orqali topiladi: Bu yerda V-buyumning hajmi, m3, n-liniyadagi bir vaqtda qoliplanadigan buyumlar soni; n=2÷6 dona olinishi mumkin. S-yillik fond ish vaqti, V-sutka davomidagi ish soatlari, Tst-stendning sutka davomidagi bir marta aylanish vaqti, soat. Stendlar yoki kuchaytirilgan qoliplar soni sexning unumdorligini (ayni shu berilgan buyum uchun) stendning yillik unumdorligiga bo‘lish orqali topiladi. Stendning aylanish vaqti quyidagicha aniqlanadi: Ts=T1+T2+T3+T4+T5 Bu yerda T1-stend bortlarini ochish, armaturani bo‘shatish va qirqish, buyumni stenddan chiqarish, stendni tozalash, moylash, bortlarini mahkamlash vaqti, soat; T2-stendga armaturani o‘rnatish va taranglash vaqti, soat; T3-taranglanmaydigan armaturalar, to‘rlar va bog‘lash detallarini o‘rnatish, betonlashga tayyorlash, armaturani loyihaviy miqdorgacha taranglashtirish vaqtlari, soat; T4-beton qorishmasini quyish va zichlash vaqti, soat; T5-ushlab turish va issiqlik bilan qayta ishlash vaqti, soat. Yuqoridagilarni e'tiborga olgan holda formula quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Ts=t1+t2+t3+t4+t5+t6+t7+t8+t9+t10+t11+t12+t13+t14+t15+t16+t17+t18+t19+t20+t21 t1=0,15-0,2 s - stendlarning qopqoqlarini ochish va buyumni qolipdan bo‘shatish uchun ketgan vaqt; t2=0,12 s bog‘lash detallarini yechish ketgan vaqt; t3=0,13-0,24 s-armaturani bo‘shatish va qirqish uchun ketgan vaqt; t4=0,26 s-buyumni chiqarish uchun ketgan vaqt; t5=0,52 s-qolipni tozalash va moylash uchun ketgan vaqt; t6=0,1 s-xomutlarni o‘rnatish uchun ketgan vaqt; t7=0,05 s-armaturani taranglashtirish uchun ketgan vaqt; t8=0,56 s-sinch va payvandlash detallarini o‘rnatish uchun ketgan vaqt; t9=0,5 s-qolipni yig‘ish uchun ketgan vaqt; t10=0,12 s-bog‘lash detallarini o‘rnatish uchun ketgan vaqt; t11=0,05 s-armaturani oxirigacha tortish uchun ketgan vaqt; t12=1,3 s-betonlash uchun ketgan vaqt; t13=0,58 s-buyumning yuzasini silliqlash uchun ketgan vaqt; t14=0,15 s-qopqoqlarni o‘rnatish uchun ketgan vaqt; t15=16 s-issiqlik bilan qotirish uchun ketgan vaqt. U holda stendning aylanish vaqti: T=(0,15+0,2)+0,12+(0,13+0,24)+0,26+0,52+0,15+0,05+0,56+0,5+0,12+0,05+1,3+0,58+0,15+(2+1+4+7+1)=21,3 s. Stend usulini loyihalashda asosiy hisobiy faktor-texnologik sikllarning davom etish vaqti hisoblanadi. Stend usulida ishlab chiqarish jarayoni ketma-ket bajariladi, ya'ni bitta alohida sikl to‘liq bajarilgach, ikkinchisi boshlanadi. Jarayonlarning texnologik sxemasi quyidagicha bo‘ladi: Armaturani taranglash jarayoni stendning o‘zida asosan mexanik usulda bajariladi (elektrotermik va elektrotermomexanik usullarda taranglash ham qo‘llanilishi mumkin). Beton qorishmasi lentasimon konveyer orqali keltiriladi, va o‘ziyurar betonquygich yordamida betonlanadi, so‘ngra qolip titratib zichlantiriladi, yuzasi silliqlanadi. Armatura ashyolarini keltirish va qolipga o‘rnatish, qoliplarni ochish, buyumni chiqarish va x.k.jarayonlar kran yordamida bajariladi. Issiqlik bilan qotirish buyumning o‘zida amalga oshiriladi. Stend liniyasi elementar sikllar vaqtini hisoblaymiz. Bitta stend liniyaning yillik unumdorligi R=272.7 m3 (1-rasm asosan). Liniyada uzunligi 19 m bo‘lgan uchta stend qolip o‘rnatiladi va har qaysi stendda uzunligi 6m lik yo’l plita 1 dona tayyorlanadi. Bitta balkaga sarf bo‘ladigan beton hajmi 3,54m3 ga teng. Stend usulida alohida siklarning bajarilish vaqtlari 9-jadvalda keltiriladi. Stend usulida alohida siklarning bajarilish vaqtlari 9-jadval
Stend qolipning asosiy jarayonlarda qatnashish vaqti (1÷4 ishlar ) ∑ts=276 minut. Texnologik jarayonlarni bajarish davomida to‘xtashlarni hisobga oluvchi koeffitsient K=0,85÷0,90. U xolda ∑ts=276:0,90=307 minut, yoki ∑ts=307:60=5,12 soat. Issiqliq bilan qotirish vaqti Tk=15 soat (jadval 2. ilova 2). U holda stendning bir marta aylanish vaqti Tayl=∑ts+ Tk=5,12+15=20,12soat Bu yerda Ts=20,17soat stend qolipning (2.8) bo‘yicha aylanish vaqti. Qo‘shimcha postlardagi aloxida sikllar vaqti ∑ts=61:0,9=68 minut, yoki ∑ts=68:60=1,13soat. Texnologik minutda bitta buyumni to‘liq ishlab chiqarish va omborga jo‘natish uchun ketadigan vaqt. T= Tayl+∑ts=20,12+1,13=21,25 soat. Mashina va mexanizmlarning ishlash siklogrammalari 2.4-rasmda ko‘rsatilgan. Birinchi kranning bir marta aylanish sikli ∑ts=18min, ikkinchi kranning bir marta aylanish sikli ∑ts=8min. Liniyada uchta stend ketma-ket joylashtirilgan. Birinchi stendda buyumni betonlashdan oldingi, ikkinchi stendda buyumni betonlash va uchinchi stendda esa buyumni qolipdan chiqarish jarayonlardagi mashina va mexanizmlarning ishlashi ko‘rsatilgan. 2-rasm. Stend liniyasidagi mexanizmlarning ishlashi siklogrammasi 1-stendlar; 2- betonquygich; 3 -armatura buxtasi; 4- stend tayanchlari; 5 , 6- № 1 va № 2 ko‘prik kranlar; 7- telejka; 8- betonuzatgich. B 1 – B2 – betonquygichning ishlashi ; T1 – T2 – titratish jarayoni ; Z1 – Z2 zichlash va S1 – S2 silliqlash jarayonlari; K1 – K10 - № 1 kranning , K11- K51 № 2 kranning ishlashi. I, II, III. IV – mos xolda armatura ashyolari , buyumlarni vaqtinchalik saqlash va rasmiylashtirish postlari. Siklogrammadagi betonquygich betonuzatgich konveyeridan beton qabul qilgach, stendga keladi va birinchi qatlam betonni qo‘yadi (B1-B2 chiziq). Keyin esa qolip titratilib qo‘yilgan beton zichlashtiriladi (T1-chiziq). Betonquygich orqaga qaytib qolgan betonni qo‘yadi (B3-B4 chiziq) va o‘z ishini tugatib oldingi vaziyatga qaytib (B4-B5 chiziqlar) birinchi stendda betonlash ishlarini boshlaydi va x.k. Birinchi stendda esa kran armatura sinch va to‘rlarni o‘rnatib (K1-K2 chiziq ) ikkinchi stendga keladi. Bu yerda keyingi qatlam beton titratib zichlantirilgan kran zichlovchi qo‘shimcha yukni qolipga qo‘yadi va zichlash tugagach qolipdan tushiradi (kranning K3-K4 harakati). Buyumning qo‘shimcha zichlantirilishi Z1-Z2 chiziq bilan ko‘rsatilgan. So‘ngra buyum yuzasi silliqlovchi mashina yordamida silliqlanadi (S1-S2 chiziq). Buyum yuzasi silliqlanib bo‘lingach issiqliq bilan qotirishga tayyorlanadi. Issiqliq bilan qotirish jarayoni stendning o‘zida bajariladi. Bunda stendning qopqoqlari kran yordamida yopiladi (K5-K6 chiziq), keyin esa kran uchinchi stendga kelib undagi buyumni chiqaradi va uni sovutish postiga eltadi (kranning K7-K10 harakatlari). Shundan so‘ng kran birinchi stendga qaytadi va h.k. Ikkinchi kran esa buyumlarni ta'mirlash, texnik nazorat qilish va omborga jo‘natish jarayonlarida qatnashadi (siklogrammada K1.....K7 chiziqlar). Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling